Jamoat xavfsizligi instituti kursantlari uchun o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Joriy yilning 3-4-aprel kunlari Jamoat xavfsizligi instituti “Qo‘riqlash bo‘linmalarining qo‘mondonlik-taktik faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlarga “Sud ekspertizada hal etiladigan savollar, markazda joriy etilayotgan yangi tur ekspertizalari va ularni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tadqiqot obyektlarini olish, saqlash hamda taqdim qilish tartibi va ekspertiza imkoniyatlari” mavzusida amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulotlarda Markazning Sud-ballistika va izshunoslik ekspertizasi laboratoriyasi mudiri E.Churyakov, Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi yetakchi eksperti I.Talipova, Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi bosh eksperti N.Ilyasova, Yong‘in-texnik ekspertizasi laboratoriyasi eksperti B.Mirzayev, Sud-kompyuter texnikaviy ekspertizasi bo‘limi yetakchi eksperti J.Abdukarimov hamda Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi katta eksperti N.Umrzakovlar tomonidan mavzu bo‘yicha ma’ruzalar o‘qilib, tushuntirishlar berildi.

Mashg‘ulotlar yakunida kursantlarning ekspertiza faoliyati yuzasidan bergan savollarga to‘liq tushuntirishlar berildi.