Izlar yordamida aybdor avtomobillarni aniqlash

SBIE labоratoriyasi eksperti  A.A.Yo’ldoshev

 

Izlar yordamida aybdor avtomobillarni aniqlash

 

Yo’l xarakat xavfsizligi va transport vositalarini boshqarish qoidalarini buzish bilan bog’liq jinoyat ishlarini tergov qilish, ko’p xollarda aybdorlar hodisa joyidan yashiringan vaziyatlar uchrab turadi. Bunday hollarda , tergov organlari oldida, qidirilayotgan avtomobilni sodir bo’lgan hodisada ishtirok etganligini isbotlash vazifasi turadi. Bu holda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga sud –izshunslik ekspertiza amaliy yordam berishi mumkin.

Yo’l transport hodisasi ro’y bergan joyda avtomobillarga xos bo’lgan belgilarni o’zi bilan emas, balki ularning akslari- izlari bilan ishlashga to’g’ri keladi. Aynan shu izlarning turlicha taxlil qilish usullari identifikatsiya jarayonining asosi hisoblanadi.

Dastlabki tadqiqot va baholash bosqichida, avvalo, avtomobillarning to’qnashish holati mavjudligi aniqlanadi. Jumladan, hodisa sodir bo’lgan joyda avtomobillarning bir-biri bilan to’qnashganlik belgilari quyidagilar xisoblanadi:

  • tekshirilayotgan avtomobilning kuzovi va bamperidagi yaqqol ifodalangan burchakli chegara hamda shaklga ega ezilishlar, shuningdek, qattiq avtomobil ob’ekt bilan to’qnashganligini bildiruvchi boshqa shikastlanishlar;
  • avtomobilning turli agregat va mexanizmlarining, to’qnashishning katta knematik energiyasini ifodolovchi jiddiy shikastlanishlar;
  • avtomobilning yoritkich chiroqlari, peshoyna va yon tomon oynalari shishasining singan parchalari, bamper bo’laklari hamda hodisa sodir bo’lgan joyda aniqlangan avtomobilgan tegishli bo’lmagan boshqa qismlar;
  • boshqa transport vositasidan kelib chiqqan, begona lok-bo’yoq qoplamasining parchalari (qoldiqlari, qatlamli tushgan izlar);
  • yo’l qatnov qismidagi, ikki va undan ko’proq transport vositalariningtormozlanish natijasida hosil bo’lgan rezina izlari.

Takidlash joizki, yuqorida sanab o’tilganizlardan identifikatsiya jarayonida, hodisa sodir bo’lgan joydan qochib ketgan avtomobilning o’zi taqdim qilinganida foydalanish mumkin.

Ekspert ko’zdan kechirish jarayonida ob’yektlarning dastlabki tadqiqotlari ham bajariladi.bu jarayonda avtomobilni identifikatsiya qilishda quyidagi izlar muhim ahamiyat kasb etadi:

  1. har ikki transport vositalaridagi o’zaro mos kelgan izlar;
  2. identifikatsiyalanayotgan avtomobildan sinib tushgan (ajralib qolgan) shisha parchalari va kuzov qismining bo’laklari;
  3. yo’l qatnov qismidagi g’ildirak izlari.

Avtomobillardagi o’zaro mos keladigan izlar, static va dinamik izlarni tegishli metodlar va asbob uskunalar (o’chach, fotosuratlarni solishtirish,mikroskopik tadqiqotlar) yordamida tadqiq qilish qoidalari bo’yicha o’rganish mumkin. Biroq ta’kidlash joizki, o’zaro mos keluvchi izlar har doim ham identifikatsiya qilish imkonini bermaydi. Shunga qaramasdan, ko’p hollardaaynan shu kabi izlar yordamida aybdor avtomobillarni aniqlash mumkin bo’ladi.

Yuqoridagilardan tashqari, transport vositalarining guruhiy identifikatsiya qilish jarayonidan tormozlanish izlarining ekspertizasi ham foydalidir. Bu kabi ekspertiza natijasida tormozlanish izlarini qoldirgan avtomobilning rusumini taxminan aniqlash mumkin bo’ladi. Buning uchun avtomobil g’ildiraklarining tormozlanish izlari hoshiyalari orasidagi nasofa tekshiriladi. Bu kabi masofa bir rusumdagi yoki bir seriadagi avtomobillar uchun o’ziga hos xususiyatga ega bo’ladi.

Ko’rinib turibdiki, izshunoslik ekspertiza hodisa sodir bo’lgan joydan yashiringan avtomobillarni identifikatsiya qilishda juda keng imkoniyatga ega.

Skip to content