RAQAMLI DUNYO – RAQAMLI SUD EKSPERTIZA

Jamiyat rivojlanishining zamonaviy davri axborotlashtirish jarayoni bilan ajralib turadi. Bugungi axborot davrida har qanday jamiyatda axborot hamisha mamlakat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning tafakkuri va siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vosita bo‘lib kelmoqda.

Jahonda kechayotgan globallashuv va integratsiya, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy modernizatsiya jarayonlarida axborotning ahamiyati, xususan, axborot erkinligi va ochiqligi masalasi shaxs, jamiyat va davlat hayotida tobora muhim ahamiyat kasb etib, zamonaviy axborot tizimining shakllanganligi har qanday mamlakatning salohiyati va taraqqiyotini belgilovchi omil bo‘lib sanalmoqda.

So‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar ijtimoiy hayotga raqamli texnologiyalarni faol joriy etish bilan birga aholining elektron xizmatlardan foydalanish, davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkazish hamda aholining raqamli ko‘nikmalarini oshirish kabi ustuvor vazifalarni belgilamoqda.

Shunga ko‘ra X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida ham zamon bilan hamnafas tarzda yangi innovatsion ishlanmalar, axborot tizimlari keng joriy qilinmoqda. Bugungi kunda Markazda axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni joriy etish, raqamli sud ekspertizasini tashkil etishga ma’sul bo‘lgan alohida bo‘lim “Axborot texnologiyalarini va innovatsiyalarni joriy qilish bo‘limi” faoliyat yuritmoqda.

So‘ngi yillarda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida bir qancha yangi axborot tizimlari joriy etildi. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 17 yanvardagi PQ-4125-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 20-bandi ijrosi yuzasidan avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlari va kompyuter dasturlari, elektron ma’lumotlar bazalarini joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

Ushbu chora tadbirlar dasturiga binoan sud ekspertiza muassasalarida quyidagilarni nazarda tutuvchi avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlari va kompyuter dasturlari, elektron ma’lumotlar bazalarini joriy etish ko‘zda tutilgan:

– sud ekspertlarining avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarini tashkil etish;

– ekspert xulosalarini ro‘yxatga olish va buyurtmachilarga yuborish, shuningdek, sud ekspertlarining qo‘shimcha materiallar taqdim etilishini so‘rab kiritgan iltimosnomalarini yuborish va ularni taqdim qilish muddatlarini qisqartirish maqsadida idoralararo elektron hujjat aylanishi tizimini joriy qilish;

– ko‘rilayotgan ish natijasidan manfaatdor bo‘lgan tomonlardan birining yoki boshqa shaxslarning foydasiga xulosa olish uchun sud ekspertiga ta’sir ko‘rsatish holatlari, shuningdek, sud eksperti tomonidan korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tadqiqot ob’ektlarini shifrlash (kodlash) tizimini to‘liq joriy etish;

– sud ekspertizalarini o‘tkazish ketma-ketligi, shuningdek, ularning muddatini to‘xtatish va uzaytirishni nazorat qilish imkoniyati.

Ushbu chora tadbirlar dasturiga ko‘ra, 2019 yil iyul – 2020 yil dekabr oylari oralig‘ida “Sud ekspertizalari hisobi tizimi” axborot tizimini ishlab chiqish va tegishli huquqni muhofaza etuvchi organlar bilan integratsiya qilish belgilangan.

Axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha “Texnik topshiriq” ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu “Texnik topshiriq”ga O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Texnik ko‘maklashish markazi DUK va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi tomonidan ijobiy xulosa olingan.

Bugungi kunda elektron hujjatlar aylanish axborot tizimini ishlab chiqish jarayoni yakunlanib, Markazda to‘liq ishga tushirildi. Tizim quyidagi modullardan iborat:

– Administrator moduli;

– Kadrlar hisobini yuritish moduli;

– Kadrlar hisobi bo‘yicha hisobotlar moduli;

– Tadqiqot fayllarini tizimda ro‘yxatdan o‘tkazish moduli;

– Tadqiqot fayllari harakati moduli;

– Tadqiqot fayliga ijrochi tayinlash moduli;

– Ekspertiza fayli tayinlash moduli;

– Ekspertiza xulosasini shakllantirish moduli;

– Ekspertiza xulosasini rahbariyat bilan kelishish modulij

– Hisobotlar moduli va boshqalar.

Axborot tizimining asosiy vazifasi quyidagilar hisoblanadi:

– RSEMda ekspertizalar hisobini yuritishning samarali va aniq boshqaruv mexanizmini joriy qilish;

– Sud ekspertizasi hisobini yuritishni avtomatlashtirish;

– Sud ekspertizasini ijro qismida nazoratni kuchaytirish;

– Axborot-tahlil faoliyatini samarasini rivojlantirish

– Sud ekspertizasini o‘tkazishda tizimli tahlil va rejalashtirishni tashkillashtirish;

– Hisobot shakllanitirish jarayonini muqobillashtirish;

– Hodimlar xisobini yuritish;

– RSEM devonxonasi faoliyatini sud ekspertizasi hisobi qismida avtomatlashtirish;

