Yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida barcha avtotransport vositalarining o‘lim holatlarining uchdan biriga sabab bo‘lgan tezlikni oshirish halokatli baxtsiz hodisalarning asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Xozirgi kunlarda raqamli dunyoda raqamli texnologiyalar rivojlanishi, raqamli video qayd etish tizimlarining keng tarqalishi sud, tergov va dastlabki tergov organlari ixtiyorida yo‘l transport hodisasini (keyingi o‘rinlarda – YTH) qayd etgan videoyozuv materiallari tobora ko‘proq paydo bo‘lishiga olib keldi. Ushbu materiallarni tadqiq qilish voqea haqida maʼlumot olish uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi.
Zamonaviy yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda avtomatlashtirilgan texnik nazorat vositalari muhim o‘rin tutadi. Jumladan, transport vositalarining tezlik rejimini buzishi holatlarini aniqlashda foto va video qayd etish texnika vositalaridan keng foydalanilmoqda ushbu qurilmalardagi video, foto, tasvirlar orqali ekspertiza tadqiqotlarida foydalanilmoqda. Biroq, ushbu vositalar orqali olingan ma’lumotlar asosida javobgarlikni belgilashda texnik, protsessual va huquqiy aniqlik muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada aynan shu jihatlar tahlil qilinadi.
Ekspertiza tayinlagan organ tomonidan kameralarda YTH holatlari video tasvirlari tadqiqot uchun ekspertga topshiriladi; yo‘l-transport hodisalarining video tasviridan asosan quyidagi maʼlumotlar aniqlash kerak bo‘ladi: voqealar orasidagi vaqtni; harakatning ishtirokchilari orasidagi masofa yoki ularning muayyan vaqtdagi qatnov qismidagi joylashuvi; transport vositalarning va boshqa yo‘l xarakat ishtirokchilarning xarakat yo‘nalishlari, uning tezliklari, xarakat vaqtlari; transport vositalarini yoritish moslamalari va svetoforlarning ish tartibi va x.k.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni xal qilish uchun, Rossiya Federatsiyasi Аdliya vazirligi xuzuridagi Federativ sud ekspertiza Markazida 2016 yilda ishlab chiqarilgan va Markazning Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan “Определение по видеозаписям, фиксирующим событие дорожно-транспортного происшествия, положения и параметров движения его участников” nomli ekspertlar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan va chop etilgan. Xozirgi kunda ushbu metodik qo‘llanma bir qator MDH davlatlarning ekspertlik muassasalarida keng qo‘llanib kelinmoqda. X.Sulaymonova nomidagi RSEMning sud avtotexnika laboratoriyasi ekspertlari tomonidan ushbu metodik qo‘llanma o‘rganib chiqilganda bu quyidagi asosiy savollarni xal qilish imkoniyatini beradi:
- Transport vositalardan qaysi biri birinchi bo‘lib chorraxaga kirgan?
- Piyoda qatnov qismiga chiqqanidan boshlab uni urib ketish joyigacha qancha vaqt ichida bosib o‘tgan ?
- Xaydovchi unga svetoforning yashil, sariq, qizil rangi yonganida undan qancha masofada bo‘lgan?
- Transport vosita chorraxaga kirganida qaysi polosada bo‘lgan va to‘qnashuvgacha qanday xarakatlangan ?
- Piyoda qatnov qismini qanday burchak ostida kesib o‘tgan ?
- Transport vositalarning to‘qnashuv burchagi aniqlash ?
- Transport vositalarning tezligini va maʼlum masofadagi o‘rtacha tezligini aniqlash ?
- Transport vositalarning xarakat tezliklarni o‘zgarishi ?
- Qaysi vaqtdan boshlab transport vosita sekinlashni boshlagan ?
- Transport vositaning sekinlash miqdorini aniqlash va x.k.
Shu bilan birga, Markazning sud-avtotexnika ekspertlari ixtiyorida 2019 yildan DTP Expert nomli maxsus kompyuter dasturi mavjud bo‘lib, ushbu dastur yordamida: hodisa davomiyligi; harakat ishtirokchilarining voqea joyida ko‘rsatilgan vaqtda keltirilgan obyektlarga nisbatan joylashuvi; transport vositalarining harakatlanish o‘lchamlari; voqea joyidagi izlarning o‘lchami va joylashuvi; maʼlum vaqt davomida transport vositalarning tashqi yoritish asboblari va svetofor obyektlarining ish tartibi va haqiqiy holatlari hodisa ishtirokchilarining tezligi va uning o‘zgarish xolatlari kabi savollarni xal qilish imkonini berdi.
Transport vositalarining tezligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlashda quyidagi omillarga e’tibor berish lozim: foto va video tasvirning aniqligi, tezlikni o‘lchash moslamasining to‘g‘ri ishlashi, o‘rnatilgan joyning to‘g‘riligi va qonuniyligi, shuningdek, olingan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va ishonchliligi.
