Tayinlov

 

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida  yangi tayinlov

 

Markaz direktorining tegishli buyrug‘i bilan  Rajabov Elbek Xamidovich X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

 

E.Rajabov 1990-yilda Samarqand  viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2016-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo’yicha huquqshunos.

 

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi jamoasi E.Rajabovga uning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.