O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 5 iyuldagi PF-6256-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 5 iyuldagi PF-6256-son Farmoniga muvofiq:
Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda 15 ta shtat birligidan iborat Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilganligi va uning asosiy vazifalari belgilanganligi;
Institut faoliyatini moliyalashtirish Markaz mablag‘lari doirasida amalga oshirilishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- Belgilab qo‘yilsinki:
Institut sud-ekspertlik faoliyati sohasiga zamonaviy ilmiy yondashuvlarni qo‘llash orqali uning samaradorligini oshirish, ushbu sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish, davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ilmiy-uslubiy jihatdan ko‘maklashish, ularning faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirishda ishtirok etadi;
sud-ekspertiza faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash, shuningdek, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalaridan ekspertlik amaliyotida foydalanishni kengaytirish maqsadida Institutning Idoralararo ilmiy-uslubiy kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tashkil etiladi;
Kengash tarkibi tizimida sud-ekspertiza muassasalari bo‘lgan davlat organlarining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi va unga davlat sud-ekspertiza muassasalari, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, ilmiy muassasalar hamda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning a’zolari kiritiladi. Kengashning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari uchun tavsiyaviy hisoblanadi;
Institut direktori O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan, Institutning boshqa xodimlari esa — Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
Institut xodimlariga Markaz xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va boshqa moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi, shuningdek avvalgi ish joyida uzoq yillik xizmati uchun berilgan ustama va darajali unvonlar saqlab qolinadi;
Institut faoliyat yuritishi uchun Markaz binosida joylashtiriladi.
- Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti to‘g‘risida nizom 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha»yo‘l xaritasi» 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga Institut tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
- Davlat sud-ekspertiza muassasalariga:
Institutga asosiy vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda yaqindan ko‘maklashish;
o‘zlari tomonidan ishlab chiqilayotgan barcha uslubiyotlarni ularning ilmiy jihatdan asoslanganligi yuzasidan Institutning tegishli xulosasini inobatga olgan holda tasdiqlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
Institut tomonidan berilgan taklif va tavsiyalarga amal qilib borish tavsiya etilsin.
- Adliya vazirligi:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
ikki oy muddatda Institutning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi tasdiqlanishini ta’minlasin hamda Institutni yuqori ilmiy salohiyatli va malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin.
- Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021 yil 22 noyabr,
704-son
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 noyabrdagi 704-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutining
TUZILMASI
Izoh. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 15 nafar.
Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan normativlar bo‘yicha belgilanadi.
Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassis va olimlar shartnoma asosida qo‘shimcha ravishda jalb qilinishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 noyabrdagi 704-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
- Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut)ning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
- Institut X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
- Institut mamlakatimizda sud-ekspertlik faoliyati sohasiga zamonaviy ilmiy yondashuvlarni qo‘llash orqali uning samaradorligini oshirish, ushbu sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish, davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ilmiy-uslubiy jihatdan ko‘maklashish, ularning faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirishda ishtirok etadi.
- Institut o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyruqlari, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
- Institut o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
- Institut uning to‘liq nomi ko‘rsatilgan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga ega bo‘ladi.
- Institutning rasmiy nomi:
- a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti, qisqartirilgan nomi — Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti;
- b) rus tilida:
to‘liq nomi — Nauchno-issledovatelskiy institut sudebnoy ekspertizы pri Respublikanskom sentre sudebnoy ekspertizы imeni X. Suleymanovoy pri Ministerstve yustitsii Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Nauchno-issledovatelskiy institut sudebnoy ekspertizы;
- v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — The Scientific Research Institute of Forensic expertise under X. Sulaymanova Republican Center of Forensic expertise, qisqartirilgan nomi — The Scientific Research Institute of Forensic expertise.
