Axborotlashgan jamiyatning yanada taraqqiy etishidan ma’lumotning o‘rni beqiyos bo‘lgani kabi ushbu ma’lumotlarni almashish vositalarining o‘rni ham beqiyos ekanligi hech kimga sir emas albatta.
Shu sababdan axborot texnologiyalri sohasida komyuter texnologiyalar tushunchasidan tashqari mobil texnologiyalr atamasi ham jadallik bilan rivojlanib alohita axamiyat kasb etmoqda.
Birgina foydalanuvchilar soni jihatidan olib qaralganda statistika ma’lumotlari quyidagicha(1-rasm).
1-rasm. 2022 yil iyun oyi holatiga mobil qurilmalar OT bo’yicha ulishi
Manba:https://www.statista.com
Ushbu statistic ma’lumotdan anglash mumkinki 2022 yil iyun oyi holatiga ko‘ra dunyo axborot makonida ma’lumot almashish jarayonida eng ko‘p(71.47%) ishtirok etuvchi qurilmalar bu Android operatsion tizimidagi, keyingi o‘rinda(27.88%) iOS operatsion tizimidagi va oxirgi o‘rinda qolgan barcha turdagi mobil qurilmalar o‘rin olganligini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari mobil telefonlarning shaxsiy kompyuter va noutbuklarga nisbatiga ham e’tibor qaratsak, bunda quyidagicha statitik ma’lumotga duch kelishimiz mumkin ekan (2-rasm).
2-rasm. Mobil qurilmalar, shaxsiy kompyuterlar va noutbuklar orqali
ma’lumot almashish ulushi (manba: https://research.com/).
Bunda ko‘rinadiki ma’lumotlarni kompyuterdan ko‘ra mobil qurilmalar orqali ko‘proq almashish ko‘paymoqda va buning natijasida mobil qurilmalar orqali ko‘proq ma’lumotlarimiz xavf ostida qolmoqda va mobil qurilmalar ishtirokidagi ma’muriy, iqtishodiy va jinoiy ishlar soni ham ortib bormoqda.
Shu sababdan o‘z-o‘zidan mobil qurilmalar ekspertizasiga bo‘lgan talab ham oshib borishi tabiiy hol. Bu borada Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan joriy yilda Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasi bo‘limining tashkil etilishi nafaqat kompyuter texnikalarining ekspertizasi bo‘yicha, balki mobil qurilmalar, videokuzatuv va xotira qurilmalari ekspertizasi, shuningdek mobil telefonlar xotirasidan o‘chirib yuborilgan ma’lumotlarni qayta tiklash ham yo‘lga qoyilgan bo‘lib sud tergov organlari va fuqarolarning ushbu sohadagi ekspertiza tadqiqotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirib, og‘irini yengil qilib kelmoqda va jinoyatlar fosh etilishida, asosiysi adolat qaror topishida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Sud-kompyuter-texnikaviy va sud-fonografiya
ekspertizalari ilmiy tadqiqot bo’limi bosh ilmiy xodimi
D.Sh. Ataniyazov