Mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, sud-ekspertlik faoliyati samaradorligini oshirish, ushbu sohani zamonaviy, yuqori aniqlikdagi tahlil vositalari bilan jihozlash orqali odil sudlovni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6256 sonli Farmoni bilan, O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik sohasini har tomonlama takomillashtirish, bu sohadagi muammolar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda mamlakatda sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, sud-ekspertlik sohasini o‘rta muddatda tizimli isloh qilishning aniq chora-tadbirlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Ekspertlik amaliyotida tergov jarayoni hamda kriminalistika fanining taraqqiyoti va takomillashida ashyoviy dalillarni o’rganishda kimyoviy usullaridan foydalanish obyektiv tekshiruvlar o’tkazish, eng muhimi, adolatli qarorlar qabul qilish mumkinligi extimolini oshirib, ekspertning ilmiy dalillariga tayangan xolda, qat`iy xulosalar berishi, muhim ahamiyat egallaydi.
Dunyo miqyosida fan-texnika rivoji, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi, metallurgiyada (zang, shkalani tozalash uchun), to’qimachilik sanoatida (mo’yna va matolarni bo’yash uchun), kosmetologiyada (oqartuvchi vosita), tibbiyotda, farmakologiya va kimyo sanoatida kislotalar va asoslar ustida muhim tadqiqotlar hamda bu borada izlanishlar olib borilishi kerak.
Keyingi yillarda har hil yo`llar bilan chegara postlaridan moddalarni aralashtirib, prekursorlar bo`lgan kislotalarni olib o`tish xolatladi ko`paygani sababli laboratoriyada ushbu sohada ilmiy tadqiqotlar olib borib uslubiyat yaratish maqsadga muvofiqligini taqozo qilmoqda va kriminalistika ekspertizasi bo’yicha hozirgi zamonaviy uskunalardan foydalangan holda davlat tilidagi ilmiy asoslangan uslubiy tavsiya ishlab chiqilishi lozim. Tadqiqot uchun taqdim etilgan tabiati noaniq suyuqliklar tarkibini aniqlash, hamda undagi kislota miqdori va turini aniqlash, balki kuchli ta’sir qiluvchi boshqa birikmalarning tarkibida kislota miqdorini aniqlash ekspertlar uchun ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, bu ko‘p hollarda ekspertiza uchun taqdim etilgan obyektlarning kimyoviy tarkibining murakkabligi bilan bog‘liq.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda kislotalarning (organik va noorganik) ekspertizasida murakkab kimyoviy tarkib, aralashmalarning mavjudligini aniqlash, qat`iy javob va xulosa berish uchun ularning zichligini zamonaviy qurilma va uskunalar bilan aniqlash usulidan foydalanishni taqazo qiladi.
Xozirgi kunda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza Markazining “Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi”da kislotalar ekspertizasi bo‘yicha tadqiqiotlar olib boriladi. Isonlarning yoki hayvonlarning hayoti va sog‘ligiga, turli buyumlarga zarar yetkazish, o‘g’rilrik bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda va ularni ochishda noorganik kislotalar bo‘yicha tadqiqotlarni tezkor, sifatli, qulay va xavfsiz o‘tkazib faktik ma’lumotlarni va holatlarni aniqlash dolzarb va muxim hisoblanganligi sababli, respublikamizning sud tergov idoralari va boshqa tashkilotlaridan MABKE laboratoriasiga ko‘plab ekspertizalar tayinlanadi.
Noorganik kislotalar – katalitik oksidlanish natijasida olingan, sanoat va kundalik xayotda keng qo‘llaniluvchi kislotalar guruxidir. Masalan: Sulfat kislota H2SO4 – sanoatda o‘g‘it, batareya, portlovchi moddalar, akkumulyatorlar ishlab chiqarishda, neftni qayta ishlashda, metallga ishlov berish, kimyo sintezida keng qoʻllaniladi, juda karroziv bo‘lib kuchli kuydiruvchidir. Xlorid kislota — turli metal xloridlari va xlorli organik mahsulotlar olishda, metall yuzalarni tozalashda, ularga ishlov berishda, rudalarga ishlov berishda, terini oshlashda ishlatiladi. U nafas yo‘llarining yallaig‘lanishiga, tishlarning va me’daichak faoliyatining buzilishiga olib keladi. Nitrat (azot) kislota – plastmassalar sanoatida, dori-darmon ishlab chiqarishda, bo’yoqchilikda, portlovchi moddalar, azotli va kompleks o‘g‘itlar tayyorlashda qo‘llaniladi. U insonni zaxarlovchi va terini kuydirish xususiyatiga ega. Fosfat kislota – oʻgʻitlar, texnik reaktivlar, faollangan kumir ishlab chiqarishda, organik mahsulotlar sintezida, metallar sirtida himoya qoplamalar hosil qilishda qoʻllanadi.
Suyuqlikning tabiatini aniqlash, suyuqlikning kislotalarga taalluqliligini aniqlash, noorganik kislotaning turini aniqlash, predmet tashuvchilarda noorganik kislotalarning izlarini mavjudligini aniqlsh, tadqiqot uchun taqdim etilgan namunani, taqqoslash uchun taqdim etilgan kislota bilan solishtirish taxlilini o‘tkazish hamda tadqiqot uchun taqdim etilgan kislotalarning konsentratsiyasini aniqlash zarur bo‘lgan holatlarda noorganik kislotalarning kriminalistik tadiqiotlari o’tkaziladi.
Kislotalarni tadqiqot qilish ekspertizasi tadqiqot obyektlariga tabiati noaniq bo‘lgan yoki kislota deb gumonlanayotgan suyuqliklar, buyum holatidagi predmet tasuvchilar (turli idishlar, gilam, palaslar, choyshablar va boshqalar), jabrlanuvchining, gumonlanuvchining, ayblanuvchining kiyimlari, predmet tashuvchilardan yoki inson tanasidan surtmalar kiradi. Ba’zi holatlarda ekspertlik amaliyotida noorganik kislotalarni aralashmasi, masalan Podshox arog‘i – «Царская водка» tadqiqot uchun taqdim etiladi.Sarskaya vodka – konsentrlangan nitrat (azot) HNO3 va xlorid HCL kislotalarning, hajmi bo‘yicha 1:3 nisbatda olingan aralashmasidir. Sarskaya vodka oltin, platina va palladiy kabi kam faol metallarni xona haroratida eritish imkoniyatini beradi.
Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasida noorganik kislotalarni tadqiqot qilish kimyoviy va uskunaviy usullarda olib borilib, sud-tergov hodimlari tomonidan qo‘yilgan savollar javob berish uchun har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshiruvlar o‘tkazilib qatiy xulosalar beriladi.
Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik
ekspertizasi laboratoriyasi etakchi eksperti
I.E.Talipova