Ilm-fan va axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadal taraqqiy etib borayotgan bugungi sharoitda mamlakatimizda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida ko‘plab chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Ammo shunga qaramay, bu borada ijobiy o‘zgarishlar ko‘p, deb bo‘lmaydi. Achinarlisi, ayrim haydovchilar yo‘l harakati qoidalarini buzishda davom etayotir. Bunday sharoitda ba’zi mutaxassis va ekspertlar jazoni yanada kuchaytirishni taklif etilayotgan bo‘lsada, biroq huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsni jazolash yo‘li bilan asosiy maqsadga erishish mushkul. Barcha yo‘l harakati qatnashchilarida (haydovchilar, piyodalar, yo‘lovchilar va h.z) yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirmasdan turib, yo‘l-transport hodisalarining oldini olib bo‘lmaydi.
Hozirgi kunda yo‘llarda yo‘l harakati havfsizligini ta’minlash uchun huquqni muhofaza qilish organlari, hususan yo‘l harakati havfsizligi xizmati xodimlari tomonidan doimiy nazorat ishlarini olib, ishlab chiqilgan maxsus tadbirlar hamda yo‘llarda, bino-inshootlarda o‘rnatilayotgan radar moslamalari va kuzatuv kameralarini har qancha oshirilgan taqdirda ham yo‘l transport xodisalari soni bir muncha ortib bormoqda. Eng mudxish tomoni yo‘llarda piyodalarni urib yuborish bilan bog‘liq xodisalar soni kundan kunga ortib bormoqda. Yo‘l transport xodisalarida transport vositasining to‘qnashuvi, turli sabablarga ko‘ra transport vositasini yo‘l qatnov qismidan chiqib ketishi natijasida yuzaga kelgan xodisalaridan tashqari yo‘llarda piyodalarni, velosipedchilar yoki boshqa yo‘lning qatnov qismiga chiqib harakatlangan yo‘l harakati ishtirokchilarini transport vositasi bilan to‘qnashuv bilan bog‘liq ishlar talaygina. Transport vositasi piyodani ochiq, ya’ni piyodani ko‘rishga xalaqit beruvchi to‘siq bo‘lmagan joyda urib yuborgan holatlarni tadqiqot qilishda ekspertiza tayinlagan tergov-surishtiruv harakatlarini olib borayotgan shaxs tomonidan xodisa sodir bo‘lgan joydagi yo‘lning sharoiti, holati, ko‘rinishi va o‘lchamlardan tashqari, ekspert ixtiyoriga quyidagi qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi:
-Hodisa sodir bo‘lish vaqtida haydovchining harakati uchun xavf tug‘ilgan vaqt;
– Harakat uchun xavf tug‘ilgandan co‘ng piyoda voqea joyigacha qancha masofani qanday tezlik bilan yoki qancha vaqt ichida bosib o‘tganligi;
– piyodaning voqea joyiga qarab harakatlanishidan oldingi harakatlarining tafsiloti;
– transport vositasining voqeadan keyin to‘xtaguncha bosib o‘tgan masofasi (tormoz izi navjud bo‘lsa, uning voqea joyidan keyingi uzunligi);
– transport vositasining qaysi qismi bilan piyodani urganligi, agar oldi qismidan boshqa joyi bilan urgan bo‘lsa, oldi qismidan o‘sha joygacha bo‘lgan masofa;
– transport vositasi yo‘lning qatnov qismi chetlaridan qancha masofada harakatlanganligi;
– agar harakatdagi piyoda harakat tezligini yoki yo‘nalishini o‘zgartirgan bo‘lsa yoki to‘xtasa, har bir tezlik bilan bosib o‘tilgan masofalar haqidagi ma’lumotlar bo‘lmasa har bir tezlikda harakatlangan va to‘xtash vaqtlari.
Piyodaning bosib o‘tgan masofasi, tezligi yoki harakat vaqtini aniq bilish maqsadida voqea sodir bo‘lgan joyda ko‘rsatmalarni tekshirish, tergov eksperimentlari o‘tkazish tavsiya etiladi. Bu masalada piyodalarning harakat tezliklari haqidagi jadvallar haqiqiy ma’lumotlarni bermasligi mumkin.
Ekspertiza tayinlash haqidagi qarordagi ma’lumotlar aniqligi ekspert tadqiqotlarini to‘g‘ri, xolisona va to‘liq bajarilishiga imkon yaratadi.
RSEMning Surxondaryo viloyat bo‘limi mudiri
M.Sh.Kungratov