Sud buxg’alteriya ekspertizasi imkoniyatlari

Sud buxg’alteriya ekspertizasi moliyaviy hujjatlar va buxg’alteriya hisobi bo‘yicha baholash, tekshirish va xulosa berish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Uning asosiy imkoniyatlari quyidagilardan iborat:

  1. Moliyaviy hujjatlar tekshiruvi – buxg’alteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarning to‘g’riligi va qonuniyligini aniqlash;
  2. Firibgarlik va moliyaviy qonunbuzarliklarni aniqlash – noqonuniy harajatlar, o‘zlashtirish, soxta hujjatlar va moliyaviy jinoyatlarni aniqlash;
  3. Korxona moliyaviy holatini baholash – aktivlar, passivlar, qarzlar va foyda ko‘rsatkichlarini o‘rganish;
  4. Ish haqi va soliqlarga oid tekshiruv – noqonuniy ish haqi to‘lovlari, soliqlardan bo‘yin tovlash va boshqa soliq qonunbuzarliklarini aniqlash;
  5. Kredit va qarz majburiyatlarini tahlil qilish – qarzlarning qoplanish imkoniyatlarini tahlil qilish – qarzlarning qoplanish imkoniyatini va shartnomalarning bajarilganlik darajasini baholash;
  6. Xo‘jalik operatsiyalarining huquqiy asoslanganligini aniqlash – shartnomalar, hisob-kitob hujjatlari va boshqa moliyaviy operatsiyalar qonunchilik talablariga mos kelishini tekshirish;
  7. Bankrotlik va moliyaviy muammolarni tahlil qilish – korxonalarning to‘lovga layoqatliligini va uning moliyaviy barqarorligini baholash.

Sud buxg’alteriya ekspertizasi odatda huquqni muhofaza qilish organlari, sudlar yoki boshqa manfaatdor tomonlar tomonidan buyurtma qilinadi va ekspertiza xulosasi dalil sifatida ishlatilishi mumkin.

Sud-iqtisodiy ekspertizasi sudning turli bosqichlarida ko‘rib chiqiladigan, quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflangan mustaqil dalil manbai hisoblanadi:

1) tekshirilayotgan hudud bilan bog’liq moliyaviy-xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyati faktlari to‘g’risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish;

2) qonunda nazarda tutilgan protsessual shaklga egalik qilish;

3) qonunchilikda belgilangan iqtisodiy, moliyaviy va tadbirkorlik faoliyati faktlari to‘g’risida dalillarga asoslangan ma’lumotlarni olish va tadqiq qilishning protsessual tartibiga taqdim etish.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ma’lumki O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining qaror topshirilishi, ko‘p ukladli iqtisodiyotning vujudga keltirilishi barcha jabhada bo‘lgani kabi, buxgalteriya hisobi borasida ham ulkan o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi. Buxgalteriya hisobidan foydalanuvchilar soni ancha kengayib borayotganligi integratsiya jarayonlarini chuqurlashayotganligi bugalteriya hisobini jahon andozalariga ko‘chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda.

Markazning Surxondaryo viloyat bo‘limi eksperti 3-darajali yurist
M.M.Qobilov