X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar RO‘YXATI

T/r Sana, oy, yil Normativ-huquqiy hujjat nomi Normativ-huquqiy hujjatning qisqacha mazmuni
1. 2021 yil

5 iyul

PF-6256-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni Farmon bilan O‘zbekistonda sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi hamda konsepsiya bo‘yicha 2021–2023 yillarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Adliya vazirligi huzuridagi
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

Institut sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi.

2021 yil 1 sentabrdan:

– davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq, sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish huquqi berildi;

– iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritishda advokatga sud-ekspertiza tashkilotlarida shartnoma asosida advokat so‘roviga ko‘ra ekspertiza o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishga ruxsat berildi;

– nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarini har 3 yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkazish mexanizmi joriy qilindi.

– 2022 yil 1 martdan aholiga va vakolatli organlarga sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma’lumotlarni yetkazish va axborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan “E-ekspertiza” yagona elektron axborot tizimi ishga tushirildi.

Shuningdek, sohada kadrlarni tayyorlash OTMlarida dual ta’lim prinsipiga muvofiq, kamida 6 oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshirilishi mumkinligi belgilandi.

Farmon bilan shuningdek, 2021–2025 yillarda joriy etiladigan ekspertiza va tadqiqot turlari ro‘yxati (16 ta) tasdiqlandi.

2. 2021 yil

22 noyabr

704-son

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika Sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati tashkil etildi.

Institut sud ekspertiza sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishi va ekspertiza muassasalariga ko‘mak berishi belgilandi.

Shuningdek, Institut tomonidan ochilmagan jinoyatlarni tadqiq etish maqsadida statistik ma’lumotlar yig‘ilishi ko‘rsatib o‘tildi.

Davlat va nodavlat ekspertiza tashkilotlarining uslubiyotlarini ilmiy jihatdan asoslanganligini ko‘rib chiqish va xulosa berish Institut tomonidan amalga oshiriladi.

Institut direktori adliya vaziri tomonidan tayinlanadi va ozod qilinadi.

3. 2021 yil

22 noyabr

706-son

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sud ekspertiza sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori Sud ekspertiza sohasida dual ta’lim bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, dual ta’lim bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash ixtiyoriy asosda sud-ekspertizasining muayan turida faoliyat yuritish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun pullik shartnoma asosida 6 oy davom etadi.

Qayta tayyorlash kurslari yiliga 2 marta oktabr va fevral oylarida bo‘ladi.

Sud-ekspertiza tashkilotlari kurs tashkil etilishi to‘g‘risida 3 oy oldin e’lon beradi va nomzodlarning hujjatlarini qabul qiladi.

Kursga qabul qilish uchun 7 kishidan iborat komissiya tuziladi, kurslarning 40 foizi nazariy, 60 foizi amaliy qismdan iborat bo‘ladi.

Tinglovchilar bilimi joriy, oraliq va yakuniy nazorat bo‘yicha baholanadi.

Kurs bitiruvchilari kelgusida sud eksperti sifatida ishlashi mumkin.

4. 2022 yil

10 yanvar

11-son

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertizasi sohasida ekspertlik ishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori Qarorga muvofiq X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm hududiy bo‘limlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Samarqandda Odam DNKsiga qo‘shimcha ravishda Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari tashkil qilinishi belgilandi.

2023 yil 1 yanvargacha sud ekspertiza xulosalarini xalqaro tan olinishini ta’minlash uchun Sud-fonografiya va Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishi ko‘rsatib o‘tildi.

5. 2022 yil

15 mart

(ro‘yxat raqami 3353)

“Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi bo‘yicha anonim murojaat qilgan shaxslarning shaxsiga doir ma’lumotlarni maxsus belgilar asosida qayd etish orqali tadqiqotlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi bo‘yicha anonim murojaat qilgan shaxslarning shaxsiga doir ma’lumotlarni maxsus belgilar asosida qayd etish orqali tadqiqotlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur Nizomga muvofiq odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi bo‘yicha anonim murojaat qilgan shaxslarning shaxsiga doir ma’lumotlarni maxsus belgilar asosida qayd etish orqali Markaz va uning hududiy bo‘limlari tomonidan tadqiqotlar o‘tkaziladi.

Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasiga oid tadqiqot natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan mutaxassis fikri tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.

Buyurtmachining xohishiga ko‘ra tadqiqot namunalarini Sud ekspertizasi markaziga taqdim etish uchun zarur bo‘lgan maxsus to‘plamlar (nuklein kartalar, zondlar va boshqalar) buyurtmachi tomonidan ko‘rsatilgan pochta manziliga yuborilishi yoki bevosita Sud ekspertizasi markaziga tashrif buyurgan holda olinishi mumkin.

Nizom bilan Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi bo‘yicha anonim tarzda tadqiqot o‘tkazish anketa shakli tasdiqlangan.

6. 2022 yil

3 avgust

O‘RQ 786

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qonuni Qonun bilan, O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi, “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonunlarga hamda “Fuqarolik protsessual” kodeksiga, “Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risida”gi kodeksiga va “Iqtisodiy protsessual” kodekslariga o‘rgartirish
va qo‘shimchalar kiritildi.Mazkur qonun bilan advokatlarga “iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritilayotganda ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida yoki sud muhokamasi jarayonida davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan ekspertiza o‘tkazilishini so‘rash;ekspertiza xulosasi ish materiallariga qo‘shib qo‘yilishini va sud tomonidan ushbu xulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilish huquqi berildi.
7. 2022 yil

13 dekabr

705-son

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sud-ekspertlik faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-xuquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori Qaror bilan, Sud ekspertlarining faoliyatini reyting tizimida baholab borish to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizom quyidagilarni belgilaydi:

– sud ekspertlarini reyting tizimida baholash va baholash mezonlari;

– reyting natijalari bo‘yicha sud ekspertlarini rag‘batlantirish, rag‘batlantirishni kamaytirish yoki bekor qilish yoki intizomiy jazo qo‘llash;

– reyting ko‘rsatkichlari yuqori sud ekspertlarining ishini ommalashtirish.

Shuningdek qaror bilan Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatiga oid nizom ham tasdiqlandi.

Davlat sud-ekspertiza muassasalariga ularning budjetdan tashqari jamg‘armalaridan 50 foizgacha qismini xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirsh uchun sarflashga ruxsat berildi.

8. 2023 yil

21 fevral

73-son

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizom davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi muassasa (tashkilot)lar tomonidan sud ekspertizasi tadqiqotlari o‘tkazilishi tartibi va shartlarini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, quyidagi holatlarda sud ekspertiga ish materiallari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazish taqiqlanadi:

– ish materiallari bo‘yicha manfaatdor tomonlar bilan qarindosh bo‘lganda;

-▫️ish materiallari bo‘yicha manfaatdor tomonlar bilan davlat sud-ekspertiza muassasasi hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining rahbarlari, tarkibiy bo‘linma boshliqlari va ularning yaqin qarindoshlari bo‘lganda, bundan tadqiqotlar o‘tkazuvchi yagona tashkilot bo‘lgan holatlar mustasno;

-▫️ish materiallari bo‘yicha manfaatdor tomonlardan biri nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining mulkdori, muassisi, kuzatuv kengashi, ijro organi a’zosi, kreditori, sug‘urtalovchisi hamda ularning yaqin qarindoshlari bo‘lganda;

-▫️ustav fondi (ustav kapitali)da nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining yoki sud ekspertining ulushi bo‘lgan yuridik shaxsning xulosadan manfaatdorligi bo‘lganda;

-▫️tirik shaxsga nisbatan sud ekspertizasini o‘tkazishda mazkur shaxsga uning tayinlanishidan oldin tibbiy yordam ko‘rsatilganda. Mazkur cheklov sud-tibbiy yoki sud psixiatrik ekspertizalar shaxsni bevosita ko‘rikdan o‘tkazmasdan amalga oshirilgan hollarda ham amal qiladi;

-▫️sud ekspertining xolisligiga va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lganda.

Ekspertizani tayinlashga vakolatli organ (shaxs)ning qarori (ajrimi) asosida tadqiqotlarni o‘tkazish muddatlari sud ekspertizalarining hajmi va murakkabligiga, shuningdek, sud ekspertining ish hajmiga ko‘ra 30 kun doirasida belgilanadi.

 

Skip to content