Tarkibida spirt saqlovchi suyuqliklar haqida ma’lumot

Tarkibida spirt saqlovchi suyuqliklar oziq-ovqat, farmatsevtika, kosmetika, avtomobil, kimyo, energetika kabi ko‘plab sanoat sohalarida ishlatiladi.

Jumladan, tarkibida spirt saqlovchi suyuqliklar (spirtli ichimliklar)-
oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatining muhim ixtisoslashgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlarda spirtli ichimliklar ishlab chiqarish yuqori rentabellikga ega sohalardan biridir. Bu soha tegishli mamlakat byudjetiga tushadigan soliqlar va yig’imlarning asosiy qismini tashkil qiluvchi yuqori daromad keltiradigan sohaligi xech kimga sir emas. Shuning uchun hozirgi kunda xam spirtli ichimlilar ishlab chiqarish va ulardan mo‘may daromad olish uchun tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ulanish istagini bildirganlar dunyo bo‘yicha ko‘plab topiladi. Shunindek tarkibida spirt saqlovchi suyuqliklarni ist’emol xavfsizligini ta’minlash oziq ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun muxumdir, bu nafaqat bir davlat balki davlatlar doirasida, darajasida ahamiyatiga ega bo’lgan muammolardan biridir.

Ko‘pchilikka ma’lumki Etil spirti- spirtli ichimliklarning asosiy komponenti xisoblanadi. Etil spiriti ishlatilish maqsaqlariga qarab bir necha turlarga bo‘linadi. Rektifikatlangan, denaturatlangan, texnik va sintetik.

Eng toza spirt rektifikatlangan oziq ovqat uchun mo‘ljallangan spirt hisoblanadi. U asosan bug‘doyni spirtli bijg’itish yo’li bilan olinadi uning quvvati 96,6%ni tashkil etadi.   Etil spirit rangsiz, shaffof, tiniq o‘ziga xos hidli begona ta’m va hiddan xoli suyuqlikdir. U tarkibidan ajratib bo’lmaydigan  aldegid, efir, sivush moylari va metil spirti kabi alohida komponetlar- mikroqo‘shimchalar saqlaydi.

Tarkibida spirt saqlovchi suyuqliklar quvvati va tarkibidagi mikroqo’shimchalar ko‘rsatgichlari bo‘yicha tegishli davlat standartlarida belgilangan me’yoriy ko‘rsatgich talablariga javob berishi kerak. Agar javob bermasa damak bunday mahsulot iste’mol uchun xavflidir. Ayniqsa bu ko‘satgichlar ichida eng xavfli bo‘lgani metanoldir.

Metanol ( metil spirti yoki CH3OH) — u alkogol hidi, shaffofligi, rangi va ta’mi bo’yicha ko’p hollarda etil spirtidan farq qilmaydi. Metil spirti barcha spirtli birikmalar orasidagi yuqori toksik bug‘larga ega bo‘lgan eng (toksik) zaxarli spirtdir. Ma’lumot o‘nida,U inson tanasi uchun kuchli zahardir, shuning uchun u o’limga bilan tugaydigan zaharlanishga olib keladi. 5-10 ml methanol miqdori og‘ir zaharlanish va ko‘rlikka olib keladi, 30 ml miqdori esa o‘limga olib keladi.

Spirtli ichimlik istemol qiluvchi odamlarda ko‘pincha methanol(metil spirit)dan zaxarlanish holati boshqalarga qaraganda, nisbatan ko‘proq uchraydi. Bu muammo zamonaviy dunyoda ham dolzarbligicha qolmoqda.

Ho‘sh methanol-tarkibida spirt saqlovchi suyuqliklar ichiga qayerdan qo‘shilib qolmoqda?

