O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi xuzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida o‘tkazilayotgan ekspertizalar orasida, Yong‘in-texnik ekspertizasi laboratoriyasi yong‘in xodisasi yuzasidan keng qamrovdagi masalalarni xal qilib, samarali xizmat qilib kelmoqda.
Sud yong‘in-texnikaviy ekspertizasining oldiga qo‘yilgan birinchi vazifalardan biri, bu yong‘inning o‘chog‘i(markazi)ni, uni tarqalish yo‘nalishini, yong‘inning texnik sabablarini, ya’ni elektr moslama, asbob-uskunalarning nosozliklarini va yong‘inni kelib chiqish sabablarini aniqlash va ushbu yong‘inlarni oldini olish maqsadida profilaktikaviy tavsiyanomalar berishdan iborat.
Yong‘inlarning asosiy kelib chiqishida insonlarning ishtiroki yoki ularning ishtiroksiz yuzaga keladi.
Yong‘in jarayonida odatda alanga bilan tutun yuzaga keladi va ular yong‘inning ilk (dastlabki) boshlangan vaqtning belgilari hisoblanadi.
Tutun yong‘inda, ochiq olovga qaraganda, ayniqsa, yong‘inning dastlabki bosqichlarida ko‘proq kuzatiladi.
Bu jarayondagi ahamiyatga molik moment sifatida, alangali yonishdan oldin hosil bo‘ladigan va kuzatiladigan, uzoq muddatli va yashirin tutash hisoblanadi.
Ochiq alanganing to‘g‘ridan-to‘g‘ri(bevosita) ta’siri bilan birga, uning nurlanishini xam inobatga olish lozim bo‘ladi. Nurlanuvchi issiqlik oqimi, ochiq alanga atrofida yaqin joylashgan yonuvchi moddalarga ta’sir qiladi va agar uning issiqlik quvvati yonuvchi moddalarning o‘z-o‘zidan alangalanishiga yetarli bo‘lsa, yonuvchi moddalarni yonishi yuzaga keladi.
Alanganing harorati 1200-1400 ° S ga etadi, uning energiyasi va ta’sir qilish muddati shunchalik kattaki, alanga har qanday yonuvchan aralashmalarni, yonuvchan suyuqliklarni va qattiq yonuvchan materiallarni yoqishga qodir.
Alanganing nur taralishi katta miqdorda energiya tarqalishi natijasida yong‘inni tarkalishiga katta rol o‘ynaydi.
Ma’lumki, yong‘in sodir bo‘lgan joyning birinchi 10 dakika(o‘rtacha vaqt)da (bu 1-faza) yong‘in sodir bo‘lgan joyining ichki qismida tutun bilan qoplanishi va alanganish ko‘rinmasligi oqibatida ushbu xona ichki qismida harorat 250-300 S ga yetishi, yong‘in joyidagi yonuvchi materiallarni kuchli yonishi oqibatida keyingi 10 daqiqadan( bu 2-faza) so‘ng, eshiklarni yonib ketishi, oynalarni sinishi oqibatida tashqaridan ichki qismiga katta miqdorda xavo(pritok vozduxa)ni kirishi natijasida yong‘inni kuchli yonishi va ushbu yong‘in joyida harorat 900 S gacha ko‘tarilishi va shu ikkinchi 10 daqiqa ichida 0,5 m/s tezligida(dlya pomeщeniya s yestestvennoy ventilyatsie skorost vozdushnogo potoka sostavlyaet 0,5m/s) yong‘inning yuqori xarorati ta’sirida yonuvchi mahsulotlarini yonishiga va yong‘inni tarkalishiga sabab bo‘ladi.
Muayyan sharoitlarda yong‘indan ajralib chiqayotgan issiqlik, yonuvchi materiallarni qizishi va yonib ketishiga olib keladi, bunda yonuvchi materialning qizishi quyidagi uchta usullar (birgalikda yoki alohida-alohida)orqali amalga oshadi:
- Yonuvchi materialni isiqlik manbai bilan bevosita ta’sirlashishidagi issiqlik o‘tkazo‘ish (konduksiya):
- Radiatsiya yordamida – issiqlik manbaidan chiquvchi nurlanishli issiqlik ta’srida:
- konveksiya yordamida – issiqlikni yonuvchi materialga havo yoki harakatda
bo‘lgan boshqa gaz yordamida uzatilishi)da.
