So‘ngi yillarda sud ekspertiza sohasida huquqni himoya qilish organlari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarga bir qator qulayliklar, yengilliklar yaratishga qaratilgan bir qancha qaror va farmonlar qabul qilingan bo‘lib jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 5 iyuldagi PF-6256-sonli Farmoniga asosan 2021 yil 1 sentabrdan boshlab davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga ko‘ra shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq, sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish huquqi berildi. Bunda, tadqiqot natijalariga ko‘ra mutaxassis fikri taqdim etiladi shuningdek, iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritishda advokatga sudga qadar tayyorgarlik va sud jarayonida ekspert xulosasini sud muhokamasida taqdim etish huquqi asosida davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida shartnoma asosida advokat so‘roviga ko‘ra ekspertiza o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishga ruxsat berildi.
Shuningdek ushbu farmon bilan sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali ekspertiza tadqiqotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini inobatga olgan holda 2021— 2025-yillarda joriy etiladigan ekspertiza va tadqiqot turlari ro‘yxatiga ko‘ra (16 tasi) tasdiqlangan va buni ijrosi bo‘yicha ya’ni jumladan Oziq-ovqat mahsulotlarini baholash ekspertizasi yo‘nalishdagi ekspertiza turi bo‘yicha bugungi kunda tadqiqotlar olib borish yo‘lga qo‘yilgan.
Oziq-ovqat mahsulotlarini baholash ekspertizasi bo‘lib bu sud-tovarshunoslik ekspertiza turlaridan biridir.
Tovarshunoslik ekspertizasi masalasini yechishning asosiy sharti bu – ob’ektning maqsadiga muvofiq ma’lum ehtiyojni qondirish uchun yaroqliligini shart qiladigan hususiyat va fazilatlarning majmuini tadqiq qilishdir. Ular qatoriga, jumladan, quyidagilar kiradi:
Yechilayotgan masalalarga muvofiq, sud tovarshunos-ekspert vakolatiga uning tovarshunoslik sohasidagi maxsus bilimlari predmetiga kiruvchi quyidagi masalalarni yechish kiradi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini kompleks tadqiq qilish va baholash bo‘yicha sud-tovarshunoslik ekspertiza doirasida, nooziq-ovqat tovarlarni tadqiq qilish va baholashda qo‘llaniladigan bilan bir xil masalalar ko‘rib chiqiladi, ya’ni, masalalar ikki guruhga ajraladilar:
1) Klassifikasion:
– oziq-ovqat mahsulotlarini texnik shartlar talablariga, tasdiqlangan namunalarga, shartnomalarga va boshqa tovarni hamroh qiluvchi hujjatlarga mos kelishi (mos kelmasligi)ni aniqlash;
– tovarlarni tur va toifaga tegishliligini, iste’mollik hususiyatlarini, narxini, markirovkalar mavjudligini aniqlash;
– tovar sifatining ta’riflarini namuna sifatida taqdim etilgan tovarlarning o‘xshash ko‘rsatkichlariga mosliligini aniqlash.
2) Diagnostik:
– tovarlarning sifatli o‘zgarishini sabablarini va nuqsonlarni paydo bo‘lishi xarakterini aniqlash (foydalanish, tashish paytida, yoki tovarlarni buzilishi jarayonida);
– tovarlarni shikastlanishi, nuqsonlari, me’yoriy hujjatlarga mos kelmasligini hisobga olgan holda narxini aniqlash;
– yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash.
Ko‘rilayotgan ish tafsilotlariga qarab, ekspert-tovarshunoslar yechimiga quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin:
– Tovarning nomi, maqsadi va guruhi?
– Tovarlar sifatining ta’riflari taqdim etilgan tovarlarning o‘xshash ko‘rsatkichlariga mos kelishi; agarda farq bo‘lsa, u nimada?
– Tadqiqot uchun taqdim etilgan tovarlardagi nuqsonlar buzilish, noto‘g‘ri tashish, yoki saqlash qoidalariga rioya qilinmaganlik tufayli paydo bo‘lganmi?
