Biologik faol qo‘shimchalar haqida umumiy ma’lumotlar

Odamning kunlik ratsionidagi taomlanadigan oziq-ovk,at mahsulotlari turlari umumiy hisobda 2ga bo‘linadi bular asosiy va qo‘shimcha.

Asosiy oziq ovqat mahsulotlari odam kun davomida ishlatgan energiyasini o‘rnini qoplaydigan kundalik taomlardan iborat va u taomlar: tayyorladigan, tayyor, yarim tayyor, shuningdek taom tayyorlash uchun ishlatiladigan sarflanadigan xom ashyo mahsulotlari kiradi. Qo‘shimcha oziq-ovq,at mahsulotlariga minirallar, vitaminlar va turli xil makro va mikro- elementlar, oqsillar, yog‘lar, vitaminlar, aminokislotalar, uglevodlar kabi moddalarni у́zida saqlovchi biologik faol qo‘shimchalar(BFQ) kiradi.

BFQning vitaminlardan farqi BFQ o‘z tarkibida turli yoki faqat 1 dona vitamin saqlasada ular BFQ ma’lum bir tarkibiy qismini tashkil qiladi. Aksincha vitaminlar va vitamin komlekslari dori darmon mahsuloti xisoblanadi.

BFQ suyuqlik, granula, briket va turli aralashmalar, shuningdek tabletka ko‘rinishida bo‘lishi mumkin, BFM tabletka ko‘rinishiga o‘xshab qadoqlangan bo‘lsada u oziq- ovqat mahsuloti hisoblanadi dori emas, chunki BFQ farmakopiya ahamiyatiga ega emas.

Jahon tajribasidan ma’lumki BFQni sifatini nazorat qilish bugungi kunda mavjud davlatlarning farm qo‘mitalari faoliyat doirasiga kirmaydi ularda ko‘proq Davlat Standartlari Agentliklarining normativ xujjatlari orqali va Sanitariya epidemiologiya xizmatlari o‘zlari ishlab chiqqan ichki normativ xujjat (SanPin)lar orqali, shuningdek Istemolchilar xuquqlarini himoya qilish tashkilotlari nazoratni amalga oshirishadi.

Dunyo bo‘yicha milliardlab dollarlar bekorga faqat BFQ xarid qilish uchun sarflanadi.

BFQning tan narxi juda arzon bo‘lsada ularni turli xil taniqli brendli nodavlat kompaniyalar tomonidan moliyalashtirilishi, BMQning reklamasi istemolchilarga tarmoqlashgan marketingchilar tomonidan tarqatishga ketadigan sarf xarajatlar ularni tovar bahosini keskin oshirib yuboradi.

BFQning qadoqlanishiga ahamiyat berib qarasak u yerda faqat turli xil standartlar keltiraladi. dori vositalari va vitaminlarda esa bunday yozuvlar yo‘q.

BFQ mahsulotlarini chuqurroq o‘rgansak ularni tarkibi bo‘yicha sinflash mumkin, ular quydagilar:

  1. Minerallar
  2. Aminokislotlar
  3. Sport ozuqasi
  4. Yog‘ kislotlar
  5. Probiotiklar
  6. Dieta uchun tabiiy (natural) qo‘shimchalar
  7. BFQni boshqa turlari

1.Minerallar biologik ahamiyatga tirik organizmning normal ishlashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kimyoviy elementlardir. Minerallar tuproqda va suvda uchraydi, u yerdan odam tanasidagi Mineral zaxiralar oziq-ovqat (o‘simliklar yoki bu o‘simliklarni iste’mol qilgan hayvonlarning go‘shti) va suv orqali to‘ldiriladi. Ratsionda zarur bo‘lgan minerallar miqdoriga qarab, ular quyidagi kamayish tartibida joylashtirilishi mumkin: kaliy, xlor, natriy, kalsiy, fosfor, magniy, temir, rux, marganes, mis, yod, xrom, molibden, selen va kobalt. Bor va kremniy kabi muhim oziq moddalar ro‘yxatiga ko‘pincha kiritilmagan boshqa minerallar mavjud. Muhim minerallar alohida-alohida va mineral va vitamin-mineral komplekslarning bir qismi dieta qilish uchun BFQ sifatida sotiladi.

