O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI X. ULAYMONOVA NOMIDAGI RESPUBLIKA SUD EKSPERTIZASI MARKAZI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud ekspertiza faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 17 yanvardagi PQ-4125-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazini 2019-2020 yillarda maxsus mebel, sud ekspertizalari va kriminalistik tadqiqotlarni o‘tkazish uchun zarur zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilab qo‘yilsinki, ushbu chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari va Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

  1. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2012 yil 14 noyabrdagi 321-sonqaroriga2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
  3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasining adliya vaziri R.Q. Davletov zimmalariga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2019 yil 20 aprel,

338-son

 

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 apreldagi 338-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazini 2019-2020 yillarda maxsus mebel, sud ekspertizalari va kriminalistik tadqiqotlarni o‘tkazish uchun zarur zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha

ChORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Laboratoriya yoki bo‘limning nomlanishi Xarid qilinadigan jihozlar turi Xarid qilinadigan jihozlar soni Talab etiladigan mablag‘ miqdori

(ming AQSh dollarida)

Shu jumladan Ijro muddati Ijro uchun mas’ullar
Vazirlar mahkamasi zaxira jamg‘armasi mablag‘lari RSEMning budjetdan tashqari mablag‘lari

2019 yilda

1.

Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi 26 160 1 025 875 150 2019 yil aprel — dekabr

Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

RSEM

2.

Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi

19 22 1 360 1 360 2019 yil aprel — dekabr Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

RSEM

3. Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi va Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi maxsus mebellar bilan jihozlash 47 443 289 289 2019 yil aprel — dekabr

Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

RSEM

Jami 2019 yilda

92 625 2 674 2 524 150

2020 yilda

4.

Sud-ballistika va trasologik ekspertizasi laboratoriyasi 5 7 245 245 2020 yil aprel — avgust Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

RSEM

5.

Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi 2 2 273 273 2020 yil aprel — avgust

Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

RSEM

6.

Sud-fonografiya ekspertizasi laboratoriyasi 1 2 22 22 2020 yil aprel — avgust Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

RSEM

7.

Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi 4 7 82 82 2020 yil aprel — avgust

Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

RSEM

8. Sud-qurilish texnik ekspertizasi laboratoriyasi 1 2 30 30 2020 yil aprel — avgust

Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

RSEM

Jami 2020 yilda

14 20

652

652

Jamitalab etiladigan mablag‘ 106 645 3 326 3 176 150

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 apreldagi 338-son qaroriga
2-ILOVA

Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2012 yil 14 noyabrdagi 321-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

 1-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) xodimlarining cheklangan umumiy soni 177 nafar (xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarni hisobga olmagan holda), ulardan boshqaruv xodimlari 49 nafar bo‘lgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin»;
2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining
TUZILMASI

Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) — 177 shtat birligi, ulardan boshqaruv xodimlari — 49 shtat birligi.

Izoh: Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni normativlar bo‘yicha belgilanadi. Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassis va olimlar shartnoma asosida qo‘shimcha ravishda jalb qilinishi mumkin».

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019 y., 09/19/338/3003-son)

Skip to content