Bugungi kundagi yong’inlar yuzasidan o’tkazilayotgan tadqiqotlar va ularning ahamiyati

Yong‘in — insonlarning hayoti ularning sog‘ligi, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki hamda atrof muhitga jiddiy zarar yetkazadigan nazorat qilib bo‘lmaydigan yonishga aytiladi.

Markazimizga kelib tushayotgan qaror va ajrimlar orasida Respublikamizda sodir bo‘layotgan maishiy gaz ballonlarida va transformatolarda sodir bo‘layotgan chaqnash-portlashlarning texnik kelib chiqish sababini aniqlash bo‘yicha holatlar ko‘payib bormoqda. Markazimiz yong‘in-texnik ekspertlari o‘z oldiga ushbu masalani hal etish yuzasidan kerakli bo‘lgan rejalarni belgilab oldi.

Mazkur holatlarni bevosita kelib chiqish mexnizmini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi IIV ekspert-kriminalistika bo‘limi hamda FVV “Yong‘in-texnik” laboratoriyasi bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bunda avtomobillarga o‘rnatilgan gaz ballonlarda sodir bo‘ladigan gaz-havo aralashmasining portlashini tabiati haqida, uning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan sabablari haqida, metall gaz ballonlarning ishlab chiqarish tasnifi va yana boshqa keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlar birma-bir laboratoriya usulida o‘rganib chiqilmoqda. Ushbu masalani hal etish kompleks tadqiqotlarni talab qiladi. Hozirgi kunda maishiy gaz ballonlarida ishlatiladigan materialning metallografik tadqiqoti ustida ish olib borilmoqda. Uning davlat standartlariga javob berishi, gaz ballonlarni ekspluatatsiyasi qanday olib borilishi shular jumlasidandir.

Albatta, maishiy gaz ballonlarini ishlatishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish portlashlarning oldini olishda muhim ro‘l o‘ynaydi.

Shu bilan birga, markazimizda “Sud yong‘in-texnikaviy ekspertizasi ob’ektlari – mis va aluminiy elektr simlarida qisqa tutashuv alomatlarini va ularning yong‘indan oldin yoki yong‘in vaqtida sodir bo‘lganligini «Empyrean” rusumli (PANalytical Netherlands) Rentgen uskunasi yordamida aniqlash” elektr o‘tkazgichlardagi avariya xolatlarni aniqlash, uning yong‘inlarning sababini kelib chiqishiga aloqadorligini aniklash bilan bog‘lik masalalarni yechishda muhim axamiyat kasb etadi. Elektr asbob-uskunalari, xar-xil texnikaviy qurilmalar va texnologik jihozlar, elektr moslamalar xamda shu kabilarning o‘tkazgichlarini o‘rganish va ularni tekshirishda mazkur ilmiy-tadqiqot ishni olib borish maqsadga muvofiqdir.

Sud elektrotexnikaviy ekspertizasini tayinlashda, ekspertlar oldiga elektr uskuna, moslama va asboblarning  o‘tkazgichlari bilan bog‘liq savollar qo‘yilishini xisobga olinsa, ilmiy tadqiqotlarini olib borish dolzarb hisoblanib, sodir bo‘lgan avariya xolatlarni tekshirishda o‘tkazgichlarning aloqasi bor yoki yo‘qligini aynan Rentgen usuli orqali aniqlash  ekspertiza xulosalarining ilmiy asoslangan xolda berilishiga xamda qat’iy xulosalar berilishiga imkon yaratadi.

Bundan maqsad, Markazda “Sudga oid elektrotexnika ekspertizasi” uslubiyotini boyitish, elektrtexnikaviy ob’ektlarni tekshirishning usullarni mavjudlarini takomillashtirish, yangi usullarini ishlab chiqilmoqda.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tadqiqotlar yong‘in va maishiy gaz ballonlarida bo‘ladigan chaqnash-portlashlarni bevosita kelib chiqish sababini aniqlashda kerakli qurol bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga ularni oldini olish mumkin bo‘lgan profilaktik tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tergov va surishtiruv organlarida aybdorni aniqlash jarayonida esa sud yong‘in texnikaviy ekspertizalari xulosalari o‘z ahamiyatini oshirishda davom etadi.

 

 

“Yong‘in-texnik ekspertizasi” laboratoriyasi eksperti

B.B.Mirzayev

 

Skip to content