2.Aminokislotalar-Proteinlar murakkab organik moddalar bo‘lib, ularning molekulalari peptid bog‘lar bilan bog‘langan aminokislotalarn zanjiridan iborat. Tirik organizmlarda ko‘p hollarda oqsil sintezida 20 ta standart aminokislotalar qo‘llaniladi. Ushbu aminokislotalarning sakkiztasi muhim hisoblanadi, chunki ular inson tanasi tomonidan sintez qilinmaydi va oziq-ovqat bilan ta’minlanishi kerak. Quyidagi aminokislotalar muhim hisoblanadi: valin, izoleysin, leysin, lizin, metionin, treonin, triptofan, fenilalanin va aminokislota-histidin xozirgi kunda hamma uchun zarur deb hisoblanadi. O‘zaro almashtiriladigan aminokislotalar organizmda boshqa aminokislotalardan ishlab chiqariladi, ammo ularga ehtiyoj yosh va turmush tarziga yoki insonning ahvoliga qarab paydo bo‘lishi mumkin. O‘zgaruvchan aminokislotalar: alanin, arginin, asparagin, aspartik kislota, glitsin, glutamin, glutamik kislota, prolin, serin, tirozin, sistein. Aminokislotalar maxsus dieta qilish uchun BFQ sifatida ham alohida, ham turli komplekslarda sotiladi.

3.Sport ozuqasi-bu sportchining tanasini zarur vitaminlar, minerallar va ozuqa moddalari bilan ta’minlash uchun yaratilgan maxsus dietalar komleksi hisoblanadi. Sport ozuqasi bilan ovqatlanish odatdagi ovqatlanishdan tubdan farq qiladi biroq asosiy ovqatning o‘rnini bosmaydi. Sport ovzuqasi tarkibi ma’lum bir sport turida (bodibilding, og‘ir atletika, yengil atletika, jang san’ati, fitnes va boshqalar) qo‘yilgan vazifalarga qarab farq qilishi mumkin.). Bu sport ko‘rsatkichlarini yaxshilash, optimal tana vazniga erishish, mushak massasini ko‘paytirish, tana yog‘ foizini kamaytirish va boshqalarga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Eng keng tarqalgan sport ozuqasiga: oqsil aralashmalari, uglevod-oqsil aralashmalari, tarmoqlangan zanjirli aminokislotalar (BCAA), fosfatidilserin, glutamin, arginin, to‘yinmagan yog‘ kislotalari, kreatin va vazn yo‘qotish mahsulotlari kiradi. Ushbu va boshqa ko‘plab mahsulotlar sport ozuqasining BFK sifatida sotiladi.

4.Yog‘ kislotalari Yog‘lar glitserin va yog‘ kislotalarining murakkab birikmalaridir. Yog‘ kislotasi molekulalari bir-biriga bog‘langan uglerod atomlarining zanjirlari yog‘ kislotasidagi barcha uglerod zanjirlari bilan bitta (C—C) bog‘ bilan bog‘langan bo‘lsa, bunday yog‘ kislotasi to‘yingan deb ataladi; bitta qo‘sh bog‘li uglerod zanjiri bilan (C=C) bog‘langan bo‘lsa bunday yog‘ kislotalari mono to‘yinmagan deb ataladi; ikki yoki undan ortiq qo‘sh bog‘li uglerod zanjiri orqali bog‘lanish bilan (C=C=C) bog‘langan bo‘lsa poli to‘yinmagan deyiladi. Muhim poli to‘yinmagan yog‘li kislotalarning ikki guruhi mavjud: omega-3-to‘yinmagan yog‘li kislotalar va omega-6-to‘yinmagan yog‘li kislotalar. Ikkala guruh ham inson tanasi uchun ajralmas hisoblanadi, chunki ular odam organizmida sintez qilinmaydi va oziq-ovqat bilan birga kelishi kerak. Eng muhim yog‘ kislotalarining parhez manbalari dengiz baliqlarining yog‘li navlari BFQ sifatida sotiladi.

