Annotatsiya: Maqolada Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi ekspertlarining kasb faoliyati davomida ishlatiladigan reagent va kimyoviy moddalarning hayot uchun xavfliyligi yoritilgan.
Kalit soʻzlar: Reagentlar, OITS, sil, gepatit, fenol, Xloroformm, HI-DI Formamid, Izoamil spirti, Dodetsilsulfat natriya(SDS), Ditiotreitol(DDT), OIV.
Kirish. Respublika sud ekspertiza markazining odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasida ishlatiladigan reagentlar inson solamatligi uchun ancha xavfli hisoblanadi. Oʻrganish obʼyektlari respublikaning turli hududlaridagi tergov va sud organlarining qarorlari, ajrimlari bilan taqdim qilingan morkdan olingan ashyoviy dalillardir. Tadqiqot materiallariga odam jasadining turli qismlari(murdaning suyaklari, miya, qon, tirnoqlar, so‘lak, teri qoldiqlari, sochlar va tanadagi o‘zida DNK tutuvchi biologik materiallar), hodisa joyidan olingan turli ashyoviy dalillar(qon va tana ajratmalarining qurib qolgan izlari, voqea joyidagi qon izlari, so‘lak namunasi, ashyoviy dalildagi biologik izlar (qon, so‘lak, ter-yog‘ izlari), qotillik qurollaridagi biologik izlar (qon, ter-yog‘ izlari), soch tolalari ildiz qismi bilan, tishlar, suyak fragmentlari, maniy hujayralari, ajratmalar, amniotik suyuqlik, abort qilingan material, tanadagi turli xil to‘qimalar(mushak, teri), xorion to‘qimasi va o‘zida dnk molekulalarini tutuvchi boshqa biologik materiallar, salfetka, va biologik materiallarni o‘zida saqlagan kiyimlar) hamda o‘zida biologik materiallarni saqlovchi turli kiyimlar hisoblanadi.
Tadqiqot materiallarning 99% qismini qon, safro, ichki organlar, oshqozon, o’t pufagi bilan jigar, buyraklar, miya moddasi, ichaklar tashkil qiladi. Odam DNKsi bo’limiga Respublikaning turli burchaklaridan ko’pincha chirigan holatda chivin lichinkalari, tirik qurtlar bilan kasallangan ashyoviy dalillar keladi. Bundan tashqari, bo’limda barcha eksgumatsiya qilingan jasadlardan biologik ob’yektlar bilan laboratoriya tekshiruvlari o’tkaziladi. Ushbu bo’lim har kuni 10 ga yaqin jasaddan olingan 20 ga yaqin biologik ob’ektlar ustida tadqiqot olib boradi. Ekspertizaga taqdim qilingan biologik namunalarda ayniqsa, OITS, sil, gepatit A, B, C, D, E va boshqa xavfli kasalliklar bilan kasallangan odam va murdalarning biologik obyektlari xavfli hisoblanadi.
Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasida ishlatiladigan reagentlar.
Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazishda ko’p miqdorda kimyoviy reagentlar qo’llaniladi, ular ayniqsa sog’liq uchun xavflidir bular konsentrlangan kislotalar (oltingugurt, nitrat, xlorid).
Qon zaharlari bo’lgan turli xil erituvchilar: fenol, xloroform, toluol, benzol, aseton, dietil efir va boshqalar. Boshqa zaharli moddalar, masalan, metanol, 25% ammiak, muzli sirka kislotasi va boshqalar, ular bilan ishlashda himoya vositalari respirator va boshqa himoya vositalari bilan ishlash kerak. Shu bilan birga, biz o’tgan asrning 70-yillaridagi usul va jihozlardan foydalanamiz.
Odam DNKsi sud-biologik ekspertiza bo’limi xodimlari bizning ishimiz o’ta og’ir, xavfli va zararli mehnat sharoitlari toifasiga kiradi, deb hisoblashadi.
Jasaddan keyin hududni tozalash juda ehtiyotkorlik bilan va juda qisqa vaqt ichida bajarilishi kerak bo’lgan mas’uliyatli ishdir. Agar jasad xonada 5-6 soatdan ko’proq vaqt davomida, hatto issiq mavsumda ham kamroq bo’lsa, bu masalaga alohida e’tibor qaratish lozim. Inson o’limidan so’ng, suyuqlik va gazlar ko’rinishidagi zararli moddalar atrofdagi bo’shliqqa chiqariladi. Tana kech topilgan vaziyatda hasharotlar paydo bo’la boshlaydi, ular tirik odamlar va hayvonlar uchun ham zararli. Jasaddan keyin tozalash odatdagi chuqur tozalashdan farq qiladi. Bu tajribani talab qiladi, shuning uchun u ushbu xizmatga ixtisoslashgan mutaxassislar tomonidan amalga oshirilsa yaxshi bo’ladi.
