Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash o‘quv kurslari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash o‘quv kurslariga hujjatlarni qabul qilishni boshladi.

Talabgorlar onlayn tarzda yoki bevosita Markazga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

Markaz direktori nomiga ariza (arizada talabgorning muassasada ta’lim beriladigan tillardan birida ta’lim olish va imtihon topshirishi ko‘rsatiladi);

nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti nomidan tavsiyanoma (agar shaxs nodavlat sud ekspertiza tashkilotida faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa).

Talabgorlar hujjatlarni bevosita Markazga kelib yoki info@sudex.uz elektron pochtasi orqali (sifatli, ko‘rinarli, yaxshi o‘qiladigan darajada) taqdim qilishlari (suhbat jarayonida hujjatlarning asli ko‘rsatiladi) lozim.

Qabul komissiyasi tomonidan suhbat 2022-yil sentyabr oyining ikkinchi o‘n kunligida X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi binosi (Toshkent shahri, Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi)da o‘tkaziladi.

O‘qish muddati olti oydan (24 xafta) kam bo‘lmagan muddatda tashkil etiladi.

O‘qish uchun to‘lov miqdori o‘quv jarayoni an’anaviy ta’lim shaklida tashkil etilganda, amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining 45 (qirq besh) baravari miqdorida, masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilganda esa bazaviy hisoblash miqdorining 40 (qirq) baravari miqdorida amalga oshiriladi.

Hujjatlar 2022-yilning 10-avgust kunidan 10-oktabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: 71-209-11-55/(190), (99) 848-31-55,
(94) 382-77-70.

Elektron manzil: info@sudex.uz

Skip to content