Transport vositalaridagi texnik shikastlarning yo‘nalishlarini aniqlashdan avval ularning ish xolati bo‘yicha to‘qnashuvgacha bo‘lgan xarakat yo‘nalishlari taxlil qilish lozim. Bundan voqea kuni tuzilgan chizma belgilangan transport vositalarini to‘qnashuvgacha bo‘lgan yo‘nalishlari, voqea kuni tuzilgan chizmadagi ularning hodisaga qadar yo‘nalishlari xarakterlovchi izlari, ya’ni tormoz izlari bo‘lsa ularning yo‘nalishi joylashuvi va haydovchilarning tushuntirish xatlarini o‘rganib chiqib transport vositalarini to‘qnashuvgacha qanday xarakatlangan-liklarini taxlili qilib tasavvur etish lozim. Shundan so‘ng transport vositalarini ko‘zdan ko‘chirishda ularning avvalo birlamchi qaysi qismlari bilan to‘qnashganligini aniqlab olish lozim, chunki transport vositalarini birlamchi to‘qnashgan qismlaridan keyin uning yo‘nalishlarini qaysi tomonga yo‘nalganligini aniqlash mumkin. Shu sababli avvalo sinchiklab transport vosilalarini dastlab to‘qnashgan qismlarini anqilash lozim bo‘ladi. Shundan so‘ng transport vositalarini to‘qnashuv natijasida olgan texnik shikastlarining yo‘nalishlarini taxlil qilish mumkin. Transport vositalaridagi texnik shikastlarning yo‘nalishi uning oldi qismida orqaga va transport vositasini orqasidan oldindan qarab turgan holatda (xaydovchi o‘rnidan hisoblaganda) yo‘nalishlari belgilanadi Masalan, agar pachoqlanishlar transport vositasini oldi qismidan orqa qismi tomon yo‘nalgan bo‘lsa “oldindan orqaga” deb belgilaganida, agar orqa qismidan oldi tomon qarab yo‘nalgan bo‘lsa “orqadan oldinga” deb qayd etiladi. Agarda texnik shikastlanishlar transport vositasining o‘ng yon qismidan chap yon qismi tomon yo‘nalgan bo‘lsa o‘ngdan chapga, chap yon tomonidan o‘ng yon tomoniga yo‘nalgan bo‘lsa, aksincha chapdan o‘ngga qarab yo‘nalgan deb belgilanadi. Transport vositalarini texnik shikastlanishlarini yo‘nalishini aniqlash transport-izshunoslik ekspertizasi juda muxim xisoblanadi, chunki ularning yo‘nalishini qanchalik to‘g‘ri va ketma-ketligi to‘g‘ri aniqlansa transport vositalarini biri-biriga nisbatan qanday xarakatlanganligi, harakatda bo‘lgan bo‘lmaganligi yoki transport vositalaridan biri to‘xtab turganligi, bir yo‘nalishda harakatlangan transport vositalarini qaysi bir transport vositasini xarakat tezligi yuqori bo‘lganligini va x.k aniqlash imkonini beradi. Transport vositalarini to‘qnashuv vaqtidagi bo‘ylama o‘qlari burchak katta 0 darajaga yaqin qiymatga ega bo‘lgan xolatda to‘qnashganida, ya’ni bir yo‘nalishda ketma-ket to‘qnashganida oldindagi transport vositasi to‘xtab turganida xam, oldinga xarakatlanganida xam yoki orqaga xarakatlanganida texnik shikastlarning yo‘nalishlari bir xil bo‘lishi mumkin. Shu sababli ekspert oldiga qo‘yilgan vazifadan kelib chiqib shu xolatda e’tibor berish lozim. Deyarli barcha xolatlarda texnik shikastlarning yo‘nalishiga qarab oldindagi transport vositasi to‘xtab turgan, yoki xarakatda bo‘lgan yoki orqaga xarakatlanganligi haqidagi savolga ekspertiza yo‘li bilan aniqlashning imkoniyati yo‘q degan javob beriladi. Buniga faqatgina transport vositalarini to‘qnashuvdan keyingi holatlari (joylashuvi), to‘qnashuv joyi, voqea joyi chizmasidagi izlarining (tormoz izlari, g‘ildirak izlari va x.k) ishga bog‘lab to‘qnashuv mexanizmini taxlil qilib yoki videotasvirga holat tushgan bo‘lsa ularni taxlil qilib ushbu masofaga oydinlik kiritish mumkin. Agar yuqoridagi aytib o‘tilgan barcha xolatlardan kelib chiqib aniqlashning imkoniyati bo‘lmasada sud-tergov idorasi guvoh va tomonlarning ko‘rsatuvilariga baho berish yo‘li orqali xal etadi. Xuddi shunday masala (yuqorida ta’kidlangan 0 daraja burchakda hal etiladigan masalalar) agar to‘qnashuv burchagi 180 darajaga yaqin qiymatni tashkil etgan xolat uchun yuqoridagi aytib o‘tilgan masalalarga oydinlik kiritish uchun voqea joyidagi izlari birlashmasidan kelib chiqib hal etish mumkin. Transport vositalaridagi texnik shikastlanishlari yo‘nalishlari aytganimizday katta axamiyatga ega. Shu sababli ularning yo‘nalishi qaysi tomonga yo‘nalganligini fotosuratlarga olib ekspertiza xulosasiga ilova qilinadi. Ayniqsa agar ekspert shu izlarga urg‘u berishi, shular asosida unga tayanib xulosa bergan va savollarni xal etsa ularning aloxida fotosuratlarga olib ko‘rsatish lozim bo‘ladi. Fotosuratlar xam aniq yo‘nalishini ko‘rsatib beradigan xolatda suratlarga olinishi lozim. Shundan to‘qnashuvlar borki, agarda transport vositalarini olgan texnik shikastlarining miqdori kam va faqatgina ishqalanish, shilinish, bo‘yoq yuqi yoki bo‘yoq ko‘chish izlari mavjud bo‘lishi mumkin. Bu holatlarda xam transport vositalaridagi texnik shikastlarning yo‘nalishlarini aniqlash imkoni bo‘lmasligi mumkin. Bunday holatlarda ekspert tegishli asoslarni keltirib, ya’ni texnik shikastlarning uning oldiga qo‘yilgan masalani xal etish uchun yetarli emasligi va ular orqali texnik shikastlarning yo‘nalishlarini aniqlash imkoniyatini yo‘qligi haqidagi vajlarni keltirib ekspert oldiga yo‘ilgan masala yuzasidan mustaqil hal etishning imkoni yo‘qligi haqida xulosa qilishi mumkin bo‘ladi.
RSEMning Surxondaryo viloyat bo‘limi mudiri
M.Sh.Kungratov