✅O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi jamoasi tomonidan Xiva shahriga sayohat tashkil etildi.
✅Sayohatdan ko’zlangan maqsad, mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish, mamlakat aholisi uchun eng qulay bo‘lgan muhit yaratish hamda xodimlarning madaniy, marifiy va ma’naviy salohiyatini oshirish, jamoa o’rtasida sog’lom muhitni yaratishdan iboratdir.
✅Markaz jamoasi sayohat davomida Xiva shahrining tarixiy-me’moriy obidalari, o’rta asr sharq mе’morchiligining tarixi bilan yaqindan tanishishdi. Xalqimizning qadimiy urf-odatlari va an’anlari aks etgan milliy liboslar ko’rgazmalarida ishtirok etishdi.
✅Sayohat Markaz xodimlariga juda katta qiziqish uyg’otdi hamda yaxshi taassurotlar bilan yakunlandi.