Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasida seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 5-aprel kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Xorazm viloyati bo‘limi ekspertlari H.Yuvbasarov hamda O.Qalandarovlar tomonidan Buxoro va Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari uchun “Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi tayinlashda ashyoviy dalillarni to’plash, saqlash va taqdim qilish” va “E-ekspertiza” elektron tizimi orqali ekspertiza tayinlashning afzalliklari” mavzularida seminar tashkil etildi.

Seminar onlayn vebinar tarzida tashkil etilib, unda Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi tayinlash tartibi bilan bir qatorda “E-ekspertiza” elektron tizimining afzalliklari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi.