Sud qurilish va sud yer ekspertizalarini o‘tkazish uchun asos-tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning qarori, sudning ajrimi sud ekspertizasini o‘tkazish uchun asoslaridan hisoblanadi.
Sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tekshirishlarni o‘tkazish va xulosa berish uchun sud ekspertiga zarur bo‘lgan tekshirish ob’ektlari hamda ish materiallarini taqdim etishi lozim.
Sud qurilish texnikaviy ekspertizasi turar va noturar bino inshoatlarni baholash, turar va noturar binolarni bo‘lish yoki foydalanish tartibini belgilash, ko‘p qavatli turar joy binolarida joylashgan xonadonlarda sodir bo‘lgan suv toshqini sabablarini aniqlash, suv toshqinidan so‘ng ta’mirlash tiklash ishlari uchun tuzilgan smeta hujjatlarini asosligini aniqlash, qurilish ob’ektida baajarilgan ta’mirlash rekonsruksiya ishlari yuzasidan o‘tkazilgan nazorat o‘lchovlarini asosligini tekshirish, turar va noturar binolarni ShNK normalariga mos kelish yoki kelmasligini aniqlash, turar va norutar binolarda bajarilgan ta’mirlash ishlari uchun tuzilgan smeta-loyiha hujjatlarni ilmiy asoslanganligini aniqlash, portlashlar sodir bo‘lgan avariya holatlatlarini aniqlash kabi maslalarini yechib kelinmoqda.
Sud yer ekspertizasi uy-joy yoki noturar joy qurilmalarining egalab turgan yer maydonini yuzasini aniqlash, qo‘shimcha egalanib olingan yer maydonlarini yuzasini aniqlash, turar joyning yer maydonlarini bo‘lish, ajratish (foydalanish tatirbini belgilash) kabi masalalarni yechadi.
Yuqorida bayon etilgan turdagi ekspertiza tayinlanganda ekspertiza tayinlagan organ ekspertlar ixtiyoriga turar yoki noturar binolarni kadastr xujjati, suv toshqinini isbotlovchi dalolatnomalar, nizoli ob’ektlarni tasdiqlangan eskiz loyiha xujjati, va nizoli ob’ektlarni ko‘zdan kechiruvini tashkilashritirish lozim.
Hozirda bo‘lim ekspertlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarga qisqa muddatlarda shu turdagi ekspertizalar bo‘yicha ekspertiza xulosalari berilib kelinmoqda.
Hozirda sud qurilish texnikaviy va sud yer ekspertizasi bo‘limida yangi turdagi ekspertiza turlarini yaratish borasida ham bir qator ishlar olib borilmoqda, ular qatoriga binolarni texnik holatini aniqlash masalasida ishlar olib borilayotganini aytish mumkin. Bu yangi ekspertiza turi rivojlanayotgan yangi O‘zbekistonda qurilayotgan bino inshoatlarni qurishda arxitektura va qurilish sohasi uchun kerakli omillardan bo‘lib xizmat qiladi.
Sud qurilish texnikaviy va sud yer
ekspertizasi bo‘limi davlat sud eksperti D.Tadjibayev