Davlatimizda avtomobillar soni kundan kunga jadal suratda oshib borayotganligi sababli, avtomobil yo‘llarida harakat intensivligi tobora oshib borishi hamda buning oqibatida har hil turdagi yo’l transport hodisalari soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda tergovchi, surishtiruvchilar va sudyalar tomonidan huquqbuzarni aniqlashda, adolatli hukm chiqarilishida sudga oid avtotexnika, transport izshunoslik va avtomobillarning texnik holatini aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan tadqiqotlar katta ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda sud avtotexnika ekspertizasining quyidagi turlari mavjud:
-Yo‘l-transport hodisalarini matematik uslublar bilan tadqiqot qilish.
-Sud transport-izshunoslik.
-Transport vositalarining texnik holati tadqiq qilish.
-Sud transport baholash.
-Sud avtomobillar yo‘llari ekspertizasi kabi turlarga bo‘linadi.
Har bir tur ekspertizalar o‘ziga xos predmeti, ob’yektlari, tadqiqot usullari va ekspertizaga taqdim qilinishi zarur bo‘lgan materiallar to‘plami bilan ajralib turadi.
Sud-avtotexnika ekspertizasining:Yo‘l-transport hodisalarini matematik hisoblar bilan tadqiqot qilish ekspertizasida yo’nalishida;
Yo‘l-transport hodisalarini matematik hisoblar bilan tadqiqot qilish ekspertizasini belgilashda maxsus bilimlardan samarali foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun sud-avtotexnika ekspertizalari ish holatlarini belgilash va odil sudlovni amalga oshirishda muhim dalil vositasi hisoblanadi.
Yo‘l-transport hodisalari asosan quyidagi turlarga bo‘linadi:
– Piyodalarni urib ketish;
– Transport vositalarini to‘qnashuvi;
– Transport vositalarini ag‘darilishi;
– Qo‘zg‘almas to‘siqlarni urib ketish;
– Nomexanik transport vositalarini urib ketish;
– Transport vositalaridan yo‘lovchilarning yiqilishi.
Yo‘l-transport hodisalarini matematik hisoblar bilan tadqiqot qilish ekspertizasi vazifalariga quyidagilar kiradi:
– transport vositasining harakat tezligini aniqlash;
-transport vositasini to‘xtatish va to‘xtash masofalarini aniqlash;
-yo‘l-transport hodisasining turli vaqtlarda transport vositalarining o‘zaro yaqinlashib kelish holatlarini aniqlash;
-Transport vositasining ma’lum masofani bosib o‘tish uchun sarflaydigan vaqtini aniqlash;
-ekspertning maxsus bilimlari yordamida hodisaning oldini olish uchun xavf tug‘ilgan vaqtini aniqlash;
-haydovchining yo‘l-transport hodisasining bartaraf etish uchun oxirgi imkoniyati qolgan vaqtda transport vositasi bilan hodisaning ikkinchi ishtirokchisining o‘zaro holatlarini qanday bo‘lganligini aniqlash.
Transport vositalarining texnik holati tadqiq qilish ekspertizasi.
Transport vositalarining texnik holati tadqiq qilish ekspertizasi orqali quyidagi savollar hal etiladi.
Transport vositasini harakat xavfsizligiga ta’sir etuvchi qismlarini texnik holatini tekshirishi, ya’ni rul boshqarmasi, tormoz tizimi, yoritish jihozlari va yurish qismining soz yoki nosozligini
Aniqlangan nosozliklarni vaqtini va kelib chiqish sabablarini aniqlash, ya’ni YTHga qadar, YTH vaqtida yoki YTHdan keyin vujudga kelganligini
Aniqlagan nosozlik YTHga qadar vujudga kelgan bo‘lsa, uning haydovchi tomonidan oldindan aniqlash imkoniyatni bor yoki yo‘qligini
Transport vositasida aniqlangan nosozlik kelib chiqqan YTH bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aniqlash.
Sud transport-izshunoslik ekspertizasi
-Transport vositalaridagi jarohatlarning hosil bo‘lish mexanizmini aniqlash;
-to‘qnashuv vaqtida transport vositalari bir-biriga nisbatan qanday holatda bo‘lganini aniqlash;
-to‘qnashuv vaqtida transport vositalariniig bo‘ylama o‘qlari o‘zaro (bir-biriga nisbatan) qanday burchak ostida bo‘lganini aniqlash;
-transport vositalari dastlab va keyinchalik qaysi qismlari bilan to‘qnashganligini belgilash (birlamchi to‘qnashuv, ikkilamchi to‘qnashuv);
-voqea joyidagi izlarga ko‘ra hodisa qanday tarzda boshlanganligi aniqlash;– to‘qnashuv joyi yo‘l qatnov qismining qaerida bo‘lganini aniqlash;
-to‘qnashuv yo‘l qatnov qismining qaysi tomonida sodir bo‘lganini aniqlash;
-to‘qnashuv vaqtida transport vositalari yo‘l o‘qiga nisbatan qanday burchak ostida bo‘lganini aniqlash;
-to‘qnashuv vaqtida transport vositalari harakatda bo‘lgani yoki ularning bittasi to‘xtab turganini bo‘lganini aniqlash.
Transport-izshunoslik ekspertizasiga tekshiriladigan transport vositasi yo‘l transport xodisasidan keyingi holati o‘zgarmasdan taqdim etilishi shart. Muayyan yo‘l-transport hodisasi takrorlanmas voqeadir, shu sababli transport vositasidagi shikastlar o‘zgartirilgan yoki ta’mirlangan bo‘lsa ushbu ekspertizaning bir qator masalalarini yechish imkoni bo‘lmaydi.
Hozirda Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasining Qoraqalpag’iston Respublikasi bo‘limida 2021-yil 5-iyuldagi “Sud ekspertlik faoliyatini takomillashtirish chora tadbirlari” to‘g‘risidagi 6256-sonli Prezident farmonga asosan, fuqarolarimizga yanada qulaylik yaratish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq, yo‘l-transport hodisalarini matematik uslublar bilan tadqiqot qilish, sud transport-izshunoslik, transport vositalarining texnik holatini tadqiq qilish, sud transport baholash, tadqiqot turlari bo‘yicha mutaxassis fikrlari ham berib kelinmoqda.
RSEMning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi
sud avtotexnika eksperti H.G‘.Sultonov