X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Belarus Respublikasi Davlat sud ekspertiza qo‘mitasining Ilmiy amaliy markazi bilan hamkorlikda qo’shma seminar bo’lib o’tdi!

Adliya vazirligi huzurdagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil uchun mo‘ljallangan Yo‘l-xaritasi 10-bandiga ko‘ra 2022-yil 20-sentabr kuni Belarus Respublikasi Sud ekspertiza davlat qo‘mitasining ilmiy amaliy markazi Texnik sud ekspertizasi va maxsus tadqiqotlar, materiallar, moddalar va mahsulotlarni o‘rganish laboratoriyasi mudiri A. Xox va Markazning Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari hamda Materiallar, ashyolar, buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi yetakchi eksperti D. Lukashevalar bilan birgalikda onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida A. Xox tomonidan Belarus Respublikasi Sud ekspertiza davlat qo‘mitasida o‘tkazilayotgan “Dendrologiya ekspertizasining imkoniyatlari” haqida batafsil ma’lumot berildi.

  • Shuningdek, Markaz xodimlari tomonidan ham markazda o‘tkaziladigan ekspertiza turlari haqida tanishtirildi va savol javoblar bo‘lib o‘tdi.
  • Markazda dendralogiya ekspertizasini o‘tkazish masalasi bo‘yicha malaka oshirish o‘quv ishchi dasturi haqida ma’lumotlar olindi.
  • Kelgusida ikkita davlat sud ekspertlik idoralari bilan hamkorlik ishlarini yanada kengaytirish hamda birga ilmiy ishlarni yo‘lga qo‘yish masalalari kelishib olindi.

 

Skip to content