– Tadqiqot uchun taqdim etilgan tovarning, ularning jismoniy holati (yangilarni, yoki shikastlanish va buzilish, texnika shartlarga va markirovkaga mos kelmasligini inobatga olgan holda) ekspertizani o‘tkazish sanasiga bo‘lgan holatini inobatga olingan o‘rtacha bozor narxi?
– Tadqiqot uchun taqdim etilgan tovarning, ularning jismoniy holati (yangilarni, yoki shikastlanish va buzilish, texnika shartlarga va markirovkaga mos kelmasligini inobatga olgan holda) holatini inobatga olib o‘tgan vaqtning ma’lum bir davrdagi o‘rtacha bozor narxi?
– shikastlanish yoki buzilish oqibatida yetkazilgan moddiy zarar miqdori?
Ekspertlik amaliyoti, tovarlarni baholash uchun qo‘llanilgan uslublarni asosliligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan sud-tovarshunoslik ekspertizalarni o‘tkazish bo‘yicha tergov, sud va surishtiruv organlarining murojaatlarini o‘sishini ko‘rsatadi. Ushbu masalani amaldagi qonunchilikka asosan yechish sud ekspertlarning vakolatiga kiradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan savollar eng ko‘p uchraydigan namunali savollar hisoblanadi. Ularning doirasi kengaytirilishi hamda har bir tergov qilinayotgan ishning hususiyatiga qarab o‘zgarishi mumkin.
Xozirgi kunda, yagona baholash standartiga asosan, tovar-moddiy zaxiralarni, shu jumladan oziq-ovqat tovarlarni, baholash uchun uchta yondashuvlar mavjud.
Narxni qiyosiy yondashuv orqali aniqlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
- bozorni o‘rganish, analog ob’ektlar bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish;
- qiyoslash analoglarni tanlash;
- qiyoslash birliklarini aniqlash;
- qiyoslash elementlarini tanlash;
- narxni hisoblash uslublarini tanlash;
- qiyoslash elementlari bo‘yicha to‘g‘rilashlarni hisoblash;
- analog-ob’ektlar narxlarini (qiymatlarini) to‘g‘rilash;
- baholash ob’ekti narxini aniqlash.
Baholash ob’ekti narxini qiyosiy yondashuv yordamida baholash analog bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslash uslubi bilan amalga oshiriladi.
Qiyosiy yondashuv uslublaridan foydalanilganida kamida ikkita baholash ob’ektlari haqida ma’lumotlarni yig‘ish lozim.
Analog bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslash uslubi analoglar narxiga tegishli to‘g‘rilashlarni kiritilishini talab qiladi:
Jismoniy holatga qarab to‘g‘rilash, baholash ob’ekti hamda tanlangan analoglarning jismoniy holati (tovar qiymatini yo‘qotish sifatidan aniqlanadi) nisbatidan kelib chiqqan holda quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Analog ob’ektlarning narxini (qiymatini) qiyoslash elementlari bo‘yicha to‘g‘rilash quyidagi qoidalardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi:
- analog ob’ektlarning narxini (qiymatini) qiyoslash elementlari bo‘yicha to‘g‘rilash baholash ob’ektiga nisbatan amalga oshiriladi;
- agarda baholash ob’ektni o‘zini qiyoslash elementi bo‘yicha analog ob’ektga nisbatan yaxshiroq ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa, analog ob’ektning narxi (qiymati) to‘g‘rilash kattaligiga oshiriladi;
- agarda baholash ob’ektni o‘zini qiyoslash elementi bo‘yicha analog ob’ektga nisbatan yomonroq ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa, analog ob’ektning narxi (qiymati) to‘g‘rilash kattaligiga pasaytiriladi. To‘g‘rilashlar foizda yoki pul ko‘rinishida kiritiladi.
Harajatli yondashuv:
Baholash ob’ektini baholashning harajatli yondashuvi yo‘qotilgan tovar narxi chiqarilgan holda to‘liq tiklash narxini yoki ob’ektni almashtirish narxini aniqlashga asoslangan.