– Sud ekspertizasi harakati hisobini yuritish;

– Ekspertlar faoliyatini sud ekspertizasi hisobini yuritish qismida avtomatlashtirish;

– Avtomatik tarzda sud ekspertizalari bo‘yicha statistik va tasdiqlangan hisobot shakllarini shakllantirish.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PQ-4125-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 19-bandiga ko‘ra Markaz rasmiy veb-sayti (sudex.uz) yangidan ishlab chiqldi. Mazkur veb sayt Markaz faoliyatiga daxldor axborot va yangiliklarni maqola, xabar va tahliliy materiallar shaklida yoritib borish, e’lonlar va boshqa ma’lumotlarni ochiqlik tamoyili asosida ommaga yetkazishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertlarining malakasini oshirish tizimini tashkil qilish to‘g‘risi”da 206-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, hamda bugungi murakkab pandemiya sharoitidan kelib chiqib “Elektron ta’lim platformasi” axborot tizimi ishlab chiqildi.

Mazkur tizim quyidagi modullardan tashkil topgan:

– Tinglovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish moduli;

– Tinglovchilarni aktivatsiya hamda deaktivatsiya qilish moduli;

– Tinglovchilarni davomatini nazorat qilish moduli;

– Tinglovchilarni kursni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilish moduli;

– Tinglovchilarni tashkilotlari bo‘yicha saralash moduli;

– Testlar moduli;

– Video ma’ruzalar moduli;

– Taqdimotlar moduli;

– Sertifikatlar moduli.

Axborot makonida ma’lumotlar ko‘payib borgani sari, kerakli ma’lum bir kichik yo‘nalishga mo‘ljallangan ma’lumotlarni izlab toppish, ulardan foydalanish shunchalik qiyinlashib boraveradi. Ushbu maommani yechimi sifatida axborot portallaridan keng foydalaniladi.

Axborot portali – bu ma’lum bir mavzu bo‘yicha batafsil ma’lumot beradigan katta internet-resurs. Axborot portali oddiy tematik saytdan farqli o‘laroq, foydalanuvchilar bilan aloqa qilish, tematik pochta jo‘natmalari, qidirish uchun vositalarni o‘z ichiga oladi, shuningdek, tashrif buyuruvchilarga bir-biri bilan, masalan, forumda yoki suhbatda muloqot qilish imkoniyatini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligining 2021 yil 11 fevraldagi “Adliya vaziri tomonidan Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 2020 yil yakuni bo‘yicha hisoboti natijalari yuzasidan belgilangan topshiriqlarni 2021 yilda amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ning 20-bandiga ko‘ra “Sud ekspertlik sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish, shu jumladan aholiga sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma’lumotlarni yetkazishga qaratilgan sud-ekspertiza axborot portalini yaratish” belgilab o‘tilgan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash mqsadida “sudexpert.uz” – axborot portali ishlab chiqildi. Ushbu axborot portal quyidagi asosiy modullardan iborat:

– Markaz tarixi haqida ma’lumot;

– Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari;

– Markaz va uning viloyat bo‘limlaridagi laboratoriya va bo‘limlari haqida ma’lumot;

– Sud ekspertiza sohasida akkreditatsiya;

– O‘tkaziladigan tadqiqot turlari haqida ma’lumot;

– Markazga ishga qabul qilish tartibi;

– Sud ekspertlarining malakasini oshirish o‘quv markazi haqida ma’lumot;

– Nodavlat sud ekspertiza tashkilotini tashkil etish tartibi;

– Nodavlat sud eksperti bo‘lish uchun qo‘yiladigan talablar;

– Nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqot turlari ro‘yxati;

– Ekspertiza tadqiqotini o‘tkazish uchun to‘lov narxlari haqida ma’lumot va b.

“sudexpert.uz” – axborot portali yaratilishi natijasida quyidagi natijalarga erishiladi:

– Aholiga sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma’lumotlar qulay shaklda yetkaziladi;

– Ma’lumotlar guruhlangan holda sodda foydalanuvchi interfeysida joylashtiriladi;

– Markaz tarixi, Markazda o‘tkaziladigan sud ekspertizasi va tadqiqot turlari to‘g‘risida ma’lumotlar, davlat va nodavlat sud eksperti bo‘lish uchun qo‘yiladigan talablar, tadqiqot o‘tkazish muddatlari va boshqa ko‘plab foydali axborotlardan tashkil topadi.

Bugungi kunda axborot tizimlari bilan bir qatorda tezkor xabar almashish vositasi messenjerlar ommalashib bormoqda. Yurtimizda ushbu messenjerlarning eng mashhuri telegram bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi ham o‘zining telegram tarmog‘idagi rasmiy boti “@sudexuz_bot” va kanaliga (t.me/sudexuz) ega.

Bundan tashqari Markaz pulli xizmat uchun to‘lovlarni naqdsiz ko‘rinishda qabul qilish uchun “payme” elektron pul o‘tkazmalari tizimiga ulangan.

Yoqubov M.G‘.
Sulaymonova nomidagi RSEM
Axborot texnologiyalarini va innovatsiyalarni
joriy qilish bo‘limi boshlig‘i