Sud qurilish-texnik ekspertizasini o‘tkazish tartibi va hal etadigan masalalar

Mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, sud-ekspertlik faoliyati samaradorligini oshirish, ushbu sohani zamonaviy, yuqori aniqlikdagi tahlil vositalari bilan jihozlash orqali odil sudlovni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Sud-ekspertlik faoliyati dolzarb sohaviy yo‘nalishlardan biri bo‘lib, mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklari kafolatli himoya qilinishida, fuqarolarning ishonchini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2023 yildagi
73-son qarori bilan tasdiqlangan Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomning 3-bobi Tadqiqotlarni o‘tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirishga ko‘ra;

  1. Sud eksperti tadqiqotlarni o‘tkazishga ekspertiza tashkiloti rahbarining topshiriqnomasi bilan birga sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim), so‘rov yoxud murojaat hamda tushgan barcha ish materiallari olingan vaqtdan boshlab kirishadi.

Tadqiqotlarga taqdim etilgan ish materiallarini rasmiylashtirish tartibining buzilganligi aniqlangan taqdirda, sud eksperti bu to‘g‘rida ekspertiza tashkiloti rahbarini xabardor qiladi, rahbar ushbu Namunaviy nizomning 18-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni ko‘radi.

  1. Taqdim etilgan ish materiallari to‘liq bo‘lmagan taqdirda, bu haqda sud eksperti ekspertiza tashkiloti rahbari orqali ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs)ga, advokat, jismoniy yoki yuridik shaxsga qo‘shimcha ish materiallari taqdim etish to‘g‘risida yozma yoxud elektron ravishda xabar beradi.

Qo‘shimcha ish materiallari faqat ekspertizani tayinlashga vakolatli organ (shaxs), advokat, jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan taqdim etiladi.

Qo‘shimcha ish materiallari 30 kun mobaynida taqdim etilmagan taqdirda, sud eksperti tadqiqotlarni mavjud ish materiallari bo‘yicha o‘tkazadi.

Bugungi kunda talab ortib boriyatgan ekspertiza turlaridan biri bu – sud qurilish-texnikaviy ekspertizasi hisobdanadi. Sud-qurilish-texnikaviy ekspertizasi muhandislik texnikaviy ekspertiza turlaridan biri bo‘lib;

– qurilish inshooti va bajarilgan ishlarning aniq bir sinfi, turi, xili bo‘yicha tegishliligi haqida;

– qurilish obyektlari (sanoat, ko‘chmas mulk, turar joy) bahosini aniqlash va ko‘p qavatli uylarda joylashgan honadonlarga suv toshishi natijasida yetkazilgan zarar ya’ni ta’mirlash tiklash ishlarining qiymati bo‘yicha tuzilgan smeta xujjatlarini tuzatish yo‘li orqali (taxminiy bajariladigan ishlar) narxini aniqlash (bunda ekspert ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida tadqiqot o‘tkaziladigan obyekt(lar) va taqdim etilgan smeta hujjatida aks ettirilgan ish turlarini solishtirish yo‘li orqali ma’lumotlarni qayd etadi. Shu sababli tadqiqot obyekti ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida ta’mirlanmagan holatda bo‘lishi lozim);

– qurilish ob’ektlarining Shaharsozlik va texnik me’yorlarga mos kelishi yoki kelmasligi;

– qurilish ob’ektlari yoki konstruksiyalarini ekspluatatsion yoki funksional sifatlarini qisman yoki to‘liq yo‘qotish sabablari;

– ko‘chmas mulk ob’ektlarini qayta tuzish imkoniyatlari to‘g‘risida (turar joylardan foydalanish va bo‘lish).

– bino va inshoatlarning avvalgi texnik holati bo‘yicha hujjatlari (ko‘chmas mulk, turar joy).

