Tovarshunoslik bilimlarni qo‘llash sohasida sud-tergov organlarning o‘sib borayotgan talablari tufayli, oziq-ovqatlarni kompleks ravishda tadqiq qilish va ularni baholashga yondashish bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza Markazida o‘tkazilayotgan sud-tovarshunoslik ekspertizalarning ekspertlik amaliyotiga joriy etish zaruriyati vujudga keldi. Tovarshunoslikda bayon etilgan nazariy va metodik asoslar, ob’ektning iste’mollik (tovar) hususiyatlarini va fazilatlarini aniqlash maqsadida uni holatini o‘rganishni, shuningdek tovar ob’ektlari saqlangan, ularning hususiyatlari atrof muhit bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi tufayli o‘zgarishiga olib kelgan aniq sharoitlarni tadqiq qilishni nazarda tutadilar. Tovarshunoslik ekspertizasi masalasini yechishning asosiy sharti bu – ob’ektning maqsadiga muvofiq ma’lum ehtiyojni qondirish uchun yaroqliligini shart qiladigan hususiyat va fazilatlarning majmuini tadqiq qilishdir. Mahsulotni identifikatsiyalash, mahsulot tavsiflarini uning asosiy belgilariga (assortiment, sifat, miqdor, va boshqalar) mosligini hamda ularni tovarning ob’ektiv iste’mol qiymatiga bo‘lgan ta’sirini aniqlash – ekspertizaning eng muhim boskichidir. Identifikatsiyalash, aniq bir mahsulotga yoki uning markirovkada, hamroh hujjatida, yetkazib berish shartnomalarda, standartlarda va boshqalarda ko‘rsatilgan tasnifiga mosligini tasdiqlash uchun yetarli bo‘lgan belgilar, ko‘rsatkichlar va talablar bo‘yicha o‘tkaziladi. Xozirgi kunda, oziq-ovqat tovarlarni baholashda uchta yondashuv mavjud. Xususan, qiyosiy yondashuvi, xarajat yondashuvi va daromad yondashuvlari.
Shuningdek, baholash jarayoni o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- Baholanayotgan ob’ektlarni va texnik holatni umumiy ko‘rikdan o‘tkazish va ta’riflash, hususiyatlarini aniqlash, shu bilan birga ekspertizani tayinlagan shaxs, qonunchilikka asosan, tadqiqot ob’ektini ko‘rigini tashkil qilishi va ishtirok etishi, ekspertni ob’ektlarga kirishni ta’minlashi lozim. Baholash ob’ektlarini ko‘rikdan o‘tkazilishining maqsadi – ularni identifikatsiyalash, jismoniy holatini o‘rganish, taqdim etilgan hamroh hujjatlar va markirovkaga mosligi/mos bo‘lmaganligini aniqlash.
- Tadqiqot ob’ektlarini haqiqiy holati haqida ko‘rik natijasida olingan natijalarni o‘rganish;
- Baholash ob’ektlarni ko‘rikdan o‘tkazish jarayoni, ularni identifikatsiyalash, jismoniy holatini aniqlash, taqdim etilgan birlamchi hujjatlarga mos kelmasligini, hamda birlamchi hujjatlarda ko‘rsatilmagan nuqsonlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi;
- Baholanayotgan tovarlarga o‘xshash tovarlar bozorini va ulardagi narxlarni tadqiq qilish:
4.1 Baholash jarayoni baholash ob’ekti va/yoki uning analoglari haqidagi bozor ma’lumotlaridan foydalanishni talab kilgan taqdirda, ekspert baholash ob’ekti bozorini tahlil qiladi va o‘xshash ob’ektlarning (bir xil, yoki taxminiy analoglar) narxlari (takliflari) haqidagi ma’lumotlarni yig‘ib oladi.
4.2 Ma’lumotlar yigilganida, analog ob’ektlar haqidagi ma’lumot ustunlikka ega bo‘ladi. Shu bilan birga shunday shartlarga rioya qilish lozimki, import tovariga bo‘lgan yuklangan harajatlarni (soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, transport harajatlari, boshqa harajatlar) hisoblashga bo‘lgan ob’ektiv yondashish maqsadida baholash ob’ekti va analoglar o‘zini ishlab chiqaruvchi mamlakati bo‘yicha bir biriga mos bo‘lishi lozim.
4.3 Agarda ob’ektlarning boshqa parametrlari va tasniflari baholash ob’ekti uchun narxni yaratuvchi omillari bo‘lgan taqdirda, ob’ektlarning bunday parametrlarini va tasniflarini o‘rganish majburiydir.
4.4 Baholash ob’ektining analoglari haqidagi ma’lumotlarni analoglarni tanlash elementlarining talablarini inobatga olgan holda yig‘ish lozim.
4.5 Baholash ob’ekti aniq bir savdo belgisi ostidagi ishlab chiqarish tovari bo‘lgan taqdirda, o‘xshash ob’ektni tanlashda ekspert e’tiborini baholash ob’ektining savdo belgisiga qaratishi lozim.
4.6 Ma’lumotlarni yig‘ish va ularni tahlil qilish jarayoni bilan birga baholash identifikatsiya qilinadi, va bu narsa ekspert xulosasida aks ettiriladi.
Ekspertlar yechimi uchun ekspertiza tadqiqotiga taqdim etilgan tovarlarni iste’mol qilish uchun ularning yaroqliligini va sifatini aniqlash bilan bog‘liq masalalar qo‘yilishi mumkin. Mazkur masalalar tovarshunos-ekspert tomonidan yechilishi mumkin emas, chunki ularni yechimi uchun kompleks tadqiqoti zarur (kimyoviy, biologik, va hk.). O‘z vakolati doirasida tovarshunos-ekspert, mazkur masalalar bo‘yicha mutaxassislarning ma’lumotnomalari va xulosalarini inobatga olib klassifikasiya va diagnostik masalalarni yechishi mumkin. Tovarlarni baholashda shuni inobatga olish lozimki, ularning narxlari bozor kon’yunkturasi, talab va taklifni hisobga olgan holda erkin shakllantirilayotgan narxlardan kelib chikib yaratiladi. Bozor narxi bu – ixtiyoriy haridor va ixtiyoriy sotuvchi o‘rtasida tuzilgan tijorat bitim natijasida baholash kuniga bo‘lgan mulkni yo‘ldan yo‘lga taxmin qilinayotgan o‘tish uchun to‘lanadigan pul mablag‘laridir. Bozor narxi baholash tamoyillarining bazasi asosida aniqlanadi, ya’ni talab, taklif, o‘rnini bosish, mos kelishidir. Ya’ni, bozor narxi, bozorda amalda bo‘lgan kuchlarning nisbatini hamda ushbu nisbatni o‘zgarishining kutilayotgan tendensiyasini aks ettiradi.
X.Sulaymonova nomidagi
Respublika sud ekspertiza markazi
Tovarshunoslik ekspertizasi bo‘limi
eksperti S.Sh.Abduvaitov