Markazning bo‘lim va laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar hamda jihozlar bilan ta’minlashning huquqiy asoslari hususida

    Bugungi kunda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, sud ekspertizasining samaradorligini oshirish, ushbu sohani zamonaviy, yuqori aniqlikdagi tahlil vositalari bilan jihozlash orqali odil sudlovni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Sud ekspertlik faoliyatini takomillashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Ekspertizaning raqamli texnologiyalar ko‘magida audio va videomanbalarni kompleks tadqiq qilish, yer uchastkalariga bo‘lgan egalik huquqi qiymatini baholash, tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi, sud-ekologik, sud-filologik ekspertizalar kabi yangi turlari amaliyotga joriy etildi.

Sud ekspertizasi muassasalari faoliyatini takomillashtirish, ular tomonidan sud ekspertizasi bo‘yicha  o‘tkazilayotgan tadqiqotlar sifat va samaradorligini oshirish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

2019 yil O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi uchun tarixiy yil bo‘ldi.

 2019 yilning 17 yanvar kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4125-son qaroriga muvofiq Markaz oldiga moddiy texnik bazani mustahkamlash kabi muhim vazifalar qo‘yildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 apreldagi 338-sonli qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, Markazning moddiy-texnika bazani modernizatsiya qilish va zamonaviy laborator uskunalar bilan jixozlash uchun 3 mln. 326 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilishi belgilandi.

Shu bilan birga Markaz tuzilmasiga bugungi kun talablaridan kelib chiqqan xolda o‘zgartishlar kiritilib, Xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar, Axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni joriy qilish, Sifat menejmenti kabi bir qator yangi bo‘limlar tashkil etilib, xodimlar shtat birligi sezilarli darajada oshdi.

Jumladan, Markazning Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini 2019 yilda 45 turdagi 182 ta asbob va uskunalar, 47 turdagi 443 ta maxsus mebellar, reagent va sarf materiallari bilan ta’minlash uchun 2 674 000 AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratildi.

Markaz tomonidan, asbob va uskunalar hamda mebel jihozlarini dastlabki narxini aniqlash bo‘yicha marketing olib borilib, zarur bo‘lgan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi loyihalar va import shartnomalarni kompleks ekspertiza qilish markaziga taqdim qilinib ijobiy xulosa olin.

Xulosadagi narxlar yana qo‘shimcha ravishda o‘rganilib, pasaytirilgan narxda tender savdolariga 2 568 663 AQSh dollari miqdorida ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalariga e’lon berildi.

On-line tarzda bo‘lib o‘tgan tender savdolari yakuniga ko‘ra 1 919 454 AQSh dollari miqdorida shartnomalar imzolanib, ajratilgan mablag‘larga nisbatan 754 546 AQSh dollari miqdorida byudjet mablag‘lari iqtisod qilindi.

Jumladan, bugungi kunda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi uchun oziq –ovqat mahsulotlari ekspertizasini o‘tkazish uchun uchkvadropolli xromato-mass-spektrometr va AT 7500 ICP-MS (indkutsion plazmali mass-spektrometr) uskunasining yangi modeli tender asosida sotib olindi. Ushbu uskuna orqali “Oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi” turi bo‘yicha o‘ndan ortiq ekspertiza xulosalari berilgan bo‘lib, bajarilgan ekspertizalar bo‘yicha tadqiqot ob’ektlari ichimlik suvi, sut, quyultirilgan sut, salqin ichimliklar, kofe, shokolad pastasi, o‘simlik moylari kabi namunalar AT 7500 ICP-MS (indkutsion plazmali mass-spektrometr) uskunasida toksik elementlar va og‘ir metallar tuzlarining bor yoki yo‘qligi aniqlanib tadqiqotlar o‘tkazilmoqda.

Yong‘in-texnik ekspertizasi laboratoriyasi uchun ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish uchun Malvern Panalytikal B.V zavodida ishlab chiqarilgan Empyrean modeliga tegishli Rentgen difraktometr uskunasi xarid qilindi.

Bundan tashqari, 2019 yilga rejalashtirilgan Dasturga asosan Markazning ayrim hududiy bo‘limlarining binolari ham ta’mirlab berildi.

Eng muhimi, qayd etib o‘tilgan yo‘nalishning amaliy natijasi sifatida o‘tgan yil aprel oyida Markazning yangi, zamonaviy talablarga javob beradigan ixtisoslashgan binosida ish faoliyati boshlandi.

Mazkur bino 4 blokdan iborat bo‘lib, unda sud ekspertizaning barcha turlarini o‘tkazish imkoniyati, 3-ta o‘quv zal, 1 tadan katta anjumanlar va davra suhbatlar zali hamda to‘liq jihozlangan ekspert honalari mavjud.

Xulosa qilib aytganda, sud ekspertlik faoliyatining rivojida sud ekspertiza tadqiqotlarini yuqori texnik va texnologik ta’minoti, jaxon standartlariga javob beradigan uskunalar bilan jixozlash ilmiy-tadqiqotlarning istiqbolli yo‘nalishlarini yanada rivojlantirmoqda.

Orziev Tolibjon Nazarovich
Innovatsiyalar, moliya xo‘jalik va tijorat
masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Skip to content