E’tibor qaratiladigan jihatlari; Foto va video tasvirning aniqligi: Transport vositasining raqamli belgisi va tezligini aniq ko‘rsatadigan sifatli tasvirlar olinishi kerak.
Tasvirlar yomon ob-havo sharoitlarida (yomg‘ir, qor, tuman) yoki tungi vaqtda ham aniq bo‘lishi lozim.
Kamera linzalari toza bo‘lishi va tasvirga to‘sqinlik qiluvchi elementlar bo‘lmasligi kerak.
Ma’lumotlarning to‘g‘riligi va ishonchliligi; Olingan foto va video ma’lumotlari to‘g‘ri saqlanishi va qayta ishlanishi kerak.
Olingan ma’lumotlarning ishonchliligi tekshirilishi va tizimda o‘zgarishlar kiritishning oldini olish choralari ko‘rilishi lozim.
Tizim ma’lumotlarining maxfiyligi va xavfsizligi ta’minlanishi kerak.
Ushbu omillarga e’tibor qaratish maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalarining samaradorligi va ishonchliligini oshirishga yordam beradi.
Sudyaviy avtotexnika ekspertizasi doirasida transport vositasining tezligini videoyozuv asosida aniqlash murakkab, ammo amaliyotda muhim va keng qo‘llaniladigan ilmiy-texnik jarayondir. Ushbu jarayonda asosiy e’tibor quyidagi jihatlarga qaratiladi:
Ekspertiza tadqiqotlari aniq bo‘lishi uchun video quyidagi talablarga javob berishi zarur:
Kadr chastotasi odatda 25 fps (frames per second) dan kam bo‘lmagan bo‘lishi kerak. Bu obyektning aniq harakatini aniqlash imkonini beradi va tadqiqot natijasinig samarasiga yordam beradi.
Kameraning joylashuvi: Qanday burchak ostida joylashgani, harakat yo‘nalishiga nisbatan holati (to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki yonma-yon) bu natijalar ishning ahamiyatiga ta’sir qiladi.
Tahrirlanmagan asl yozuv: Video to‘liq bo‘lishi, montaj qilinmagan, asl metama’lumotlar (sana, vaqt, joy) saqlangan bo‘lishi lozim.
Ekspert quyidagilarni aniqlaydi:
Transport vositasi harakatlanadigan real masofa – yo‘l chizig‘i, belgilar, ustunlar yoki boshqa referens nuqtalarga asoslanadi; harakatning boshlanish va tugash kadrlarini aniqlaydi.
Olingan vaqtlar farqi va masofalar asosida aniqlangan tezlik hisoblanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak; Sud-avtotexnika ekspertizasi doirasida video yozuv orqali transport vositasi tezligini aniqlash zamonaviy texnik imkoniyatlar va kriminologik tahlilning uzviy uyg‘unligidir. Bunday ekspertiza nafaqat texnik bilimlarni, balki matematik modellashtirish, tasvirni qayta ishlash va yuridik asoslarni puxta egallashni talab qiladi.
Video tasvir asosida tezlikni aniqlashda eng muhim jihat – bu ob’ektiv va ishonchli o‘lchovlarga erishishdir. Har bir kadr, har bir metama’lumot (sana, vaqt, joy), harakat trayektoriyasi va kamera burchagi aniqlik bilan tahlil qilinmasa, xulosa noto‘g‘ri bo‘lishi va natijada fuqaro huquqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shuningdek, videodagi texnik tafsilotlarni (fps, rezolyutsiya, piksel-masofa konvertatsiyasi) befarqlik bilan qabul qilish, ekspert xulosasining daliliy kuchini pasaytiradi. Shuning uchun bunday tahlillarni faqat maxsus tayyorgarlikka ega ekspertlar amalga oshirishi, natijalar esa metodologik jihatdan asoslangan bo‘lishi zarur.
Eng asosiysi, bu kabi ekspertizalar yo‘l harakati ishtirokchilarining huquqiy kafolatlari va adolatli sudlov tamoyillarini ta’minlashga xizmat qilishi lozim. Videoyozuv asosida tezlik aniqlash faqat texnik emas, balki huquqiy jihatdan dalil isbotlash vositasi sifatida qabul qilinadi. Shu sababli, har bir ekspert xulosasi o‘zida ilmiylik, aniqlik, huquqiylik va ishonchlilikni mujassam etmog‘i kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.“Digital Forensic Analysis of Vehicular Video Sensors: Dashcams as Evidence”
2. Rossiya Federatsiyasi Аdliya vazirligi xuzuridagi Federativ sud ekspertiza Markazida 2016 yilda ishlab chiqarilgan va Markazning Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan “Определение по видеозаписям, фиксирующим событие дорожно-транспортного происшествия, положения и параметров движения его участников” uslubiyot.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi
Sud avtotexnika laboratoriyasi mudiri Q.X.Umidillayev