Kriminalistik texnikaning rivojlanishi, sud va tergov idoralari zamonaviy, maxsus texnik vositalar bilan jihozlanishi shubhali hujjatlarni bevosita tergovchi, sudyaning o‘zi tekshirish imkoniyatlarini sezilarli oshirdi.Jumladan, mikroskop, tergovchining portfelida mavjud moslamalar (ultrabinafsha nurli lampa, lupa va boshqalar) yordamida hujjat qalbakilashtirilganligi haqida dalolat beruvchi belgilar aniqlanishi mumkin. Ammo JPKning 172-moddasiga binoan hamda tadqiqot to‘liq va xolisona bo‘lishi uchun shubhali hujjatlar yuzasidan hujjatlarni sud-texnik ekspertiza tayinlanishi shart.
Ekspertizaning bu turi keng doiradagi masalalarni hal qilib, ulardan eng ko‘p uchraydiganlari quyidagilar:
-tekshiriluvchi hujjat qanday usulda tayyorlangan;
-tekshiriluvchi hujjat matniga o‘zgartirilish kiritilganmi;
-hujjat haqiqiy bo‘lmasa qanday usulda qalbakilshtirilgan;
-hujjatning avvalgi dastlabki matni qanday bo‘lgan, qanday ma’lumotni tashkil qilgan;
– hujjatdagi muhr(shtamp)ning aksi qanday usulda (qo‘lbola yoki tipografik usul bilan) tayyorlangan muhr bilan bosilgan;
-hujjatdagi muhr(shtamp) aksi namunalari taqqoslash uchun taqdim etilgan muhr(shtamp) bilan bosilganmi;
-hujjatning yozilgan, rasmiylashtirilgan vaqti;
-ayrim yozuvlar(asosiy matn va rezolyutsiya, taqqoslovchi imzo buyruq va boshqalar) oldinma ketinligi bo‘yicha qaysi birlari oldin, qaysilari keyin yozilgan(bajarilgan);
-turli sharoit – sabablar ta’sirida yozuvlari o‘chib, o’qib bo‘lmaydigan darajaga kelgan hujjatlarning matnlarini tiklash;
-hujjatning matni qaysi turdagi yozuv mashinasida bosilgan, namunalari taqdim etilgan yozuv mashinasida bosilganmi;
-hujjatning materiali sifatini, guruh mansubligini aniqlash va boshqa masalalar;
Ekspertiza materialini tayyorlash va ekspertiza imkoniyatlari chegarasida tekshiruv masalalarini to‘g‘ri rasmiylshtirish maqsadida tergovchi(sud) tegishli mutaxassisni taklif etib, uning maslahati va yordamidan ekspert tekshiruviga savollarni to‘g‘ri tuzish, solishtirib taqqoslashtirish uchun zarur bo‘lgan namuna obektlarini tayyorlash va olishda foydalanishi mumkin.
Ashyoviy dalil bo‘lgan tekshiriluvchi hujjatlarni ekspertizaga yuborish uchun ularni kriminalistik texnikaning tegishli taktik uslublari asosida olish, joylashtirish va rasmiylashtirish lozimdir.Jumladan, hujjatga hech qanday qo‘shimcha yozuvlar kiritish, uni buklash, boshqa qog‘ozlarga yopishtirib qo‘yish qat’iyan mumkin emas.Ekspertiza tayinlash haqidagi qaror(ajrim)da ashyoviy dalil bo‘lgan hujjatlarning har birini alohida o‘ziga xos xususiyati bilan qayd etib, ko‘zdan kechirish natijalari, qaysi qismida qalbakilashtirish alomatlari borligi, umuman hujjat haqiqiymi yoki soxta, imzolar, muhr(shtamp) akslari yoki qanday boshqa rekvizitlari shubhali ekanligi haqida ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim.Qo‘shimcha yozuvlar kiritish, avvalgi matnlarni o‘zgartirib o‘chirib, o‘rniga boshqa yozuvlar bajarish yo‘li bilan soxtalashtirilgan hujjatlarni texnik kriminalistik ekspertizaga yuborishda bir vaqtning o‘zida xatshunoslik ekspertizani tayinlab, hujjatdagi yozuvlarni qalbakilashtirishda shubhalangan shaxslarning dasxat namunalarini yuborish maqsadga muvofiqdir.Dasxat namunalari harfli, raqamli, imzo shaklidagi yozuvlar bo‘lmog‘i lozim, ya’ni tekshiriluvchi xat turiga nisbatan mos va undagi so‘z tarkiblari, son raqamlariga mos bo‘lmog‘i lozim.
Kriminalistik tadqiqot o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan namunalar erkin va tajribaviy bo‘lishi mumkin.erkin namunalar – jinoiy ish qo‘zg‘atilishidan avval mavjud obektlardir.Masalan, mavjud turli xil hujjatlardagi muhr izlari bo‘lishi mumkin.Tajribaviy namunalar esa ekspertiza tayinlagan organ tomonidan uning maxsus qarori asosida olinadi va xolislar ishtirokida rasmiylashtiriladi.
Texnik vosita yordamida bosilgan matnli hujjatlarni tekshirish uchun esa shubhalangan yozuv mashinasida, kompyuterning yozuv moslamasida(printerda) va boshqa vositalarda bajarilgan namunalar yuborilishi lozim.
Muhr(shtamp) aksini tekshirishda rasman ushbu muhr(shtamp) tegishli bo‘lgan idora, korxona, vazirlik, muassasaning muhri(shtamp) aksi namunalaridan foydalaniladi.Shu bilan birga qalbaki muhrning aksi tushirilgan hujjatlarni solishtirib tekshirish uchun unga o‘xshash umum guruh mansubligi bo‘lgan asl -haqiqiy muhrli hujjatlarni ham namuna sifatida yuborish kerak.
Muhr, shtamp akslarining namunalarini har birini alohida bir necha oq qog’ozga tushirib, tegishli mansabdor shaxslar nomidan tasdiqlab olish zarur.
Hujjatning materialini tekshirish, ayrim bo‘laklar bitta hujjatni tashkil qilishini aniqlash uchun yuboriladigan obektlar ashyoviy dalil ekanligini tasdiqlash maqsadida hujjatning har bir bo‘lagi individual xususiyatlari alohida nomlanadi.
Texnik usulda qalbakilashtirilgan imzoni tekshirishda tahlil qilingan haqiqiy imzoni aniqlab, ekspertizaga yuborish, ekspertiza tekshiruvini bir muncha osonlashtiradi va xulosani to‘g‘ri bo‘lishiga yordam beradi.
Ekspertizaga yuboriladigan namunalarni to‘g‘riligiga shubha tug‘dirmaslik uchun surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudya tomonidan tasdiqlanishi zarur.
XKE eksperti Boymuratov Sh.