Joriy yilning 18 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi xodimlari N.Solieva va N.Qolqanovlar malakasini oshirayotgan Tergov departamentining quyi tizimidagi tergov xodimlariga “Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasini tayinlash tartibi va mazkur ekspertizaning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida ma’ruza mashg‘ulotlarini olib borishdi.
Ma’ruzada Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi nima ekanligi, predmeti, ob’ekti va eksperlar oldiga qo‘yiladigan savollar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Tergovchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.