Tarkibida spirt saqlovchi suyuqliklar ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni buzilishi;

Tarkibida spirt saqlovchi suyuqliklarni uy sharoitida qo‘l bola usulida tayyorlash;

Bozorlardan sifatsiz tarkibida spirt saqlovchi suyuqliklarni sotib olish;

Dorixonalardan tibbiyot va kosmetik maqsadlarda islatiladigan tarkibida spirt saqlovchi suyuqliklar sotib olib ularni uy sharoitida oqava suvda suyultirib istemol qilish;

Nooziq ovqat maqsadlarida maishiy texnikalarni dezinfeksiyalash avto ulovlarni extiyot qisimlarini soviqdan muzlamasligi uchun antifriz sifatida ishlab chiqarilgan turli xildagi texnik spirtli suyuqliklarni yo‘riqnomasida nazarda tutilgan maqsadlarga zid ishlatib o‘z boshimchalik bilan yoki extiyot choralarini ko‘rmagan holda ichimlik sifatida istemol qilish.

Namlangan salfetkalarni, turli xildagi antiseptik suyuqliklarni suvda suyultirish orqali istemol qilish.

Duxi, atir, odekalon, dezodorant kabi attorlik uchun mo‘jallangan suyuqliklarini ichish va hokazo, misol tariqasida keltishimiz mimkin.

Xo‘sh fuqorolarimiz o‘zlarini bunday mudhish va halokatli xolatlardan qanday himoya qila oladilar?

Avvalambor tarkibida spirt saqlovchi suyuqliklarni sotib olayotganda  iste’molchi uning qadoqlanishiga, butilkasiga, butilkani butunligiga, etiketkasiga, etiketkalarni sifatli yelimlanganligiga ahamiyat berishi lozim.

Tarkibida spirt saqlovchi suyuqliklar qadoqlangan shisha idish ichida rangi tiniq, shaffof, mexanik aralashma (kolleksiya qilinadigan vinolar bundan mustasno)larsiz bo’lishi kerak

Shisha idish ochilganda undan spirtga xos bo’lgan xiddan boshqa begona hidlar bo’lmasli kerak.

Tarkibida spirt saqlovchi suyuqliklar rangi hira, loyqa, shaffof bo’lmasligi uni uy sharoitida qo‘l bola usulda tayyorlanganlini bildiradi.

Respublikamiz hududida aroq(vidka) maxsulotining quvvati 40% bo‘lishi kerak undan 1% oshgan yoki 1% kam bo’lishi bu maxsulot kontrafakt ekanligidan dalolatdir.

Hurmatli fuqorolar sog’ligingizga bee’tibor bo’lmang. Sog‘ligingizni saqlash eng avvalo o‘zingizni qo‘lingizda

RSEMning MABKE laboratoriyasida tarkibida spirt saqlovchi suyuqliklarni tekshirish ularni tabiatini, kimyoviy tarkibini aniqlash, quyilish hajmi, quvvati shuningdek fizik kimyoviy ko’rsatgichlarini davlat standartlari ko’rsatgichlariga javob berish bermasligi hamda ular tarkibida saqlaydigan og‘ir metallarning elementar tarkibini aniqlash masalalari bo’yicha tergov va huquq targ‘ibot organlari xodimlariga ekspert xulosasi berish bilan bir qatorida yuridik va jismoniy shaxslarga jumladan har qanday turdagi tadbirkorlarga va davlatimiz fuqorolariga mutaxassis firklari berish orqali o‘zining amaliy yordamini ko‘rsatib kelmoqda. Bu faoliyat bilan laboratoriya xodimlari Respublikamizda sodir etilishi mumkin bo‘lgan mudhish jinoyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etishga o‘z hissasini qo‘shishmoqda.

Shu erda eslatma sifatida tarkibida spirt saqlovchi suyuqlikdan olinadigan namunani to‘liq tekshirish uchun talab qilinadigan zaruriy miqdor 280 ml kam bo‘lmasligi kerak.

S.S.Ataxodjaev Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi katta eksperti

A.G. Asilbekov Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi katta eksperti eksperti

 

Skip to content