Fuqaro muhofazasi oyligi!

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xuzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktorining 2022 yil  4-martdagi 18 um-sonli “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va xududlarini favqudlodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi  buyrug‘ini bajarishga qaratilgan ish rejasi yuzasidan, Markazda joriy yilning 1 apreldan  1-may kuniga qadar “Fuqaro muhofazasi oyligi” o‘tkazilayotganligi munosabati bilan 14-aprel kuni Markazda mutaxassislar ishtirokida “Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Ushbu mashg‘ulotda  Toshkent shaxar Favqulodda vaziyatlar Boshqarmasining “Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi” boshlig‘i mayor Dilshod Murodov va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar Boshqarmasining “Favqulodda vaziyatlarda bartaraf etish” bo‘limi boshlig‘i kapitan Mirkomil Mirkarimovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

O‘quv mashg‘ulotida, Fuqaro muhofazasi sohasidagi qonun va qonun osti xujjatlari bilan tanishtirish, favqulodda vaziyatlarni xavfini kamaytirish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirib borish, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda xodimlarning xarakati bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Markaz xodimlari bilan mutasaddi tashkilotlar vakillari orasida mavzuga oid qiziqarli savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

 

Skip to content