Markazida o‘tkaziladigan tadqiqotlar uchun haq miqdorlari yangi tahrirda tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil 29 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida o‘tkaziladigan tadqiqotlar uchun haq miqdorlarini tasdiqlash haqida”gi 36-um-son buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida o‘tkaziladigan tadqiqotlar uchun haq miqdorlari yangi tahrirda tasdiqlandi va 2021 yilning 1 fevral kunidan undirilishi belgilandi.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018 yil 31 oktyabrdagi “X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida o‘tkaziladigan pullik ekspertizalar va boshqa maxsus tadqiqotlar bo‘yicha tariflarni tasdiqlash haqida”gi 337-um-son buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotdi.

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining yangi tahrirdagi tadqiqotlar uchun haq miqdorlari, eski tariflardan farqli ravishda bazaviy hisoblash miqdoriga bog‘lab qo‘yildi hamda ekspertiza va tadqiqot turlari ruyxati yangilanib, kengaytirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida o‘tkaziladigan tadqiqotlar uchun haq miqdorlari bilan quyidagi havola orqali to‘liq tanishib chiqishingiz mumkin.

 

Skip to content