Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi hamda ushbu yangi tahrirdagi Konstitutsiya 1-may kunidan etiboran kuchga kirdi.
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi 128-ta moddadan 155-ta moddaga, undagi normalar 275-tadan 434-taga kuchayganligi “Inson – jamiyat – davlat” degan inson qadirini yuksaltirishga qaratilgan normalari Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarining mustahkam huquqiy kafolatidir.
Konstitutsiyaning 49-moddasida “Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof muhitni yaxshilash va tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora tadbirlarni amalga oshiradi. Davlat Oralbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko‘radi” deb mustahkamlab qo‘yilgan.
Konstitutsiyada Orolbo‘yi masalasi Konstitutsiya darajasiga olib chiqilgani nafaqat shu hududda yashovchi fuqarolar, balki butun O‘zbekiston aholisi uchun muhim ahamiyatga ega. Chunki Konstitutsiyaga ko‘ra endi Orolbo‘yi mintaqasining ekologik muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy
va iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan choralar ko‘rish davlat ahamiyatidagi muhim masalasi sifatida mustahkamlanadi.
Bosh qomusimizga hozirgacha kiritiligan o‘zgartirishlar asosan davlat boshqaruvi va saylov qonunchiligi bo‘lsa, yangi tahrirdagi Konsitutsiyamizda asosiy yangiliklar insoning huquq va erkinliklarini himoya qilishning kafolatlarini hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilganligi bilan alohida ajralib turadi.
Hammaga ma’lumki keyingi yillarda mamalakatimizda Yangi-O‘zbekiston-inson sha’ni va qadr qimmati, huquq va erkinliklari qonuniy manfaatlari oliy qadriyat hisoblangan davlat bo‘lishi xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi g‘oyalarini hayotga tadbiq etishga qaratilgan tizimli chora-tabirlar amalga oshirilmoqda.
Shuni alohida aytish joizki, O‘zbekiston “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunga asosan, davlat va jamiyat manfaatlari, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorliklarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatini, fuqarolarning tinchligi va totuvligini ta’minlash sudlarning asosiy vazifalari etib belgilangan.
Hususan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 133-moddasiga muvofiq endilikda fuqarolar va yuridik shaxslar agar sud orqali himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, sudda ko‘rib chiqilishi tugallangan muayyan ishda sud tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llanilganligi qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi jinoyat bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilishga haqli ekanligi mustahkamlab qo‘yildi.
Yana bir yangilik Konstitutsiyamizda “Miranda qoydasi”, hamda “Xabeas korpus”, – yani jinoiy taqibga uchragan fuqarolarning adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqi joriy etilmoqda. Bunda fuqarolarni birinchi marta biron bir ishga gumon qilinuvchi sifatida jalb qilinayotganda, shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart bo‘ladi.
Muxtasar aytganda Konstitutsiyamizning yangi normalarida asosiy e’tibor Inson, jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilganini ishonch bilan ta’kidlash mumkin.
Sud ekspertlarining malakasini oshirish o‘quv markazi metodisti
Pirjanova Zamira Genjemurat qizi