Baholash ob’ekti narxini baholashning harajatli yondashuvi hisoblashning quyidagi boskichlardan iborat:
- to‘liq tiklash narxini yoki almashtirish narxini aniqlash;
- baholash ob’ektining yo‘qotilgan tovar qiymatini aniqlash;
- to‘liq tiklash narxi yoki almashtirish narxi bilan yo‘qotilgan tovar qiymati o‘rtasidagi farq sifatida baholash ob’ektining narxini aniqlash.
To‘liq tiklash narxini yoki almashtirish narxini aniqlash quyidagi uslublardan biri yordamida amalga oshiriladi:
- almashtirish uslubi;
- narxni indeksasiya qilish uslubi;
- o‘rtacha tortilgan narx uslubi;
- o‘rtacha narx bo‘yicha baholash uslubi.
Almashtirish uslubi, o‘xshash ob’ektini sotuv narxiga (yoki savdolashish chegirmasini inobatga olingan sotishga bo‘lgan taklifga) yoki taxminan o‘xshash analogga, agarda o‘xshash ob’ektni ishlab chiqarilishi to‘xtagan bo‘lsa, asoslangan tovar-moddiy boyliklarning narxini baholashni nazarda tutadi.
Almashtirish uslubi bilan baholash ob’ektining to‘la tiklash narxi yangi o‘xshash ob’ekti yoki analog ob’ektning narxiga asosan aniqlanadi. Tavsifnomalarda farqlar mavjud bo‘lgan taqdirda analog narxiga to‘g‘rilashlarni kiritish mumkin.
Baholash ob’ektining to‘la tiklash narxi rasmiy dilerlarning sotuv narxlariga, shuningdek baholash tovarga o‘xshash bo‘lgan tovarlarga bo‘lgan taklif narxlariga teng bo‘ladi.
Agarda analog ob’ekt O‘zbekiston Respublikasini tashqarisida bo‘lsa, mazkur analog narxiga joylashish manzili uchun to‘g‘rilashni kiritish lozim.
Narx quyidagi harajatlarni inobatga olingan holda o‘zgaradi:
O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish (tashish);
soliqlar hamda qonunchilik tomonidan baholash kuniga o‘rnatilgan boshqa majburiy to‘lovlar.
Joylashishmanzili uchun to‘g‘rilashni hisoblash tartibi quyidagicha:
analogning sotuv narxiga teng bo‘lgan kelishilgan narxi aniqlanadi + yetkazib berish (transport harajatlari).
Transport harajatlari transport orqali tashish uchun haqiqiy harajatlar bo‘yicha qabul qilinadi. Transport orqali tashish uchun haqiqiy harajatlarni aniqlash yoki hisoblash imkoni bo‘lmaganida, transport harajatlari analog ob’ektning sotuv/taklif narxidan 5 foizi miqdorida qabul qilinadi.
Narxni indeksasiya uslubi va o‘rtacha tortilgan narx uslubi statistika organlari tomonidan belgilanadigan narxlarni oshish indeksini yo‘llagan holda amalga oshiriladi. Oziq-ovqat tovarlarni baholashda, O‘zbekiston Respublikasi X. Sulaymonova nomidagi sud ekspertizasi markazida o‘tkaziladigan sud-tovarshunos ekspertizalarda indeksasiya uslubidan foydalanilmaydi, chunki indekslar, narxlarning indeksini hisoblash davriga qarab, baholash ob’ektining bazaviy (boshlang‘ich, tiklash) narxiga nisbatan balansga qabul qilingan sanasidan boshlab qo‘llaniladi.
Baholash ob’ektining tovar qiymatini baholash kuniga bo‘lgan yo‘qolishi jismoniy, funksional va iqtisodiy yo‘qotishlarning majmui sifatida aniqlanadi. Tovar qiymatini yo‘qotish 100 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Jismoniy yo‘qotishda tovar-moddiy zaxiralarning narxidagi zararlar baholash ob’ekti tomonidan foydalanish uchun yaroqlilik hususiyatlarini to‘liq yoki qisman yo‘qotishi bilan bog‘liq, shu jumladan tabiiy eskirish, tabiiy ofatlar ta’siri, avariyalar, boshqa jismoniy ta’sirlar tufayli.
