🌸X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida 21-mart Navro’z bayramiga atalgan bayram dasturi bo`lib o’tdi.
🌸Tadbirda Markaz direktori A.Xalilov o‘zining tabrik nutqi bilan Markaz xodimlarini bayram bilan tabrikladi.
🌸Bir qator Markaz xodimlari Markaz direktorining faxriy yorliq va tashakkurnomalariga munosib ko‘rildi.
🌸Albatta, xodimlarning bu kabi mehnatlarining Markaz tomonidan taqdirlashga munosib ko‘rilishi ularga g‘ayrat bag‘ishlab, kelgusidagi mehnat faoliyatiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatishi tabiiy.
🌸Xodimlarga kelgusi yil ish faoliyatlariga omad, muvaffaqiyatlari bardavom bo‘lishini tilagan holda, ulardan bundanda yuqori natijalarni kutib qolamiz.