Daktiloskopiya va raqamli texnologiyalar

Raqamli texnologiyalarning kun sayin takomillashib, qamrovi kengaygayib borayotgani odamlar turmush tarziga misli ko‘rilmagan qulayliklarni olib kelayotgani hech birimizga sir emas. Shu jumladan huquni ximoya qilish va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etish jamiyat osoishtaligi va qonun ustuvorligiga ijobiy hissa qo‘shadi. Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida daktiloskopik tadqiqotlarning o‘rni beqiyos xisoblanadi, chunki zamonaviy texnologiyalar va jamiyatning shiddat bilan rivojlanishiga qaramasdan, jinoyat joyida rad etib bo‘lmaydigan va beixtiyor jinoyatchi izi sifatida qoladigan hamda jinoyatning ochilishida katta xissa qo‘shaoladigan dalil bu barmoq izlaridir. Shu sababdan bugungi kunda ham jinoyatlarni fosh etish uchun dalillarni aniqlash, to‘plash, tahlil qilish va qaror qabul qilish uchun o‘tkaziladigan tadqiqot turlari orasida daktiloskopiya o‘zining dolzarbligini yo‘qotmadi.

Daktiloskopiya o‘zi nima?

Daktiloskopiya – bu shaxsni barmoq izlari orqali aniqlash, jinoyatga yoxud hodisaga aloqadorligini isbotlash uchun o‘tkaziladigan kriminalistikaning usullaridan biridir. Daktiloskopiya maqsadiga ko‘ra 2 turga ajratish mumkin:

birinchisi: huquqni muxofaza qiluvchi organlar tomonidan fuqarolarni yoki fuqaroligi bo‘magan shaxslarni qonuniy asosda ro‘yxatga olish yuzasidan olinadigan Daktiloskopik jarayonlar xisoblanadi;

ikkinchisi: kriminalistik protsesslar uchun qidiruv va shaxsni idintifikatsiyalash uchun bo‘lsa.

Har ikkala turda ham inson qo‘llari (barmoqlari)ning ichki qismidagi noyob tartibdagi chiziqlar yoki naqshlari tadqiq obyekti xisoblanadi. Ushbu maqolada qidiruv va shaxsni idintifikatsiya qilish yuzasidan o‘tkaziladigan Daktiloskopik tadqiqotlarga bag‘ishlanadi.

Daktiloskopik tadqiqotlar

Daktiloskopik identifikatsiya – kriminalistik tadqiqot xisoblanib, hodisa joyida mavjud barmoq izlarini aniqlash hamda ulardan namuna olish va izlaridan idintifikatsiya uchun foydalanishdir. Daktiloskopistik identifikatsiya barmoq yoki kaftning izi aniq shaxs tomonidan qoldirilganligini aniqlash va isbotlash imkonini beradi.

Daktiloskopistik ro‘yxatga olish – qoida tariqasida, qonun bilan ziddiyatlari mavjud shaxslarning barmoq izlarini o‘z ichiga olgan barmoq izlarini (daktilokarta) hisobga olishni tashkil etish tizimi. Bu pasport ma’lumotlarini yashirayotgan yoki jinoiy javobgarlikka tortish faktini yoki noma’lum jasadni shaxsini aniqlash imkoniyatini ta‘minladi.

Shuni aytish joizki qotillik, talonchilik, bosqinchilik, o‘g‘irlik, o‘qotar qurol aniqlanganda, yo‘l-transport hodisalari, taqiqlangan mahsulotlar ishlab chiqarish kabi jinoyatlarni tergov qilishda barmoq izlari tekshiruvining daliliy ahamiyatini ortiqcha baholash qiyin.

Albatta bu barmoq izlarining individualligi va o‘zgarmasligi bilan bog‘liqdir. Ya’ni har qanday shaxsning barmoq izlari o‘ziga xos bo‘lib, hech kimda takrorlanmaydi.

Insonqo‘lizlarijinoiyishlarningdeyarlibarchatoifalarida hodisa joyidan olinadigan engkeng tarqalgan izlar namunasidandir.Diagnostikavaidentifikatsiyamuammolarinihal qilish uchunushbuizlardanfoydalanishmuhimdalillarga asoslangan vayo‘naltirilganma’lumotlarniolishimkonini beradi. Barmoq izlariniqo‘llashningmuvaffaqiyativasamaradorliginibelgilaydigan eng muhimomillardanbiri bu uningaxborotta’minotidarajasi.

Jinoyatchilikka qarshi kurash amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, uning samaradorligi unda ishlatiladigan vositalar va usullarga bevosita bog‘liqdir. Bu borada hozirgi kunda barmoq izlari nafaqat kriminologiyada, balki shaxsiy qurilmalarida ma’umotlar maxfiyligini ximoyalashda ham keng qo‘llaniladi.

Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishning ushbu turi parol, grafik shakllar yordamida ma’lumotlarni himoya qilishdan ko‘ra ancha qulay va ishonchli xisoblanadi. Ushbu usulning ishonchliligiga asosiy sabab, barmoqlardagi papillyar relyeflarni yo‘q qilish yoki shakliga ziyon yetkazish mumkin ammo soxtalashtirishning imkoni yo‘q.

Bundan tashqari, barmoq izlarini o‘rganishda yangi yo‘nalishlar va yangi imkoniyatlarning paydo bo‘lishi kriminalistik texnikaning tuzilishini, uning individual elementlarini to‘ldirib, o‘zaro bog‘liqligini tubdan o‘zgartiradi. Albatta ushbu o‘zgarishlar to‘plangan ma’lumotlarni tizimli tahlil qilishni talab qiladi. Sud ekspertizada barmoq izlarini o‘rganishning asosiy maqsadi qo‘l izlari hamda uning jinoyatlarni ochish va tergov qilishdagi roli to‘g‘risida yaxlit tasavvurni shakllantirishdir.

Xo‘sh hodisa sodir bo‘lgan joydan barmoq izlari namunalarini olish hamda tekshiruv uchun jo‘natishning o‘ziga xosligi nimada?

Jinoyat sodir etilganidan keyin barmoq izlari qanchaliktezolinsa, barmoqizlari bo‘yicha daktiloskopiksudekspertizasishunchalikaniqbo‘ladi.Izlarobyektlardabirnechasoat yoki ko‘poylardavomidaqolishimumkin,ammoharsoatvakun bilan ularning aniqlik darajasi pasayadi.

Murakkabligi bo‘yicha raqamli texnologiyalar ekspertizasi kabi, barmoq izlarini tekshirish ham murakkab jarayon xisoblanadi. Hodisa joyidan ish uchun kerakli izlarni aniqlash juda murakkab jarayon xisoblanadi, bunda dalil yoki izlarning holati, joylashgan yuza turi, uning harorati va yorug‘lik bilan bog‘liq o‘ziga xos murakkabliklar mavjud. Shu sababli, qidiruv jarayonida maxsus optik usullardan foydalaniladi, hamda yuzalarga turli mexanik va kimyoviy usullar bilan ishlov beriladi.

Hodisa sodir bo‘lgan joylarda soatlar davomida barmoq izlarini izlash, ularni olish, qadoqlash, ekspertlik tekshiruvlari uchun namuna olish, so‘ng tahli qilish va ushbu tahlil jarayonlarini osonlashtirish maqsadida zamonaviy raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan keng foydalanish amaliyotda ijodiy natijalarni bermoqda.

Bunda misol uchun mahsus skanerlar yordamida hodisa sodir bo‘lgan joylarda barmoq izlarini qisqa muddatlar ichida aniqlash, ularning fotosur’atlarini olish hamda hodisa joyining o‘zida ma’lumotlar bazasida mavjud namunalar bilan solishtirishni amalga ishirish mumkin.

Traditsion usulga muvofiq, hodisa sodir etilgan joylardan yoki tirik shaxslardan olingan namunalar, barmoq izlari bo‘yicha maxsus qog‘oz daktilokartalar tayyorlangan. Bunday qo‘g‘ozlarda tayyorlangan minglab daktilokartalar bilan ekspertlik tadqiqotini o‘tkazish qidiruv jarayonining sezilarli darajada qiyinlashtiradi va natijaga erishish muddatini uzayishiga olib keladi.

Bu kabi muammolarni hal qilishda raqamli texnologiyalar, raqamli ma’lumotlar bazalaridan keng foydalanish, monodaktiloskopik kartotekalarni joriy qilish orqali yechim toppish mumkin. Bunda har bir barmoq izi alohida fayl – obyekti hisoblanadi. Ammo bunday fayl kartotekani yaratish kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda va har bir barmoqning papiller naqshlarini juda yuqori aniqlikdagi ma’lumot bilan tavsiflash sharti bilan amalga oshirilishi lozim. Chunki kerakli naqsh yuz millionlab obyektlar massivlarida yuqori darajadagi ishonchlilik bilan topilishi kerak. Tizim, shuningdek, nafaqat to‘liq papiller naqshini, balki uning bir qismini ham izlashni ta’minlashi kerak (jinoyat sodir bo‘lgan joylardan olingan barmoq izlari yoki chirish jarayoni boshlangan jasadlarni aniqlashda). Ushbu tizim mavjud muammolarni hal etishda ijobiy natijalarni ko‘rsatishi va hodisa joyidan sifatli hamda takroriy namuna olish imkoniyatini yaratishi asosiy maqsad qilib belgilangan.

 

Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi
Respublika sud ekspertiza Markazi
Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti
bo‘lim boshlig‘i N.Saitova

Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi
Respublika sud ekspertiza Markazi
Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti
bosh ilmiy xodimi D.Ataniyazov.

 

Skip to content