Davra suhbati

Kuni kecha Toshkent shahar  jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudning raisi S.Sadikov va sudyalar ishtrokida Respublika sud ekspertiza Markazining hujjatlar kriminalistik espertizasi laboratoriyasi  bosh eksperti N.Ilyasova  ishtrokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.   Davra suhbatida hozirgi kunda yangi tayinlagan sudyalarni sud xatshunoslik ekspertizasi tayinlash haqidagi ajrimda ekspertlar oldiga qo‘yiladigan savollarga ahamiyat berish lozimligi va taqdim etilayotgan hujjatlardagi muammolar va ularni yechimi haqida gapirib o‘tildi. Sudyalar tomonidan berilgan savollarga N.Ilyasova tomonidan batafsil javoblar misollar bilan keltirib tushuntirish olib borildi.

Mazkur davra suhbati do’stona va ishchan ruhda o’tkazildi. Ushbu davra suhbati kelgusidagi sud ekspertlari oldiga qo’yiladigan savollar va jinoyatchilikni ochishda ularning ahamiyati yuqori bo’lishi haqida fikr almashinildi.

Skip to content