Funksional yo‘qotish iste’molchilarning afzal ko‘rishlarini, texnik innovasiyalarni yoki bozor standartlarini o‘zgarishi oqibatida vujudga keladi.
Iqtisodiy yo‘qotish baholash ob’ektiga nisbatan tashqi vaziyatni o‘zgarishi natijasida paydo bo‘ladi (shu jumladan tovar bozoridagi o‘zgarishlar, ijtimoiy, moliyaviy, qonunchilikka oid, ekologik va boshqa sharoitlar o‘zgarganida).
Tovar qiymatini yo‘qotish foizlarda yoki to‘liq tiklash narxining qismi (koeffisient ko‘rsatkichi) yoki to‘liq almashtirish narxining pul ko‘rinishidagi qismi (absolyut kattalik) sifatida hisoblanadi.
Baholash ob’ektini jismoniy yo‘qotish quyidagi uslublar bilan aniqlanadi:
foydalilik uslubi;
ekspert hisoblash uslubi.
Foydalilik uslubi jismoniy yo‘qotishni bartaraf etish, ya’ni qo‘shimcha tovarlarni harid qilish, turli qo‘shimchalar va ingredientlarni qo‘shish, foydalilikni oshirish, va hokazolar uchun sarflanadigan harajatlar summasi sifatida hisoblanadi.
Ekspertlik hisoblash uslubi jismoniy holatni baholash shkalasi bo‘yicha aniqlanadi:
Nuqsonlari mavjud bo‘lmagan hamda markirovka va texnik hujjatlarga mos keladigan, maqsadli foydalanishga yaroqli bo‘lgan yangi tovarlarga eskirish uchun chegirma qo‘yilmaydi, uzoq muddatda saqlanganligi o‘zini boshlang‘ich qiymatini (sifatini) yo‘qotgan tovarlar bundan mustasno.
Tovarni baholash maqsadida sud-tovarshunos ekspertizasi tayinlanganida baholanayotgan mazkur tovarning yaroqliligi va Texnik shartlarga mosliligi to‘g‘risidagi xulosa vakolatli mutaxassislar tomonidan tuzilib ekspert-tovarshunosga topshiriladi.
Baholanayotgan ob’ektlarni va texnik holatni umumiy ko‘rikdan o‘tkazish va ta’riflash, hususiyatlarini aniqlash. Shu bilan birga ekspertizani tayinlagan shaxs, qonunchilikka asosan, tadqiqot ob’ektini ko‘rigini tashkil qilishi va ishtirok etishi, ekspertni ob’ektlarga kirishni ta’minlashi lozim. Baholash ob’ektlarini ko‘rikdan o‘tkazilishining maqsadi – ularni identifikasiyalash, jismoniy holatini o‘rganish, taqdim etilgan hamroh hujjatlar va markirovkaga mosligi/mos bo‘lmaganligini aniqlash.
Tadqiqot ob’ektlarini haqiqiy holati haqida ko‘rik natijasida olingan natijalarni o‘rganish;
Baholash ob’ektlarni ko‘rikdan o‘tkazish marosimi ularni identifikasiyalash, jismoniy holatini aniqlash, taqdim etilgan birlamchi hujjatlarga mos kelmasligini, hamda birlamchi hujjatlarda ko‘rsatilmagan nuqsonlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi;
Baholanayotgan tovarlarga o‘xshash tovarlar bozorini va ulardagi narxlarni tadqiq qilish:
Baholash marosimi baholash ob’ekti va/yoki uning analoglari haqidagi bozor ma’lumotlaridan foydalanishni talab kilgan taqdirda, ekspert baholash ob’ekti bozorini tahlil qiladi va o‘xshash ob’ektlarning (bir xil, yoki taxminiy analoglar) narxlari (takliflari) haqidagi ma’lumotlarni yig‘ib oladi.
