Joriy yilning 1-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining “Sud ekspertiza sohasidagi islohotlar samarasi” mavzusidagi Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida Markaz rahbariyati, mas’ul xodimlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Markazda amalga oshirilgan ishlar, sud-ekspertlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning davomi sifatida yangi bosqichga o‘tish, qator muammolar va hal qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha Markaz direktori A.Halilov, Ilmiy tadqiqot bo‘limi boshlig‘i N.Qolqanov va Sud ekspertlarining malakasini oshirish markazi mudiri A.Niyazmetovlar ma’ruza qilishdi.
Tadbir davomida sohaga oid qabul qilingan bir qator qonun hujjatlar, xususan joriy yilning 22-noyabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud eskeprtizasi markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 704-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Sud ekspertiza sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 706-son qaror mazmun mohiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Anjuman yakunida OAV vakillarining barcha savollariga Markaz xodimlari tomonidan javob berildi.