✅Joriy yilning 29-aprel kuni Farg’ona viloyatida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi rahbariyati ishtirokida Sayyor qabul bo’lib o’tdi.
✅Sayyor qabulda Markaz faoliyati, unda o’tkaziladigan ekspertiza turlari, Sud ekspertlik tizimiga oid yangi qabul qilingan normativ hujjatlar, Markazning Farg’ona viloyati bo‘limi haqida tushuntirishlar berildi.
✅Shu bilan birga fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar va murojaatlar yuzasidan tegishli huquqiy maslahatlar berildi. Qabulda 30 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, 12 ta fuqaroning murojaati qabul davomida hal etildi, qolgan murojaatlarni hal etish bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berildi.
✅Shuningdek, direktor o’rinbosari T.Orziyev xizmat safari davomida hududiy bo’limning muammolarini o’rganib, bo’limning moddiy-texnika bazasi bilan yaqindan tanishdi.