- Markazning Surxondaryo viloyat bo‘limi qachon tashkil etilgan?
Javob: Markazning Surxondaryo viloyat bo‘limi 1990-yil iyul oyida RSEMning Surxondaryo viloyati bo‘yicha ekspertlar guruhi sifatida tashkil qilingan. 2013-yilda bo‘linma shaklida, 2015-yildan esa RSEMning Surxondaryo viloyati bo‘limiga aylantirilgan.
- Bugungi kunda Markazning Surxondaryo viloyat bo‘limida qaysi ekspertiza turlari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmoqda?
Javob: hozirgi kunda Markazning Surxondaryo viloyat bo‘limida sud-avtotexnika ekspertizasi, sud-qurilish-texnik ekspertizasi, sud-iqtisodiy va sud-tovarshunoslik ekspertiza turlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
- Sud-transportni-baholash ekspertizasida qanday masalalar o‘z yechimini topadi?
Javob: sud-transport-baholash ekspertizasini o‘tkazish orqali tergov va surishtiruv organlari hamda sudlar tomonidan yo‘l transport yoki boshqa hodisa(tabiiy ofatlar) natijasida avtomoto transport vositalariga yetkazilgan moddiy zarar, ularni ta’mirlashga sarflanadigan mablag‘ miqdorini yoki avtomototransport vositalarining narxini aniqlash kabi asosiy masalalar yechiladi.
- Transport vositasining texnik holatini aniqlash ekspertizasi obyektlariga va hal etiladigan masalalarga nimalar kiradi?
Javob: velosipedlar, mototransport vositalari, mahalliy va xorijiy ishlab chiqarilgan avtomobillar, qishloq xo‘jaligi va maxsus transport vositalari hamda boshqalar kirishi mumkin. Ushbu ekspertizada yo‘l transport hodisasida ishtirok etgan avtotransport vositalari, ularning agregatlari, qismlari. Ushbu ekspertizada transport vositalari, ularning agregatlari, qismlarining foydalanishga yaroqli yoki yaroqli emasligi hamda shikast yetkazilgan bo‘lsa, ushbu shikat hodisasidan oldin, hodisa vaqtida yoki undan keyin bo‘lganligi kabi masalalar yechiladi.
- Sud-qurilish-texnikaviy ekspertizasi qanday hollarda tayinlanadi?
Javob: sud-qurilish-texnik ekspertizasi jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni tergov qilish va sudda ko‘rib chiqishda loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish, binolar, inshootlar va qurilmalarni rekonstruksiya qilish (ta’mirlash), demontaj qilish va utilizatsiya qilish sohasida maxsus bilimlarga muhtoj bo‘lgan hollarda tayinlanadi.
- Sud-qurilish-texnikaviy ekspertizasi tadqiqot obyektlariga nimalar misol bo‘ladi?
Javob: sud-qurilish-texnikaviy ekspertizasi tadqiqot obyektlariga binolarni loyihalashtirish, qurilish va ekspluatatsiya bo‘yicha loyiha-smetalari va ishlab chiqarish-texnikaviy hujjatlari, turar joy, jamoat va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bino va inshootlarning kadastr hujjatlari, muhandislik tarmoqlari hamda shu bino va qurilmalarning o‘zi kiradi.
- Sud-iqtisodiy ekspertizasi qanday masalalarni hal etadi?
Javob: sud-iqtisodiy ekspertizasi quyidagi masalalarni hal etadi:
- korxonalardagi moliyalashtirishni to‘g‘riligini aniqlash;
- olingan daromad miqdorini aniqlash;
- hisoblangan soliqlarning asosligini aniqlash;
- iqtisodiy fondlarni yaratilish asoslarini aniqlash;
- mehnat haqini hisoblashda me’yoriy xujjatlarga asoslanganlikni aniqlash
- hisobotlarda iqtisodiy ko‘rsatkichlarning to‘g’ri aks ettirilganligi kabi holatlarni tadqiq etish va boshqalar.
- Sud-tovarshunoslik ekspertizasi tadqiqot obyektlariga nimalar kiradi?
Javob: Sud-tovarshunoslik ekspertizasi tadqiqot obyektlariga: sanoat tovarlari (mebel, to‘qimachilik, trikotaj va tikuvchilik mahsulotlari), iste’mol tovarlari bo‘lmish yarimtayyor, sanoat, attorlik (galantereya) mahsulotlari, maishiy mollari (yoritish asbob va moslamalari); maishiy xo‘jalik tovarlari; orgtexnika va ularning jamlanmalari (komplektlari); – ishlab chiqarish liniyalarining alohida qismlari, oziq-ovqat mahsulotlari kiradi.
- Sud-tovarshunoslik ekspertizasini qanday masalalarni hal etadi?
Javob: sud-tovarshunoslik ekspertizasi quyidagi masalalarni hal etadi:
– tovarning nomi va uning guruhi qanday?
– taqdim etilgan sanoat mahsuloti qanday mahsulotdan tayyorlangan?
– tadqiqot uchun taqdim etilgan mahsulot nuqsoni foydalanish natijasida yoki sifatsizligidanmi?
– qadoqlash qoidasi buzilganmi?
– jabrlanuvchi egnidagi shimi tintuvdagi gumonlanuvchining uyidagi topilgan kurtkasiga mos tushadimi?
– tadqiq qilinayotgan mahsulot yangimi yoki kiyilganmi?
– taqdim etilgan mahsulotni sifati namuna sifatiga to‘g‘ri keladimi? Agar to‘g‘ri kelmasa, ularning farqi nimada?
– tadqiqot uchun taqdim etilgan tovarning ko‘rilayotgan davrdagi bahosi qanday?
– zararlangandan yoki buzilgandan keyingi keltirilgan moddiy zararning hajmi qancha?
– tekshirilayotgan obyektning hozirgi (ya’ni ekspertiza o‘tkazish) vaqtdagi o‘rtacha bozor bahosi qanday?
– tekshirilayotgan obyektning o‘tgan davrning muayyan vaqtiga o‘rtacha bozor bahosi qanday bo‘lgan?
- Markazning Surxondaryo viloyat bo‘limi yuridik va pochta manzili qanday?
Javob: Markazning Surxondaryo viloyat bo‘limi Surxondaryo viloyati Termiz shahri I.Karimov ko‘chasi 40-uyda joylashgan. Mo‘ljal Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati binosining 1-qavati. Pochta manzili: surxondaryo@sudexmail.uz hamda e-xat mazili: surxondaryorsem@exat.uz.