O’limdan keyin joyni tozalashda quyidagi fikrlar hisobga olinadi:
- Tozalash imkon qadar tezroq amalga oshirilishi kerak.
- Zararli mikroorganizmlar va moddalar tanani o’rab turgan barcha narsalarga, matolarga va sirtlarga tushishi mumkin, shuning uchun hamma narsani tozalash kerak.
- Odamning o’limidan so’ng havoga zararli va yoqimsiz gazlar (o’lik hidi, kadavra zahari) chiqarilganligi sababli, xonadagi havoni majburiy dezinfeksiya qilish kerak.
Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasida ishlovchi xodimlar quyidagi zararli moddalar bilan taʼsirlanishi mumkin. Zararli moddalarni bir necha toifaga boʻlish mumkin.
Birinchi toifa-zaharli moddalar
Fenol-kimyoviy formulas – C6H6O yoki C6H5OH. Fenol tekshiruvida biologik obyektlardan DNK ajratish jarayonida hujayralarni oqsillardan tozalash uchun foydalaniladi. Zaharliligi boʻyicha 2-toifali(yuqori) zaharli moddalar guruhiga kiradi. Katta odam uchun 1-10gr fenolning organizmga tushishi oʻlimga olib keladi. Teri va koʻzga tushganda kimyoviy kuyishga olib keladi. Undan foydalanilayotganda esa uning parlari yurak-qon tomir va nerv tizimi aʼzolariga taʼsir qilib, ularning asta-sekin falajlanishiga baʼzi holatlarda esa nafas olishni toʻxtashiga olib keladi. Bundan tashqari fenol bilan ishlaganda onkologik kasalliklar kelib chiqish ehtimoli oshadi. Katta dozadagi fenol organizmga tushganda uning ayirish tizimi orqali tashqi muhitga chiqishi uchun kamida 24 soat talab etiladi. Ammo, uning zararli taʼsiri uzoq vaqtgacha saqlanib qolinadi.
Xloroform-kimyoviy formulasi CHCl₃. Xloroform ekspertiza tadqiqotlarida biologik obyektlardan DNK ajratish jarayonida hujayralarni oqsillardan tozalash uchun foydalaniladi. Avvallari tibbiyotda narkoz sifatida foydalanilgan. Uning havodagi konsentratsiya miqdori 0.09% boʻlganda, qisqa vaqt ichida bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi va kuchli charchoqqa olib keladi. Uning 1.3% esa yurak va nafas olish tizimini toʻxtashi natijasida oʻlimga olib keladi. Xloroformdan doimiy foydalanish natijasida uning taʼsiri jigar va buyrak kasalliklariga olib keladi. Bundan tashqari uning xromasomalarga taʼsiri natijasida irsiy kasallaiklar bilan tugʻiluvchi farzandlar tugʻilishiga sabab boʻlishi mumkin. Bu modda ham kanserogen(onkologik kasalliklarni keltirib chiqaruvchi) moddalardan biri hisoblanadi.
Izoamil spirti(3-metil-1-butanol)-kimyoviy formulasi C5H11OH. Izoamil spirti ekspertiza tadqiqotlarida biologik obyektlardan DNK ajratish jarayonida hujayralarni oqsillardan tozalash uchun foydalaniladi. Narkotik hususiyatga ega boʻlgan moddalardan biri. Etanoldan 10 karra koʻp zararli. Uning parlari bosh aylanishi, koʻngil aylanishi, nafas boʻgʻilishi, gallyutsinatsiya, koʻzlarning achishishi, vestibulyar apparat va eshitish organlarining buzilishi, kuchli bosh ogʻrigʻi va hattoki koma holatiga olib keladi. Uning oz miqdordagi doimiy taʼsiri natijasida terining yorilishi, nafas olish va ovqat hazm qilish organlarining nekroz(chirish)iga olib keladi. Uning 10-15gr miqdori organizmga tushishi oʻlimga olib keladi.
HI-DI Formamid-kimyoviy formulasi CH3NO yoki HCONH2. HI-DI Formamid ekspertiza tadqiqotlarida PZR fragmentlarini elektroforez jarayonida muhit yaratuvchi sifatida foydalaniladi. Uning havfli tomoni shundaki xona harorati 20ºC boʻlganda parlanishni boshlaydi va teri va koʻzlarning zararlanishiga olib keladi. Bundan tashqari organizmda toʻplanish xususiyatga ega boʻlganligi sababli, xattoki kam miqdori ham uzoq muddatlarda jiddiy kasallalliklarni keltirib chiqaradi. Uning bilan uzoq muddat ishlash natijasida reproduktiv organlarning ishlashiga zarar yetkazadi. Homilador ayollarda embrion rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazishi hisobiga nogiron farzandlarni tugʻilishiga olib kelishi mumkin.