Bunday vaziyatda ekspert turar va noturar bino inshootlarning hozirgi kundagi bahosini aniqlash, turar va noturar bino inshootlarni yer maydoni bilan hamda yakka xolda bo‘lish imkoniyatlarini aniqlash, da’vo qilinayotgan uy-joyni, texnik jihatdan qurilish normalari va qoidalarini buzmagan holda bo‘lish, o‘z ixtiyori bilan qurilgan turar va noturar bino inshootlarning QMQ va ShNQ ga zid yoki mos tarzda qurilganligini aniqlash, qurilish-montaj, tamirlash ishlari uchun ketgan sarf-xarajatlarning miqdori (smeta) asosli asossizligini aniqlash, da’vo qilinayotgan uy-joyni ajratib berilgan ulushlar asosida bo‘lish, texnik jihatdan bo‘linishi mumkin bo‘lgan uy-joyning da’vo qilinayotgan hissalarini aniqlash, ruxsatsiz (o‘z ixtiyori bilan) qurilgan qurilmalardan foydalanish tartibini aniqlash kabi vazifalarni bajaradi.

Bugungi kunda sud qurilish-texnikaviy ekspertizasi uchta yo‘nalish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazadi.

– “Qurilish ob’ektlarini tadqiqot qilish”;

– “Yer ob’ektlarini tadqiqot qilish”;

– “Yer maydonlariga bo‘lgan foydalanish huquqining qiymatini aniqlash”

Loyihalash, qurilish, bino va inshoatlardan foydalanish, baholash bo‘yicha bilimlar sud qurilish-texnikaviy ekspertiza ilmiy asoslarining poydevorini tashkil qiladi.

Sud qurilish-texnikaviy ekspertiza predmetini ish bo‘yicha faktik ma’lumotlarni aniqlashga qaratilgan texnik masalalar tashkil qiladi. Ular qatoriga, jumladan, quyidagilar kiradi:

– qurilish inshooti va bajarilgan ishlarning aniq bir sinfi, turi, xili bo‘yicha tegishliligi haqida;

– qurilish obyektlari (sanoat, ko‘chmas mulk, turar joy) bahosini aniqlash va ko‘p qavatli uylarda joylashgan honadonlarga suv toshishi natijasida yetkazilgan zarar ya’ni ta’mirlash tiklash ishlarining qiymati bo‘yicha tuzilgan smeta xujjatlarini tuzatish yo‘li orqali (taxminiy bajariladigan ishlar) narxini aniqlash (bunda ekspert ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida tadqiqot o‘tkaziladigan obyekt(lar) va taqdim etilgan smeta hujjatida aks ettirilgan ish turlarini solishtirish yo‘li orqali ma’lumotlarni qayd etadi. Shu sababli tadqiqot obyekti ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida ta’mirlanmagan holatda bo‘lishi lozim);

– qurilish ob’ektlarining Shaharsozlik va texnik me’yorlarga mos kelishi yoki kelmasligi;

– qurilish ob’ektlari yoki konstruksiyalarini ekspluatatsion yoki funksional sifatlarini qisman yoki to‘liq yo‘qotish sabablari;

– ko‘chmas mulk ob’ektlarini qayta tuzish imkoniyatlari to‘g‘risida (turar joylardan foydalanish va bo‘lish).

– bino va inshoatlarning avvalgi texnik holati bo‘yicha hujjatlari (ko‘chmas mulk, turar joy).

Sud qurilish–texnikaviy tadqiqot ob’ektlariga binolarni loyihalashtirish, qurilish va ekspluatatsiya bo‘yicha loyiha-smetalari va ishlab chiqarish-texnikaviy hujjatlari, turar joy, jamoat va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bino va inshoatlarning kadastr hujjatlari, muhandislik tarmoqlari hamda shu bino va qurilmalarning o‘zi kiradi.

Kelgusida sud qurilish-texnikaviy ekspertizasining amaliy roli yanada ortib, uning yechimini hal etadigan masalalar doirasi kengayishi kutilmoqda. Bu holat sohaga ilmiy-texnik yangiliklarni tatbiq etish orqali, ekspertizaning ishonchliligini va samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Sud qurilish-texnikaviy ekspertizasi bo‘limi
eksperti: Ro‘zmatov Shovkat Anvar o‘g‘li