Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Cud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-270-son, 08.09.2025-y.) qabul qilindi.
Quyidagilar sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi:
- sud-ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali tadqiqotlarning tezkorligi, xolisligi va toʻliqligini taʼminlash;
- sud-ekspertiza tashkilotlari va ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish orqali sohada elektron hujjatlar almashinuvi hajmini 100 foizga yetkazish;
- sud-tergov organlarining mavjud ehtiyojlaridan kelib chiqib, davlat sud-ekspertiza muassasalarida oʻtkaziladigan ekspertiza turlari sonini 90 taga yetkazish hamda ularning hududiy boʻlimlaridagi ekspertizalar sonini 2 barobarga koʻpaytirish;
- nodavlat sud-ekspertiza instituti rolini yanada oshirish va ular faoliyatiga har tomonlama koʻmaklashish orqali ekspertiza tadqiqotlarini oʻtkazishdagi ulushini 5 barobarga oshirish;
- davlat sud-ekspertiza muassasalarining akkreditatsiyadan oʻtkazilgan laboratoriya va boʻlimlari sonini 4 barobarga oshirish.
Qarorga asosan Sud-ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish, davlat sud-ekspertiza muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
- sudlar, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolati boʻlgan organlar «E-ekspertiza» elektron axborot tizimini sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatiga toʻliq joriy etish;
- «E-ekspertiza» platformasini ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlari bilan toʻliq integratsiya qilish orqali ekspertiza tayinlovchi organlar va sud-ekspertiza tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish;
- sud-ekspertlik faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy qilish.
Qaror bilan Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- sud-ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish va sunʼiy intellektdan foydalanish orqali tadqiqotlarning tezkorligi, xolisligi va toʻliqligini taʼminlash;
- sud-ekspertiza tashkilotlari va ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish orqali sohada elektron hujjatlar almashinuvi hajmini 100 foizga yetkazish.
Qarorga koʻra, sudlar, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolati organlar bilan elektron hujjatlar almashinuvini taʼminlovchi “E-ekspertiza” axborot tizimi sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatiga toʻliq joriy etiladi.
- “E-ekspertiza” platformasi va ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlari oʻrtasida elektron axborot almashinuvi quyidagi bosqichlarda yoʻlga qoʻyiladi:
- 2026-yil 1-yanvardan respublika darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda;
- 2026-yil 1-iyundan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda;
- 2026-yil 1-sentyabrdan tuman (shahar) darajasidagi ekspertiza tayinlovchi organlarda.
QARORGA KOʻRA:
- nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining ixtiyoriy aʼzoligiga asoslangan Oʻzbekiston sud ekspertlari palatasi tashkil etiladi.
- Nodavlat sud ekspertlarining kasbiy va amaliy tayyorgarlik darajasini aniqlash, ularning noqonuniy harakatlari bilan bogʻliq holatlarning adolatli koʻrib chiqilishini taʼminlash uchun Adliya vazirligi huzurida Ekspert-malaka komissiyasi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
- 2025-yil 1-noyabrdan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha shartnoma asosida advokat soʻroviga koʻra sud-ekspertiza tashkilotlarida ekspertiza oʻtkazish tartibi joriy etiladi.
- 2025-yil 1-dekabrdan nodavlat sud ekspertlariga yakka tartibda sud-ekspertlik byurosi shaklida faoliyat yuritish huquqi beriladi.
- 2025-yil 15-dekabrdan shaxslar uchun X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga ekspertiza tadqiqotlari oʻtkazish boʻyicha “Sud-ekspert” portali orqali onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.
- 2026-yildan 1-yanvardan Respublika sud ekspertizasi markazi sud ekspertlari obyektlarni koʻzdan kechirish uchun joylarga chiqqanda majburiy ravishda mobil videokamera (bodikamera)lardan foydalanishi tartibi yoʻlga qoʻyiladi.
- Respublika sud ekspertizasi markaziga Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi bilan kelishgan holda uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini xarid qilish, ulardan belgilangan tartibda foydalanish va saqlashga ruxsat beriladi.
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining
Bosh yuriskonsulti Maxsadov Baxtiyor Isomiddinovich