5.Probiyotiklar inson ichaklaridagi 500 ga yaqin turli xil mikroorganizmlarda mavjud bo‘lib, ularning umumiy soni 50 trln. Probiyotiklar, agar BFQ sifatida qaralsa, ichak mikroflorasini va immunomodulyatsiyani normallashtirish uchun terapevtik maqsadlarda qo‘llaniladi. Probiyotiklarning eng taniqli turlari bifidobakteriyalar va laktobakteriyalardir.

6.Dieta qilish uchun tabiiy (natural) qo‘shimchalar sifatida o‘simlik va hayvonot mahsulotlari shaklda ishlab chiqarishda asosan o‘simliklar, hayvonlar, suv o‘tlari, zamburug‘lar, lishashniklar xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi, Dieta qilish uchun tabiiy (natural) qo‘shimchalar sifatida (kukunlar, turli suyuqliklar, damlamalar, qaynatmalar, ularning eritmalari) toza tabiiy xolatda yoki tabiiy xom ashyoviy komponnetlardan ajratib olingan ekstraktlari qo‘llaniladi. Tabiiy (natural) BFQlar sifatida sotiladi.

7.BFQining boshqa turlariga: fermentlar, bioflavonoidlar, immunomodulyatorlar, adaptogenlar, asalarichilik mahsulotlari, zeolitlar(seolit) maxsus tuproq- minerllari, superozuqalar, ozuqa tolalari, salvestrol(ximoya reaksiyasini chaqiruvchi moddalar) har hil o‘simliklarning qutirilgan mevalari, donaklari, ildizlarni o‘z ichiga oladi. Bular bozorlarda bemalol sotiladi. Ular xatto BFQ ekanligini oddiy halq bilmaydi ham

BFQning turli nomlari ko‘p va maxsulot turiyam anchagina shuningdek ular dori-darmonlar bilan o‘xshashliklarga ega. Ishlab chiqaruvchilarning fikriga ko‘ra, BFQlar dorilar bilan umumiy shifobaxsh xususiyatlarga ega, ammo dori darmonlarning istemol qilishdan asosiy maqsad alohida organlar va tizimlarni davolash va ularni sog‘lom ishlashini rag‘batlantirishdan iboratdir. BFK lar dori dormonlarga o‘xshash bo‘lgani bilan, ularda bir qator farqlar bor, ularning asosiysi ularni ishlab chiqarishda keng qamrovli ilmiy tadqiqotlarning yetishmasligi va ular haqida ilmiy ma’lumotlarning kamligidir.

BFQ dorixonalarda, oziq-ovqat do‘konlarida yoki ixtisoslashtirilgan do‘konlarda retseptisiz sotiladi. Ushbu mahsulotlarning aksariyati O‘simliklar tibbiyoti va an’anaviy tibbiyotning turli shakllari sohasida turli tabiblartomonidan uzoq vaqtdan beri qo‘llanilgan bo‘lsada, ularning haqiqiy samaradorligi va sifat kafolati haqida xavotirlar mavjud.

BFQ preparatlari ko‘pincha aniq sifat standartlariga ega emas va katta miqdorda, ba’zan yuzlab faol moddalarni o‘z ichiga olishi mumkin, shuningdek, ko‘pincha norasmiy ravishda firibgar tabiblartomonidan dori-darmonlar sifatida ommaga sotilsada, ularning ko‘pchiligi og‘ir metallar va boshqa toksik moddalar bilan ifloslangan; ustiga ustak BFQ preparatlardagi moddalarning tarkibiy qismlari yorliqda ko‘rsatilganidan arzonroq komponentlar bilan almashtiriladi (misol uchun, beda). Ko‘pincha BFQlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, ko‘p hollarda BFQ tarkibida uning yoriqlig‘ida ko‘rsatilmagan moddalar va turli kimyoviy elementlar mavjud bo‘ladi, shuningdek ular nazoratsiz savdoga chiqariladi va juda chiroyli jozibador ko‘rinishda reklama qilinadi

Bizni maqsadimiz BFQlarni yomonlash emas, balki ularni dori darmon vositasi emasligini aholimizga tushuntirishdan iborat.

S.S. Ataxodjaev MABKE laboratoriyasi katta eksperti
A.G‘. Asilbekov MABKE laboratoriyasi eksperti

Skip to content