Mamlakatimizning asosiy Qonuni – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yillik bayrami munosabati bilan X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining bir qator xodimlari munosib taqdirlandi.
Bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi muhim siyosiy, huquqiy Hujjat sifatida jahonda yangi, suveren, istiqboli porloq davlat dunyoga kelganining o‘ziga xos shahodatnomasi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi bayrami munosabati bilan X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi!