Bugungi kunda Tovarlarning sifati isteʼmolchilar afzalliklarini yaratishga va raqobatbardoshlikni shakllantirishga jiddiy taʼsir qiladigan muhim olmillardan biri hisoblanadi. Umuman olganda Oziq-ovqatlar sifati deganda, mahsulotning organoleptik hususiyatlarini, organizmni oziq-ovqat moddalariga muhtojligini, uni sogʻliq uchun xavfsizligini, ishlab chiqarish va saqlashda ishonchliligini taʼminlash qobiliyatini aks ettiruvchi hususiyatlarning majmui tushuniladi. Oziq-ovqat tovarlarning foydaliligini va insonni oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish qobiliyatini belgilaydigan asosiy hususiyatlari biri bu – uning ozuqaviy qiymati, jismoniy va mazaviy hususiyatlari va uning saqlanuvchanligidir.
Jismoniy hususiyatlar tovarlarning sifatini va narxini baholashda, saqlash sharoitlarini va muddatlarini aniqlashda hisobga olinadi.
Jismoniy hususiyatlarga tovarning shakli, kattaligi, ogʻirligi, rangi, tiniqligi, zichligi, mustahkamligi, qayishqoqligi (yopishqoqlik) va boshqalar kiradi.
Oziq-ovqatlarning mazaviy hususiyatlari taʼm va hid hissiyotlaridan tashkil topadi. Taʼmning toʻrtta turi mavjud: shirin (shakar), shoʻr (tuz), nordon (sirka), achchik (glikozidlar, alkaloidlar). Taʼm bu- hid bilish organlari bilan qabul qilinadigan hissiyotlardir.
Saqlanuvchanlik- standart, yoki boshqa meʼyoriy hujjat bilan belgilangan tovarning maʼlum vaqt davomida oʻzini isteʼmollik hususiyatlarini saqlash qobiliyati (belgilangan shartlarga rioya qilingan holda). Saqlanuvchanligi boʻyicha oziq-ovqat tovarlar tez buziladigan (goʻsht, baliq, sut, va boshqalar) hamda uzoq saqlash uchun yaroqli (un, yormalar, shakar, bankali konservalar va boshqalar) tovarlarga ajraladi.
Oziq-ovqat tovarlarni baholash jarayoni va yondashishlari.
Oziq-ovqat tovarlarini baholashda shuningdek tovarshunoslik fanida mavjud boʻlgan tovarlarni tadqiq qilish va ularning narxini belgilash uslublari va yondashishlari qoʻllaniladi.
Mahsulotni identifikatsiyalash, bu mahsulot tavsifnomalarini uning asosiy belgilariga (assortiment, sifat, miqdor, va boshqalar) mosligini hamda ularni tovarning obyektiv isteʼmollik narxiga boʻlgan taʼsirini aniqlash – ekspertizaning eng muhim boskichidir.
Identifikatsiyalash, aniq bir mahsulotga va/yoki uning markirovkada, hamroh hujjatida, yetkazib berish shartnomalarda, standartlarda va boshqalarda koʻrsatilgan tasnifiga mosligini tasdiqlash uchun yetarli boʻlgan belgilar, koʻrsatkichlar va talablar boʻyicha oʻtkaziladi.
Xozirgi kunda, yuqorida aytib oʻtilgan baholash standartlariga asosan, tovar-moddiy zaxiralarni, shu jumladan oziq-ovqat tovarlarni, baholash yondashuvlari mavjud.
Tovarlarni baholashda shuni inobatga olish lozimki, ularning narxlari bozor konyunkturasi, talab va taklifni hisobga olgan holda erkin shakllantirilayotgan narxlardan kelib chikib yaratiladi.
Bozor narxi bu – ixtiyoriy haridor va ixtiyoriy sotuvchi oʻrtasida tuzilgan tijorat bitimi natijasida baholash kuniga boʻlgan mulkni yoʻldan yoʻlga taxmin qilinayotgan oʻtish uchun toʻlanadigan pul mablagʻlaridir. Bozor narxi baholash tamoyillarining bazasi asosida aniqlanadi, yaʼni talab, taklif, oʻrnini bosish, mos kelishidir. Yaʼni, bozor narxi, bozorda amalda boʻlgan kuchlarning nisbatini hamda ushbu nisbatni oʻzgarishining kutilayotgan tendensiyasini aks ettiradi.
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining
sud-tovarshunoslik ekspertizasi bo‘limi eksperti, 3-darajali yurist
D.X.Safarova