Yonishning mohiyati – issiqlik manbai yordamida yonuvchi materialni issiqlik parchalanishi boshlanguncha qizdirilishidan iborat. Yonuvchi material issiqlik ta’sirida parchalanganida, undan uglerod va vodorod bug‘lari ajralib chiqadi hamda havo tarkibidagi kislorod bilan ta’sirlashib, o‘zidan uglerod ikki oksidi, suv va ko‘p miqdordagi issiqlik ajratib chiqaradi. Bundan tashqari, yong‘inda uglerodning to‘liq yonmasligi mahsuloti bo‘lgan – uglerod oksidi (is gazi deb ataluvchi asosiy zaharli modda) va kul (qurum) hosil bo‘ladi, ya’ni chala yongan uglerod hosil bo‘ladi va u yong‘inda binoning devorlari, mebel va boshqa uy jihozlariga qora qurum ko‘rinishida o‘tirib qoladi.
Yong‘inni kuchli yonish jarayonida metallarni 300 S xaroratda deformatsiyalanishi yuzaga keladi. 550-600 S xaroratda 15-20% kuchli deformatsiyalanishga olib keladi va ayrim xollarda konstruksiyani buzilishi yoki o‘pirilib tushish xolati yuzaga keladi.
Deformatsiyalanish xolatlari xaroratni va issiqlik xarorati qaysi zonada yong‘inning yuqori xarorati bo‘lganligini aniqlash mumkin.
Metallarni deformatsiyalanish yo‘nalishi
Metalkonstruksiyalarni deformatsiyalanish xolati ko‘proq issiqliq xarorati bo‘lgan tomonga deformatsiyalanadi. Ushbu xolat nafaqat metallarni shu yo‘sinda oynalar xam kiradi.
Shuningdek, yong‘in sodir bo‘lgan obektdagi metal konstruksiyalarning deformatsiyalanish va metallarning rang o‘zgarishiga qarab yong‘in sodir bo‘lgan joyda xaroratni qay darajada bo‘lganligini aniqlash mumkin.
Tusga kirish okis qalinligi Xarorat S
- Och-sariq 0,04 220-230
- Somon-sariq 0,045 230-240
- To‘q sariq 0,05 240-260
- Qizil-pushti rang 0,065 260-280
- Ko‘k rang 0,07 280-300
Yong‘inlarni kelib chiqishi uch guruxga bo‘linadi.
Birinchi gurux; extiyotsizligi, ochiq alanga bilan ishlashda shuningdek, yong‘in havfsiligi qoidalariga rioya etilmaganligi:
Ikkinchi gurux; tabiat xodisasi, yani o‘z-o‘zidan yonishi, chaqmoq, quyosh nuri tushishi:
Uchinchi gurux; har-hil turdagi (jinoyat izini yashirish, qasos, mol mulkiga zarar yetkazish) maqsadida o‘t qo‘yish
Hozirgi kunda yong‘inlarning statistik hisobtlariga ko‘ra, yong‘inlarning 60% foizi elektr moslama va uskunalaridan kelib chiqishi aniqlandi.
Elektr qurilmalarini ishlatish jarayonida yuzaga keladigan yong‘inlarning tahlili
- elektr jihoz va o‘tkazgich(sim)larida qisqa tutashuvi;
- uzoq vaqt davomida yoqilgan va qarovsiz qoldirilgan elektr qabul qiluvchilarning bevosita yaqinida joylashgan yonuvchi materiallarni yoqish;
- elektr o‘tkazgich(sim)lari va elektr jihozlarini haddan tashqari yuklanishi;
- kontaktli ulanish joylarida yuqori o‘tuvchi qarshiliklar;
- qurilish konstruksiyalari va texnologik asbob-uskunalarda kuchlanish paydo bo‘lishi;
- elektr yoritgich chiroqlarining yorilishi va cho‘g‘lanma filamentining cho‘g‘lanma zarralarining oson yonuvchi materiallarga tushishi va hokazo.
Shu sababli, ekspert kelajakda bunday baxtsiz xodisalarni oldini olish maqsadida, ekspert, yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf qilish va bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslikni, ya’ni “Yong‘in havfsizligi qoida”lariga kat’iy amal kilishini va mutaxassislar tomonidan doimo nazoratdan o‘tkazib turilishini tavsiya qiladi.
X.Sulaymanova nomidagi RSEM YoTEL
Davlat sud eksperti X.B.Yunusov