Davlat moliyasini boshqarishni isloh etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning tarkibiy qismi sifatida, davlat xaridini tashkil etishni tubdan isloh etish, uni tartibga soluvchi huquqiy bazani shakllantirish, davlat xarajatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi.
Davlat xarajatlarining muhim tarkibiy qismi sifatida davlat xaridi alohida o‘ringa ega. Ma’lumki, davlat o‘z vazifalarini bajarish jarayonida bir qator xarajatlar qilishi zarur. Ushbu xarajatlar, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun turli tarmoqlarga investitsiya qilishga, aholining turmush darajasini ko‘tarishga xamda ijtimoiy vazifalarni bajarishga qaratilgan, davlatni boshqarish, mudofaani ta’minlash kabi aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan, rejalashtirilgan xarajatlardan iborat bo‘ladi. Umumdavlat xarajatlari, asosan, davlat budjeti va davlatning boshqa markazlashtirilgan fondlari orkali moliyalashtiriladi.
Davlat ehtiyojlari uchun xaridni amalga oshirish mexanizmining samarali bo‘lishi, ko‘p jihatdan, davlat xaridi uchun karor qabul qilayotgan davlat xizmatchilarining malaka darajasi, professional tayyorgarligi va haqqoniyligiga bog‘liq. Ko‘pgina davlatlarda davlat xaridi bilan shug‘ullanadigan xodimlarni tayyorlash va ular malakasini oshirish bevosita hukumatning zimmasiga yuklatilgan vazifasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yuqoridagi ko‘rsatilgan yo‘nalishlardagi muammolarni bartaraf etishga katta e’tibor qaratilmoqda va davlat xaridini amalga oshirishda ishtirok etuvchi boshqa sub’ektlar ishtirokida, davlat xaridi jarayonining mexanizmlarini hamda uning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha faol ish olib borilmokda. Xususan, davlat xaridi tizimini boshqarish bo‘yicha tizimli yondashuvga bo‘lgan talab hamda davlat xaridining iqtisodiyotning ayrim sohalariga bo‘lgan ta’sir etuvchi mexanizm sifatida foydalanish strategiyalari shakllantirilmoqda.
Davlat xaridlarida xarid qilingan mahsulotlarni shartnomada ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini aniqlash uchun kuyidagi elementlardan foydalanish samarali yo‘nalish hisoblanadi: davlat xaridlarida xarid qilingan mahsulotlarni shartnomada ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini aniqlash yuzasidan ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish; davlat xaridi siyosatini davlatning iqtisodiy siyosati maqsadlariga muvofiqlashtirish; davlat xaridi sohasidagi amalga oshirilayotgan siyosatni monitoring qilish va baholashni tatbiq etish.
Qayd etish lozimki, shartnoma taraflari tomonidan xarid qilingan mahsulotlarni shartnomada ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini aniqlash, davlat xaridlari tizimini tahlil qilish, uning nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish dolzarb hisoblanadi.
Bugungi kunda sud-ekspert tadqiqotlarining holisligini, har tomonlamaligini, to‘liqligini va ilmiy asoslanganligini ta’minlash maqsadida sud-tovarshunoslik ekspertizalarning sinfiga kiruvchi alohida tur hisoblangan xarid qilingan mahsulotlarni shartnomada ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini aniqlashda zamonaviy uslubiyotning asoslarini takomillashtirish, davlat xaridlari tizimini o‘zgarishi natijasida ekspert tadqiqotlarini yangi tizimga xoslash, tadqiqot o‘tkazishni tartibga soluvchi yagona uslubiyot yaratish majburiyati yuzaga keldi.
Sud-tergov idoralari tomonidan ekspert xulosasini ish uchun ahamiyatli dalil sifatida baholashda xulosaning yetarli darajada ilmiy asoslanganligiga shubha tug‘ilmasligi uchun ekspertning qayd etilgan faoliyatini tartibga soluvchi yagona uslubiy qo‘llanma zarur.
Davlat organlarining barcha xaridlari O‘zbekiston Respublikasining 22.04.2021 yildagi O‘RQ-684-son “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuni bilan tartibga solinib, sud-tovarshunoslik ekspertizasida qo‘llaniladigan umumiy uslublarni mazkur sinf ekspertizalar o‘tkazishga moslash lozimligi bilan bog‘liq.
Ushbu vazifasi – davlat xaridlari tushunchasi, shartnoma taraflari tomonidan xarid qilingan mahsulotlarni shartnomada ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini aniqlash predmeti, ob’ekti, ekspertiza imkoniyatlari, hal etadigan masalalar doirasi, ekspert vakolatlari, shuningdek ushbu tadqiqotni o‘tkazishda axborot tashuvchilarni tadqiq qilish usullari to‘g‘risida tushuncha berishdan iborat.
