Tubdan iqtisodiy isloxatlar olib borish va bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy mexanizmlar va ularning faoliyatini nazorat qilish tizimi aniqlik va mukammallikni talab qiladi.Isloxatlar amalga oshirilayotgan xalq xo‘jaligi soxalarining ko‘p tarmoqliligi,jinoyatlarni sodir qilish va izlarini yo‘qotish shakl va uslublarining turli-tumanligi ularni fosh etish va tergov qilishni murakkablashtiradi.Shuning uchun iqtisodiy jinoyatlarni fosh etishda maxsus bilimlarni qo‘llash tergov ishining to‘laqonli va xolisonaligini ta’minlaydi.Sud iqtisodiy ekspertizalar iqtisodiy yo‘nalishdagi turli soxa bilimlarini birlashtirib,odil sudlovni ta’minlash uchun qo‘llanayotgan ekspert tekshiruvlarining maxsus turidir.Sud iqtisodiy ekspertizasining predmeti ekspert tekshiruvi ob’ekti va jinoyat sudlovi maqsadida iqtisodiy nazariya va iqtisodiyot soxasidagi maxsus bilimlarni qo‘llash bilan belgilanadi va jinoyat ishi bo‘yicha xaqiqatni aniqlash uchun axamiyatga ega bo‘lgan faktlardan iborat.
Sud iqtisodiy ekspertizasi orqali jinoyat ishi xujjatlarini tekshirishdan maqsad iqtisodiy jinoyatni kvalifikatsiya qilish uchun asosiy elementini tashkil qiladigan yetkazilgan moddiy zararni aniqlashdir.Xujjatlarning sud iqtisodiy tekshiruvi jinoyat mexanizmini xolisona ochib berishga qaratilgan.Sud iqtisodiy ekspertizasining o‘ziga xos xususiyatlari iqtisodiy axborotni o‘zida qamrab olgan xujjatdagi ma’lumotlar ekspert tekshiruvining ob’ekti bo‘lganligi bilan belgilanadi.Iqtisodchi ekspertning o‘rganish ob’ekti sifatida ushbu axborot turli mantiqiy bilimlar va iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi ko‘rinishida nomoyon bo‘ladi.
Sud iqtisodiy ekspertizasining vazifalari jinoyat ishi qo‘zg‘atulgunga qadar o‘tkazilgan taftish (tekshiruv)da aniqlanmagan xo‘jalik operatsiyalarini xaqidagi yangi dalil va boshqa ma’lumotlarni,taftish (tekshiruv)da aniqlangan xolatlarning to‘g‘ridigini,shuningdek shubxa uyg‘otgan boshqa faktlarni yig‘ilgan xujjatlar asosida aniqlashdan iborat.Sud iqtisodiy ekspertizasi yechishi kerak bo‘lgan masalalar ruyxati keng bo‘lib,uning maqsadi iqtisodiy axborotning ataylab o‘zgartirilishi va buning shart-sharoitini aniqlashda tergov va sudga yordam berishdan iborat.
Xar qanday sud iqtisodiy ekspertizasining ilmiy va uslubiy asosini nafaqat aloxida olingan maxsus iqtisodiy fanlar,balki ixtisoslashtirilgan turli tarmoqlararo iqtisodiy,shuningdek “noreal” iqtisodiyotni o‘rganish maqsadida integratsiyalangan va takomillashtirilgan boshqa fanlarga oid bilimlar tashkil qiladi.Sud iqtisodiy ekspertizasining masalalari aniqlik kiritilishi kerak bo‘lgan bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari,boshqa iqtisodiy ko‘rsatkich va moddiy boyliklarning muayan nomlarini qamrab oladi.Bozor munosabatlari shakllanishi sharoitida xuquq targ‘ibot idoralari tomonidan o‘tkaziladigan iqtisodiy ekspertizalarning turlari sezilarli darajada ko‘paydi.Jumladan soliq,bank,xususiy tadbirkorlik va iqtisodiyotning boshqa soxalarida sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha ekspert tekshiruvini talabi kuchaydi.Isbotlashning yangi turi sifatida sud iqtisodiy ekspertizasining roli rasmiy yuridik axamiyatga ega bo‘lgan xujjatlardagi qalbaki ma’lumotlarni fosh etish imkoni bilan belgilanadi.
Iqtisodiyot soxasidagi sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar,bozor tizimiga kirib borish tergov va sud amaliyotida iqtisodiy ekspertizaning barcha turlariga,ya’ni;sud-buxgalteriya,sud-moliya-kredit,sud-mexnat iqtisodiy,sud-rejali iqtisodiy,sud-iqtisodiy-statistik,tashqi savdo faoliyatining sud iqtisodiy ekspertizasi, sud soliq ekspertizasi va boshqa ekspertizalarga bo‘lgan extiyojni qondirishni taqozo etadi.Korxonani to‘g‘ri moliyalashtirish,olingan daromad miqdorini,soliq bazasini, iqtisodiy raxbarlantirish fondini shakllantirish,mexnat xaqi me’yorlarini asosli qo‘llash,iqtisodiy ko‘rsatkichlarning xisobotda aks etishi kabi masalalarga aniqlik kiritish uchun ushbu iqtisodiy ekspertiza turlarining tizimi qo‘llaniladi.
