Bugun, 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda 2022-yilning birinchi choragi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yakuni, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Bugun, 29 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.
Hay’at majlisi videkonferensaloqa shaklida o‘tkazilib, unda adliya organlari va muassasalarining rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Unda 2022 yilning birinchi choragi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yakuni, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Qayd etildiki, Adliya vazirligi tomonidan davlat va jamiyat hayotining muhim masalalarini tartibga solishga qaratilgan 60 ta normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan 7 ta qonun, 20 ta Prezident hujjatlari, 20 ta Hukumat hujjatlari, 13 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi.
518 ta qonunchilik hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
66 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Kelib tushgan jami 40,6 ming murojaatlarning 34 mingtasi ya’ni 86 foizi qonuniy hal etildi. Kelib tushgan murojaatlar o‘tgan yilning mos davrga nisbatan 16 foizga, hal etilgan murojaatlar 11 foizga ortgan.
Qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha 2022 yil birinchi choragida 13 171 ta taqdimnoma kiritildi, 2 501 nafar shaxslar ma’muriy, 6 776 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 95 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Sudlarga 2022 yil birinchi choragida 102,6 mlrd so‘mlik 9 145 ta da’volar kiritilib, 89,2 mlrd so‘mlik 8 418 ta da’volar qanoatlantirildi. Alohida qayd etish kerakki, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari manfaatlarini himoya qilib sudlarga kiritilgan da’vo arizalari va ularni qanoatlantirish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 baravarga oshgan.
Shuningdek, ta’sir choralari natijasida 13 665 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilingan hamda qonunchilikka muvofiqlashtirilgan. Bu esa, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10 baravarga oshgan.
Aholining huquqiy ongini oshirish bo‘yicha 2022 yil birinchi choragida 152 mingdan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
3,4 mlnga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Shuningdek, hududiy adliya organlari faoliyatining samaradorligi baholanib, baholash natijalariga ko‘ra Andijon va Sirdaryo viloyat adliya boshqarmalari eng yaxshi ko‘rsatkichlarni qayd etdi.
Nisbatan past ko‘rsatkich qayd etgan hududiy adliya organlari faoliyati tanqid qilindi, faoliyatini yanada jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xodimlarning e’tiborsizligi, kamchiliklarni oldindan ko‘ra olish mumkinligi va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.