Tilshunoslik ekspertizalari sirasiga kiruvchi, asar muallifini aniqlash, sud-filologik (muallifshunoslik) ekspertizasi mualliflik huquqini o‘rnatish yoki muallif to‘g‘risida ma’lumot olish uchun o‘rganish (ko‘p hollarda chop etilgan) materiallar asosida o‘tkaziladi.
Huquqiy jarayonda ko‘pincha sud filologik (muallifshunoslik) ekspertizasini tayinlash zarurati matnning u yoki bu muallif tomonidan tuzilganligini aniqlash uchun nutq tadqiqotlari sohasidagi maxsus filologik bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassis tomonidan tadqiqot o‘tkazilishi talab etiladi.
Bu turdagi ekspertizalar xorijiy ekspert muassasalarida fuqaro va jismoniy shaxslarning mualliflik va turdosh huquqlarini, obro‘-e’tiborini, ishchanlik obro‘sini himoya qilish haqidagi fuqarolik da’volarni ko‘rib chiqishda qo‘llaniladi.
Mazkur filologik (muallifshunoslik) ekspertizasi shaxsning nutqiy salohiyatini identifikatsiyalash va tashxis qilish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan xususiyatlari majmuasining individuallik va o‘ziga xosligiga asoslanadi. Ekspertiza usullarining butun majmui bu xususiyatlarni yoritishga, ularni tavsiflashga va taqqoslashga qaratilgan.
Filologik (muallifshunoslik) ekspertizasi muallifni aniqlash yoki u haqida ma’lumot olish uchun matn yoki alohida asarlarning mazmunini maxsus uslubiyot asosida tadqiq qilishdir. Bunda sud filologik tadqiqot ob’ekti yozma nutq, uning predmeti esa hujjat muallifini aniqlash hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, sud filologik (muallifshunoslik) tadqiqoti bir yoki bir necha anonim hujjatlar (identifikatsiya vazifa) muayyan muallifi tashkil etish, shuningdek, uning ta’lim darajasidan kelib chiqib, muallifni ma’lum bir guruhga tegishliligini aniqlash maqsadida, kasbiy, yozma muayyan uslub ko‘nikmalarining darajasi, uning ijtimoiy-demografik portreti, va boshqa ma’lumotlari tadqiqot jarayonida aniqlanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, sud-filologik (muallifshunoslik) ekspertizasining tadqiqot ob’ektlari bo‘lib: kitoblar, alohida boblari va kitoblarning bo‘limlarining tekshirilishi; jurnallar, ulardagi alohida maqolalarni tadqiq etish; elektron ko‘rinishdagi maqolalarni tekshirilishi; ilmiy ishlarni tadqiq etish; o‘quv, ilmiy-uslubiy materiallarni tekshirish; turli janrdagi adabiyotlarni tekshirish kiritilgan.
Sud-filolgik(muallifshunoslik) ekspertizasining afzallik jihatlari esa, ushub tadqiqot yordamida: ekspertiza muallifning muayyan shaxs ekanligini isbotlanishiga yoki bunday imkoniyatni istisno qilinishiga; matnlarning bir kishi tomonidan yozilganligini aniqlashga, birovning adabiyot, ilm-fan, san’at yoki ixtiroga oid mualliflik huquqini qasddan o‘zlashtirish yuzasidan haqiqatni isbotlash imkonini beradi.
X.Sulaymonova nomidagi
RSEM HKE laboratoriyasi eksperti
N.Nishanova