Markazning 2021 yil III va IV-choraklarga mo‘ljallangan ish rejasida, “Huquqni muxofaza qilish organlari xodimlari uchun sud ekspertizasining zamonaviy imkoniyatlari, hal etiladigan vazifalari, ekspertiza tayinlash tartibi va qoidalari” hamda “Sud ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tadqiqot obyektlarni yig‘ish, saqlash va taqdim etish usullari” to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri o‘tkazish mo‘ljallangan.
Shu munosabat bilan 2021 yil 26 noyabr kuni Markazning Yong‘in texnik ekspertizasi laboratoriyasi xodimlari Toshkent shaxar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB)ning Tergovga qadar tekshiruv ishlarini amalga oshiruvchi xodimlari bilan ilmiy-amaliy seminar targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Seminarni Toshkent shaxar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Ma’muriy va tergovga qadar tekshiruvni yuritish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik M.M.Kuchkarov ochib berdi. M.Kuchkarov ma’ruzasida joriy yilning 15 noyabridan 15 dekabrigacha Respublika xududida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilayotganligi, shu munosabat bilan yong‘inlarni oldini olish bo‘yicha FVB inspektorlari tomonidan samarali targ‘ibotlar olib borilayotganligini, shuningdek bugungi ilmiy-amaliy seminarning o‘tkazilishi xam dolzarb ekanligiga to‘xtalib o‘tdi.
Seminarda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Yong‘in texnik ekspertizasi laboratoriyasi mudiri Y.Rustemov, yetakchi ekspert X.Yunusov va katta ekspert A.Asilbekovning ma’ruzalari tinglandi. Mavzuga oid savol-javoblar bo‘ldi.