Sud-xatshunoslik ekspertizasi kriminalistik ekspertizalarning eng keng tarqalgan turlaridan biri hisoblanadi.Xatshunoslik ekspertizasi sud-tergov organlarida muhim holatlarni aniqlash va jinoyatlarni oshkor qilishda asosiy o`rin tutadi. Hozirgi kunda xatshunoslik ekspertizasi uchun namunalar olishda, ko`plab savollar yuzaga kelmoqda.Avvalo sud-xatshunoslik ekspertizalariga namunalar olish deganda biror bir ish (fuqarolik, jinoiy va iqtisodiy ishlar) bo`yicha taxmin qilinayotgan ijrochidan olinayotgan dasxat va imzo namunalar tushuniladi.Tergov va sud organlari tomonidan olinayotgan namunalar yetarlicha sifatli bo`lishi zarur.Agarda ular yirtilgan, yozilgan yozuvlari o`chib ketgan yoki yozuvlar ustiga boshqa rang beruvchi moddalar ta’sirida bo`yalgan bo`lsa, u ekspertiza o`tkazish uchun yaroqsiz hujjatga aylanishi mumkin.Sud ekspertizasi o`tkazish uchun taqdim etilayotgan qaror, ajrim, advokatlik so`rovi va fuqaro murojaatida tekshiriluvchi hujjat shuningdek, taqqqoslash uchun namunalarining sanasi, nomi va ijro raqami bilan ilova qilingan bo`lishi lozim. Aks holda qaysi hujjat tekshiriluvchiligi yoki qaysi hujjat namunalar sifatida taqdim etilganligi ekspertga noma’lum bo`lib qoladi.Shuningdek ekspertizaga taqdim qilinadigan namunalar uchun asosiy talab, bu ularning ishonchliligidir.Chunki Vazirlar Maxkamasining “Sud ekspertizasi taqdiqotlarini o`tkazish tartibi to`g`risida” namunaviy nizomning 14-bandiga ko`ra “sud ekspertiga taqdim etilgan tadqiqot obyektlari, taqqoslovchi ish materiallari, ma’lumotlarning ishonchliligi uchun ekspertizani tayinlashga vakolatli organ (shaxs), advokat va tadqiqot o‘tkazish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs javob beradi” deb keltirib o`tilgan. Xatshunoslik ekspertizalarini o`tkazishda taqqoslash uchun namunalarni quyidagicha uch turidan foydalaniladi: erkin namunalar, eksperimental namunalar va shartli erkin namunalar.
Dasxat va imzoning erkin namunalari – taxminiy ijrochi tomonidan ekspertiza tayinlangan ishga bog’liq bo’lmagan va bu ish tayinlanguncha, ijrochi o’zining dasxat yoki imzosi xatshunoslik ekspertizasi tadqiqotlarida taqqoslash materiallari sifatida foydalanishini xatto taxmin qilmagan holatda bajarilgan qo’yozma matn va imzolar tushuniladi.Bunday namunalar odatda, odatiy yozuv bilan o’zgartirmasdan bajariladi.Bunday namunalar quyidagilar: ish jurnallari, nafaqa yig’ma jildlari, arizalar, shartnomalar, tarjimai xollar va boshqa hujjatlardagi dasxat, imzo namunalaridir.Ekspertiza tayinlagan organlarga qo’yiladigan talablardan biri, tekshiriluvchi hujjat qaysi yilda bajarilgan bo’lsa shu yilga yaqin bo’lgan yillarda bajarilgan dasxat va imzo namunalari taqdim etishilishi kerak.Agardan tekshirilayotgan hujjat bilan bajarilgan namunalarda orasida yillarda farq katta bo’lsa ekspert tomonidan aniq bir xulosa kelish qiyinlashadi.Muayyan shaxsning dasxati va imzosining erkin namunalarini, uning yashash joyi, ish joyi va boshqa muassasalardan, qarindoshlari, tanish bilishlaridan olish mumkin bo`ladi. Dasxat va imzoning erkin namunalari taqdim etilayotganda ularning asl nusxasini topish iloji bo`lmaganda kseronusxadagi yozuv va imzoni yaxshi aks etganlikka e’tibor qaratish kerak.Chunki yaxshi aks etmagan bo`lsa tekshiriluvchi hujjat bilan solishtirish qiyinlashadi.
Dasxat va imzoning eksperimental namunalari – bu sudya yoki tergovchining taklifiga ko’ra, taxmin qilinayotgan ijrochi tomonidan ekspertiza uchun maxsus bajariladigan dasxat va imzolardir.Bunday namunalarni olishda sudya va tergochi tomonidan Jinoyat-protssessual kodeksining 191-moddasiga binoan qaror va ajrim chiqariladi va Jinoyat-protssessual kodeksining 197-moddasiga ko’ra bayonnoma rasmiylashtiriladi.Odatda dasxat va imzoning eksperimental namunalarini olishda kamida 2 ta holislar jalb qilinadi.Sudya va tergovchi tomonidan eksperimental namunalarni har bir varag’ini o’z imzosi va organ muhri bilan tasdiqlaydi.Dasxat namunalar kamida 5-6 varaqda, imzo namunalar kamida 10 varaqda olinishi kerak. Shaxslardan o`tirgan, yarim o`tirgan va tik turgan holatlarda imzo namunalari olinadi.
Shartli-erkin namunalar – bu maxsus ekspertiza tadqiqotlari uchu emas, ko`rilayotgan ish vujudga kelganida so`ng, ko`p hollatda esa aynan ko`rilayotgan ish bilan bog`liq holda bajarilgan qo`lyozma va imzolardir.Bunday namunalar sirasiga tushuntirish xatlari, arizalar, bayonnomalar, shikoyat va boshqa hujjatlar kiradi.
O`zbeksiton Respublikasining jinoyat va fuqarolik kodekslari shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan yoki unga jismoniy azob berish bilan bog`liq holda, dasxatning (imzo) eksperimental yoki boshqa har qanday namunalarini olishni taqiqlaydi.Masalan tekshirilayotgan matn ijrochisining alkogolli mastlik holatida yoki qo`rqish holatida bajarganligi ma’lum bo`lsa, albatta, eksperimental namunalar olish yuqoridagi kabi holatlarni modellashtirish (qayta tiklash, takrorlash) mumkin emas. Bunday holatlarda, mazkur shaxsning dasxatiga g`ayri odatiy sharoitlar qay tarzda ta’sir qilishini (o`zgargan va o`zgarmasdan qolgan belgilarning xususiyati va hajmi qanday) aniqlash maqsadida, bu shaxsning mumkin bo`lgan hollarda, masalan g`ayri odatiy tempda, qayri odatiy yozish qurollaridan foydalangan holatlarda eksperimental dasxat namunalarini olish tavsiya qilinadi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ekspertga dasxat va imzo namunalarini taqdim etilayotganda shaxlarning yoshi, dasxatga ta’sir ko`rsatuvchi kasalliklari, kasbi va ma’lumoti bo`yicha barcha tegishli axboratlar berilishi lozim.
X.Sulaymonova nomidagi Respubilka sud ekspertiza markazi Qashqadaryo viloyat bo`limi xatshunos eksperti Sh.Boymurotov