Sifat menedjmenti tizimi sifat menedjmentining 7 ta tamoyiliga asoslangan boʻlib ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
-Isteʼmolchiga (buyurtmachi) eʼtibor qilgan holda ish tutish;
– Boshqaruvning oʻrni;
– Xodimlarni jalb etish;
– Tizimli yondashuv;
-Doimiy yaxshilanish;
– Maʼlumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish;
-Taʼminotchilar bilan oʻzaro manfaatli munosabatlar
Sifat menejmenti tizimining joriy etilishi ekspert xulosalarining xalqaro miqyosda tan olinishida muhim rol oʻynaydi.
Ekspert xulosalarining xalqaro miqyosda tan olinishi va qoʻllanilishi ekspertiza muassasalarining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda, ekspert tadqiqotlari eng soʻnggi zamonaviy innovatsion texnologiyalar va jahon talablariga javob beradigan xalqaro standart meʼyorlari asosida oʻtkazilishi xalqaro miqyosda tan olinishiga turtki boʻladi. Bu borada, Sud ekspertiza sohasida sud ekspertlik faoliyati, xususan oʻtkazilayotgan tadqiqotlarni xalqaro standart talablariga muvofiqligini aniqlash va akkreditatsiyadan oʻtkazish sud ekspertiza muassasalari faoliyati sifatini oshirishda muhim oʻrin tutadi. Sud ekspertlik faoliyatini olib boruvchi tashkilotning xalqaro akkreditatsiyadan oʻtganligi ekspertiza tayinlaydigan organ (shaxs)ga sud ekspertiza laboratoriyasini tanlashda asosli qaror qabul qilishiga imkon beradi, chunki akkreditatsiya tashkilot tomonidan beriladigan xizmat turlari va tadqiqotlarining sifati, vakolati, xolisligi va keng imkoniyatlarini namoyish etadi.
Akkreditatsiya soʻzi lotincha “accredo” soʻzidan olingan boʻlib, “ishonish” maʼnosini anglataadi, yaʼni, faoliyat standartning belgilangan koʻrsatgich, mezon va talablariga mos kelishini rasman tasdiqlanish jarayoni boʻlib hisoblanadi.
Faoliyatni akrreditatsiyadan oʻtkazish mijozning sinov, oʻlchov yoki tadqiqotlarni oʻtkazish sohasidagi talabini qondirish, shuningdek, tadqiqot va oʻlchovlarni ayrim turlarini oʻtkazishda uning texnik qobiliyatini rasman tan olinishi boʻlib hisoblanadi hamda oʻtkazilayotgan ekspertiza tadqiqotlarining sifati va vakolatliligiga boʻlgan ishonchini taʼminlash mexanizmi boʻlib hisoblanadi.
Ekspert xulosalarini xalqaro miqyosda tan olinishida ISO/IEC 17025 (ingl. “General requirements for the competence of testing and calibration laboratories”, “Sinov va kalibrlash laboratoriyalarining layoqatliligiga qoʻyiladigan talablar”) standarti alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Standartning ingliz tilidagi versiyasi dastlab 1999-yilda qabul qilingan. Sinov va kalibrlash laboratoriyalari texnik vakolatlangan va texnik jihatdan asosli natijalarni olishga qodir ekanligini koʻrsatishni istasa, Standart buning uchun bajarilishi kerak boʻlgan bir qator talablarni belgilaydi. Mazkur standartning qoʻllanilishi laboratoriyalar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikning oʻrnatilishiga, xususan, tadqiqot natijalari va kalibrlash ishlarining turli mamlakatlar tomonidan tan olinishiga olib keladi. ISO/IEC 17025 standarti milliy akkreditatsiya organlari tomonidan laboratoriyalarni akkreditatsiyadan oʻtkazish va laboratoriyaning texnik vakolatlari sifatida mavjud boʻlmagan tushunchalar bilan ishlaydi.
Laboratoriyalarni akkreditatsiyadan oʻtkazishda texnik vakolatlilikni baholash uchun maxsus ishlab chiqilgan mezon va tartiblardan foydalaniladi.
Laboratoriya faoliyatining ISO/IEC 17025 standarti talablariga muvofiqligi uning akkreditatsiyadan oʻtishiga imkon beradi. Standart ikki qismdan iborat: laboratoriya menedjmenti bilan bogʻliq boʻlgan qism va sinov yoki oʻlchash usullariga texnik talablarni oʻz ichiga olgan texnik qism.
Texnik baholash boʻyicha mutaxassislar laboratoriyalarda sinov va kalibrlash vaqtida maʼlumot yigʻishga taʼsir qiluvchi barcha omillarni kompleks tahlilini oʻtkazadilar. Ushbu mezonlar ISO / IEC 17025 xalqaro standartiga (butun dunyo boʻylab laboratoriyalarni baholash uchun foydalaniladi), shuningdek dastur uchun tartibga soluvchi va spetsifikatsiya organlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan boshqa texnik talablarga asoslanadi.
Sifat menedjmenti tizimi buyurtmachi (mijoz) ning talablariga binoan amalga oshiriladi. Buyurtmachilar xarakteristikalari ularning ehtiyojlari va umidlarini qondiradigan mahsulotlarga (xizmatlarga) muhtoj. Buyurtmachilarning talab va istaklari domiy ravishda oʻzgarib turadi, shuning uchun tashkilotlar raqobat muhiti (bozor) va texnologik taraqqiyot tomonidan yaratilgan bosimni boshdan kechirmoqda.Buyurtmachi (mijoz) ning doimiy qoniqishini taʼminlash maqsadida tashkilot oʻz mahsulotlarini va ularning jarayonlarini domiy ravishda yaxshilab borishi kerak. Tashkilotning sifat menedjment tizimi, boshqarish vositalaridan biri sifatida, tashkilotning yuqori turuvchi rahbariyati va uning isteʼmolchilariga, tashkilot talablariga toʻliq javob beradigan mahsulotlarni yetkazib berishga qodir ekanligiga ishonch uygʻotadi (belgilangan mablagʻ hisobiga aniq vaqt ichida zarur boʻlgan miqdorda sifatli mahsulotni yetkazib beradi).
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni xulosa qilish mumkinki, sifat menejmenti tizimini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish kelgusidagi ekspertlik faoliyatiga ijobiy turtki boʻlib xizmat qiladi.
Sifat menejmenti boʻlimi mutaxassisi
A.Boʻriyev