Sud iqtisodiy ekspertizalarini turlarga bo‘lish ularning predmeti, ob’ekti va vazifalarini aniqlashga imkon beradi,ekspertiza turlari va tasnifini ya’ni muayan turi va xillarini aniqlashda dastlabki bosqich vazifasini o‘taydi.Masalan iqtisodiy ekspertiza xillari reja-iqtisodiy,moliya-kreditekspertizasi,mexnat iqtisodiy ekspertizasi,iqtisodiy statistikaekspertizasi neft,kimyo va sanoatning boshqa tarmoqlaridagi ekspertizalardan iborat,sanoatda iqtisodiy ekspertizalarning xillari o‘z o‘rnida quyidagilardan,ya’ni;sanoatda reja iqtisodiy ekspertizasi,sanoatda moliya-kredit ekspertizasi,sanoatda iqtisodiy-statistik ekspertiza,sanoatda buxgalteriya ekspertizalaridan iborat.Taqdim etilgan iqtisodiy ekspertizalarning tasnifi iqtisodiy bilimlarni iqtisodiyot soxasida sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashishda samarali qo‘llashnin garovidir.Ushbu tasnif tufayli tergovchi va sudyalar xar bir turdagi iqtisodiy ekspertizaning imkoniyalarini chuqurroq anglab,ularning amaliy ishlarida qo‘llashi mumkin.Bundan tashqari tasnif xar bir turdagi iqtisodiy ekspertizaning uslubi va taktikasini ishlab chiqishda kerak bo‘ladi.U ekspertizaga yuborilayotgan xujjatlarning ro‘yxatini aniqlash uchun axamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Sud iqtisodiy ekspertizasini turlarga bo‘linishi xar bir soxaning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda tadqiq qilinadi.Jumladan; Sud-buxgalteriya ekspertizasi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya xujjatlaridagixisob-kitob jarayonlarini taxlil qilish,davlat,jamoa mulki talon taroj qilinganligi va boshqa xo‘jalik mansab jinoyatlarini ochish kabi xolatlarga extiyoj tug‘ilganda o‘tkaziladi.Sud moliya-kredit ekspertizasi pul mablaag‘lari fondlarining shakllanishi va sarflanishi,kreditmablag‘lari taqsimlanishining asosliligini aks ettirgan,ya’ni moliya kredit jarayonlarini o‘zida aks ettirgan xujjatlarni tadqiq qilish xamda yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlik xolatlarini aniqlashdan iborat bo‘ladi.Sud rejali iqtisodiy ekspertiza iqtisodiyot soxasidagi jinoyat ishlarini tergov qilishda rejali iqtisodiy ko‘rsatkichlar va shartnoma majburiyatlarining asosli bajarilganligini aniqlash soliq va boshqa ko‘rsatkichlarning miqdori bilan bog‘liq iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi xaqidagi xisobotni buzib ko‘rsatish va shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga tegishli ma’lumotlarni xujjatlarida noto‘g‘ri aks ettirish natijasida moddiy zarar yetkazilgan xolatlarni aniqlashdan iborat bo‘ladi.Sud mexnat iqtisodiyoti ekspertizasi ish xaqi fondlarining me’yoridan ortiqcha sarflanishi,mexnat resurslaridan samarasiz foydalanishga oid dalillarni aniqlashda xuquqni muxofaza qilish idora xodimlari tomonidan mexat iqtisodi ekspertizasidan foydalanishni taqazo etadi.Mexnat iqtisodiyoti ekspertizasi mexnat va ish xaqi to‘lovlari xujjatlaridagi ish xaqini to‘lash,ularni xisobotlarda to‘g‘ri aks etishi,mexnat va ish xaqini rejalashtirishdagi qoidabuzilish xolatlarini aniqlash xisoblanadi.Sud iqtisodiy statistik ekspertizasi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bajarish bo‘yicha xisobotlarni tuzishdagi statistik uslublar va statistik xisobotlarni tuzishdagi qoidabuzilish xolatlarini aniqlashdan iborat bo‘ladi.Tashqi savdo faoliyatining sud iqtisodiy ekspertizasi tashqi savdoshartnomasining amaldagiO‘zbekiston Respublikasi qonunlariga,xalqaro xuquq normalariga eksport (import) qilinayotgan tovarlarning raqobatbardoshligi shartnoma summasi,ushbu tovarga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan ta’rifi,xuquqiy xolatini tekshirish moliyaviy-iqtisodiy xolatni chet el xamkorlarining komissiyaviy saloxiyatini asosiyligini aniqlash va eksport xuquqiy baxolshni o‘z ichiga olgan tadiqotlardan iborat bo‘dladi. Shuning uchun iqtisodiy jinoyatlarni fosh etishda iqtisodiyot soxasidagi maxsus bilimlarni qo‘llashaniqlik kiritilishi lozim bo‘lganfuqarolik,ma’muriy iqtisodiy va jinoyat ishlarini to‘laqonli va xolisona o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Abduxalim Axmedov
O‘zbekiston Respubliksi Adliya vazirligi huzuridagi Respublika
sud ekspertizasi markazining Farg‘ona viloyat
bo‘limi davlat sud eksperti.