Ditiotreitol(DDT)- kimyoviy formulasi C₄H₁₀O₂S₂. Ekspertiza tadqiqotlarida biologik obyektlarning hujayra qobigʻini parchalash uchun foydalaniladi. Teri va koʻzga tushganda kuchli ogʻriqqa sabab boʻladi. Parlari nafas olish organlarining allergiyasiga sabab boʻladi. Organizmga tushsa, buyrak yetishmovchiligi, yurak aritmiyasi, bosh oqrigʻi, tutqanoq, nafas boʻgʻilishiga olib keladi. Organizmda toʻplanish xususiyatiga ega.
EDTA(Etilendiamintetrasirka kislotasi)-kimyoviy formulasi C10H16N2O8. Ekspertiza tadqiqotlarida biologik obyektlardan DNK ajratish jarayonida hujayralarni parchalash uchun bufer eritmasini tayyorlash uchun foydalaniladi. Kam zarar yetkazuvchi kimyoviy moddalar turkumiga kiradi. Teri va koʻzga tushganda allergik reaksiyalar keltirib chiqaradi. Organizmga tushsa hujayralarning boʻlinishi jarayoniga zarar yetkazadi.
Xlorid kislotasi(xlor kislotasi)-kimyoviy formulasi HCl. Ekspertiza tadqiqotlarida biologik obyektlardan DNK ajratish jarayonida hujayralarni parchalashda bufer eritmasini tayyorolash uchun foydalaniladi. Eng kuchli kislotalardan biri. Teriga tushganda kuchli kimyoviy kuydirish hosil qiladi. Koʻzga tushsa koʻrlikka olib keladi. Uchinchi darajali xavfli moddalar sinfiga mansub. Havo bilan kontakt natijasida xavfli boʻlgan parlarni hosil qiladi. Bu parlar nafas olish va ovqat hazm qilish tizimiga katta zarar keltiradi.
Dodetsilsulfat natriya(SDS)-kimyoviy formulasi C₁₂H₂₅NaO₄S. Ekspertiza tadqiqotlarida biologik obyektlardan DNK ajratish jarayonida hujayralarni parchalashda bufer eritmasini tayyorolash uchun foydalaniladi. Teriga tushganda kimyoviy kuyish, qizarish hosil qiladi. Koʻzga tushsa koʻrish qobiliyatini pasayishi yoki koʻrlikka olib keladi. Ovqat hazm qilish(koʻngil aynishi) va nafas olish tizimi(nafas boʻgʻilishi)ga zarar keltiradi.
Ikkinchi toifa biologik moddalar guruhi:
Turli xil chirigan holatdagi murdalar qismlaridan zaharli boʻlgan “murda zahari” yoki ilmiy tilda aytganda ptomainlar. Ular 4 moddadan tashkil topgan-neyrin, spermin, putressin, kadaverin. Ular oʻlgan odam organizmidagi mikroblarning faoliyati natijasida paydo boʻladi. Murda bilan kontakt vaqtida organizmga tushishi natijasida immunitetni pasayishi, nekroz va qonning zaharlanishiga olib kelishi mumkin. Ularning havfli tomoni shundaki, murdaga tegmagan boʻlinsa ham havoga parlar koʻrinishida ajralishi sababli, yopiq xonalarda katta miqdorda tez toʻplana oladi. Konsentratsiyasi 2g/kg boʻlganda oʻlimga olib kelishi mumkin, yaʼni organizmga 100-200gr tushishi letal oqibatga olib keladi. Bundan tashqari oʻlgan odamning tanasidagi turli parazit gelmintlar(askarida, qoramol tasmasimon chuvalchangi) koʻzga koʻrinmas tuxumlari orqali ekspertga yuqishi mumkin. Qon orqali esa gepatit A, B, C, D, E tuberkulyoz(mikobakter), OIV va boshqa havfli kasalliklar zararlangan teri orqali yuqishi mumkin.
Uchinchi toifa fizik moddalar guruhi:
Bu toifaga xonalarni va asbob uskunalarni zararsizlantirishda va koʻzga koʻrinmas biologik dogʻlarni aniqlashda foydalaniluvchi ultrabinafsha nurlari kiradi. Bu nurlarning doimiy taʼsiri natijasida odam koʻzi va terisining kuyishi hamda uzoq muddatda onkologik kasallaliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
- Ivanov A. A., Petrov V. V.”Суд генетикаси ва криминология”. Moskva, 2018-yil.
- Smirnova E. N., Lebedeva L. G. “Sud ekspertizasida genetik usullarni qoʻllash”. Toshkent, 2015-yil.
- Odam DNKsi sud biologik ekspertizasida qo‘llaniladigan metodik qo‘llanmalar.
Xorazm viloyat bo‘limi Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasi eksperti
Qalandarov Og‘abek Gennadiy o‘g‘li