EKSPERTLIK TADQIQOT OBEKTLARI
Ekspert tadqiqotining ob’ektlariga diagnostik vazifalarni hal etishda har qanday davlat xaridlari tizimi orqali xarid qilingan mahsulotlar (shu qatorda foydalanishdagi mahsulotlar ham) bo‘lishi mumkin, bevosita ob’ekt bo‘lib esa tovarning kelib chiqishini tavsiflovchi va tadqiqot jarayoniga muayyan tasniflash xususiyatlarga kompleks xususiyatlarni kirituvchi, mahsulotlarni tashkil etuvchi sifat va miqdoriy birligining doimiy va barqaror belgilar tizimi (xususiyatlar yig‘indisi) hisoblanadi.
Bular:
– turli maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan mebel jihozlari va interer buyumlari;
– tekstil, tikuv, trikotaj mahsulotlari (kiyim, shu jumladan mo‘ynali, poyabzal, bosh kiyimlar);
– bijuteriya (qimmatbaho bo‘lmagan metallardan, plastmassa, rangli shisha va sh.k.lardan tayyorlangan uzuklar, ziraklar, bilakuzuklar, kulonlar, munchoqlar, zaxllagichlar, broshlar va h.k.);
– attorlik, parfyumeriya va kosmetika tovarlari;
– maishiy tovarlar (elektr asboblar va anjomlar);
– xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan tovarlar;
– radio-, video- va teleapparatura;
– orgtexnika (ofis texnikasi) va komplektni tashkil etuvchi buyumlar;
– aloqa vositalari (statsionar va uyali aloqa telefonlari);
– tikuv, to‘quv, yozuv va hisoblash mashinalari, telefon apparatlari;
– musiqa asboblari;
– foto- kino- video apparatura, optiki predmetlari, soatlar;
– gilamlar, gilam mahsulotlari, yopinchiqlar, dasturxonlar, pardalar;
– idishlar va stolni tuzash buyumlari;
– xo‘jalik va uy-joy ashyolari, xo‘jalik va sport inventari;
– stol o‘yinlari: bilyard, shaxmat, shashka, fikrlashni o‘stirish uchun ta’lim o‘yinlar, domino, badminton, stol tennisi, narda va h.k..
– bolalar va kattalar o‘yinchoqlari;
– tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati namunalari (antiqa buyumlardan tashqari), haykallar, haykalchalar, figuralar, dekorativ vazalar, panno, shkatulkalar, shamdonlar, patnislar, suvenir qo‘g‘irchoqlar, dekorativ gullar;
– kanselyariya tovarlari va yozuv anjomlari;
– sifat va miqdor ko‘rsatkichlari qayd etilgan hujjatlar va texnik pasportlar, fotosuratlar, chizmalar, bojxona deklaratsiyasi va tovarga oid hujjatlar;
– turli maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan jihozlar va ularning ehtiyot qismlari;
– ishlab chiqarish va texnologiya tarmoqlari;
– boshqaruv elementlari mavjud bo‘lmagan temiryo‘l transporti (turli marka va modeldagi vagonlar).
– tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar;
– oziq-ovqat mahsulotlari.
Hujjatlar, o‘z ichida aks etuvchi:
– mahsulotlarni hususiyatlari;
– mahsulotni haqiqiy holati va qadoqi, ekspertiza o‘tkazish davrida va o‘tgan davr ko‘lamidagi ko‘riladigan savollarni yechimida;
– baholash va tadqiqotga oid mahsulotlarni tashish, saqlash, inspeksiya sharoitlari;
Bu kabi hujjatlarga quyidagilar kiradi: markirovka, mahsulotlarni texnik pasportlari, sifat va kelib chiqish sertifikatlari, davlat standartlari talablariga mufoviqlik sertifikati, hisob-fakturalar, qadoqlash xujjatlari, defekt bayonotlari, ko‘rik protokollari, texnik holat aktlari, ekspert hulosalari, mahsulot hususiyatlari ta’rifi, ko‘riladigan ishga ta’luqli ma’lumotnoma va boshqa hujjatlar.
Tayyorlashdan asosiy maqsad ekspertlarning kasbiy faoliyatida shartnoma taraflari tomonidan xarid qilingan mahsulotlarni shartnomada ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini aniqlash va tadqiqotlar uslublarini qo‘llash qobiliyatini shakllantirish; jinoiy, iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yurituvida ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan holatlarni aniqlash uchun davlat xaridi obektlarining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni o‘zida mujassam qilgan hujjatlarni tadqiq qilish, ularni tahlil qilish, qayd etish maqsadida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish; tadqiqotni bajarish uchun uslubiy asos yaratish; shartnoma taraflari tomonidan xarid qilingan mahsulotlarni shartnomada ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini aniqlash yuzasidan tadqiqotlarni tayinlash va o‘tkazishni tashkillashtirish masalalari bo‘yicha huquq-tartibot idoralari subektlariga uslubiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan.
Tovarshunoslik ekspertizasi bo‘limi mudiri Pak Albina Innokentevna