Ma’lumotlar yigilganida, analog ob’ektlar haqidagi ma’lumot ustunlikka ega bo‘ladi. Shu bilan birga shunday shartlarga rioya qilish lozimki, import tovariga bo‘lgan yuklangan harajatlarni (soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, transport harajatlari, boshqa harajatlar) hisoblashga bo‘lgan ob’ektiv yondashish maqsadida baholash ob’ekti va analoglar o‘zini ishlab chiqaruvchi mamlakati bo‘yicha bir biriga mos bo‘lishi lozim.
Agarda ob’ektlarning boshqa parametrlari va tasniflari baholash ob’ekti uchun narxni yaratuvchi omillari bo‘lgan taqdirda, ob’ektlarning bunday parametrlarini va tasniflarini o‘rganish majburiydir.
Baholash ob’ektining analoglari haqidagi ma’lumotlarni analoglarni tanlash elementlarining talablarini inobatga olgan holda yig‘ish lozim.
Baholash ob’ekti aniq bir savdo belgisi ostidagi ishlab chiqarish tovari bo‘lgan taqdirda, o‘xshash ob’ektni tanlashda ekspert e’tiborini baholash ob’ektining savdo belgisiga qaratishi lozim.
Ma’lumotlarni yig‘ish va ularni tahlil qilish marosimi bilan birga baholash identifikasiya qilinadi, va bu narsa ekspert xulosasida aks ettiriladi.
Tovarlarni baholashda shuni inobatga olish lozimki, ularning narxlari bozor kon’yunkturasi, talab va taklifni hisobga olgan holda erkin shakllantirilayotgan narxlardan kelib chikib yaratiladi.
Bozor narxi bu – ixtiyoriy haridor va ixtiyoriy sotuvchi o‘rtasida tuzilgan tijorat bitim natijasida baholash kuniga bo‘lgan mulkni yo‘ldan yo‘lga taxmin qilinayotgan o‘tish uchun to‘lanadigan pul mablag‘laridir. Bozor narxi baholash tamoyillarining bazasi asosida aniqlanadi, ya’ni talab, taklif, o‘rnini bosish, mos kelishidir. Ya’ni, bozor narxi, bozorda amalda bo‘lgan kuchlarning nisbatini hamda ushbu nisbatni o‘zgarishining kutilayotgan tendensiyasini aks ettiradi.
U yoki bu tovarning haqiqiy narxini aniqlash bilan bog‘liq masalalarni yechish tartibi tovarshunoslikda eng nizoli masalalardan biridir. Mahsulotning haqiqiy holatini aniqlashda tadqiqotning maqsadi – nuqsonlar belgilarini qidirish va ularning majmuini sifatga o‘tkazayotgan ta’siri nuqtai nazaridan baholash. Tovarning haqiqiy holati (nuqsonlar, markirovkani va boshqa tovar hamroh hujjatlarni yo‘qligi, markirovka va texnik hujjatlarga mos kelmasligi) inobatga olingan sifati aniqlanayotganida tovarshunoslik tadqiqotning maqsadi – tovarning haqiqiy holati belgilarini va ularni mahsulot sifatini pasayishiga o‘tkazayotgan ta’sirini hamda mahsulotning keyinchalik maqsadli foydalanish uchun yaroqliligini baholash.
Mahsulotning haqiqiy holati aniqlanayotganida tadqiqotning maqsadi- nuqsonlar belgilarini qidirish va ularning majmuini sifatga va qoldiq qiymatiga o‘tkazayotgan ta’siri nuqtai nazaridan baholash.
Sud-tovarshunos ekspertizalarning masalalarini yechish uchun tovarning haqiqiy holatini tadqiq qilish uchun tovarning eskirish koeffisientini aniqlash alohida muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, bulardan tashqari ob’ektlarning faktik holatini inobatga olingan holda qoldiq haqiqiy narxini aniqlash uchun eskirish bo‘yicha koeffitsientlar ham qo‘llaniladi.
RSEM Xorazm viloyat bo’limi mudiri
K.Xasanov