2-bob. Institutning asosiy vazifalari va funksiyalari
- Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:
sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ilmiy-uslubiy ko‘mak berish;
sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini takomillashtirish va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarini ishlab chiqish;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarga uslubiy yordam ko‘rsatish;
sud-ekspertlik faoliyatiga fan va texnika yutuqlarini joriy etish bo‘yicha choralarni ko‘rish;
sud ekspertizasi sohasidagi tizimli muammolarni kompleks o‘rganish va ularni hal etishga doir ilmiy asoslangan takliflar va ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlarini doimiy ravishda o‘rganish orqali sud ekspertizasining yangi turlari hamda uslubiyotlarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar kiritish;
sud ekspertizasi sohasiga rivojlangan axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
- Institut o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- a) sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish sohasida:
sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarni tashkil etadi;
sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlar yuzasidan maslahatlar beradi;
sud ekspertizasi va kriminalistika mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy darajalarga ega bo‘lgan kadrlarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish choralarini ko‘radi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari xodimlariga ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlashda yordam ko‘rsatadi;
sud ekspertizasi sohasi samaradorligini oshirishga oid tadqiqotlarni olib boradi;
xorijiy davlatlarning sud-ekspertiza hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqin va faol hamkorlikni amalga oshiradi;
ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganib boradi, Scopus, Web of science va boshqa bazalardagi sud ekspertiza sohasiga oid materiallarni doimiy tahlil qilib boradi, natijasiga ko‘ra takliflar ishlab chiqadi;
sud ekspertizasi sohasida ilmiy-texnik muammolarni hal qilish va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;
sud ekspertizasi nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
- b) davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ilmiy-uslubiy ko‘mak berish sohasida:
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini ilmiy va uslubiy jihatdan ta’minlaydi;
yangi uslubiyotlarni ishlab chiqilishiga ko‘maklashadi;
sud ekspertiza sohasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va boshqa materiallarni ishlab chiqadi, to‘playdi va nashr etish choralarini ko‘radi;
zamonaviy fan yutuqlarini qamrab olgan o‘quv-uslubiy materiallar ishlab chiqadi;
mavjud sohaviy adabiyotlarni doimiy monitoring qilish natijasida yangi avlod adabiyotlariga ehtiyojlarini o‘rganib, ularni ishlab chiqish bo‘yicha dasturlarni amalga oshiradi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari xodimlarining ilmiy-uslubiy bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy seminar va boshqa tadbirlarni amalga oshiradi;
so‘rovga asosan sud ekspertiza tadqiqotlari xulosalari bo‘yicha taqrizlar beradi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan yangi uslubiyot va ekspert tadqiqot turlarini sinab ko‘radi va ekspertlik amaliyotiga tatbiq etish bo‘yicha taklif kiritadi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatining yanada ishonchliligini ta’minlash maqsadida ularni belgilangan tartibga muvofiq ixtiyoriy sertifikatlashdan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi;
- v) sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini takomillashtirish va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarini ishlab chiqish sohasida:
sud-ekspertlik sohasida yagona ilmiy-metodik yondashuvlarni ishlab chiqadi;
sud-ekspertlik vazifalarini hal qilishning ilmiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganib, uni sud-ekspertlik faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha taklif kiritadi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sohaviy faoliyatini reja asosida o‘rganib boradi va yagona ilmiy-metodik yondashuvlarni tatbiq etish bo‘yicha aniq choralar ko‘radi;
sud-ekspertlik sohasida yagona ilmiy-metodik yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
sud ekspertlik sohasida mavjud uslubiy qo‘llanmalar reestrini shakllantiradi va yangilab boradi;
- g) sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarga uslubiy yordam ko‘rsatish sohasida:
sud ekspertiza muassasalari, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudyalarni sud ekspertizasi masalalari bo‘yicha ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlaydi;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini ilmiy-tahliliy axborotlar bilan ta’minlashni tashkil etadi;
ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar faoliyatiga sud ekspertizasi va kriminalistika sohasiga oid yangi o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratishga ko‘maklashish orqali o‘quv-metodik ishlarning sifati va darajasini oshiradi;
ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan qo‘shma dasturlar asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi;
ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda grantlarni amalga oshiradi;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning sud ekspertiza sohasidagi bilimlarini yanada mustahkamlash borasida tizimli targ‘ibot tadbirlarini olib boradi;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari xodimlarini sud ekspertizasi sohasining zamonaviy yutuqlari va imkoniyatlari bilan tanishtiradi, ularga ekspertiza tayinlash hamda uni o‘tkazish uchun materiallarni tayyorlash tartibini tushuntiradi, ayrim hollarda ashyoviy dalillarni topish, qayd etish, olish va o‘rashda amaliy yordam ko‘rsatadi;
- d) sud-ekspertlik faoliyatiga fan va texnika yutuqlarini joriy etish bo‘yicha choralarni ko‘rish sohasida:
sud-ekspertlik faoliyatiga ilm-fanning zamonaviy yutuqlarini tatbiq etish choralarini ko‘radi;
sud-ekspertlik faoliyatiga ilmiy va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish borasida takliflar beradi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida fan va texnika yutuqlari tatbiq etilganlik holatlarini tizimli ravishda monitoring qilib boradi;
ilg‘or zamonaviy tajribani o‘rganish maqsadida Institut xodimlarini xorijiy sud ekspertiza, ta’lim muassasalari va boshqa ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish tashkilotlariga tizimli ravishda malaka oshirish hamda stajirovkalarga yuboradi;
sud-ekspertlik faoliyatiga fan va texnika yutuqlarini joriy etish uchun ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish tashkilotlari bilan ular tomonidan ishlab chiqilgan asbob-uskuna va texnologiyalarni O‘zbekiston Respublikasida aprobatsiya va validatsiya qilish bo‘yicha belgilangan tartibda hamkorlik qiladi;
- ye) sud ekspertizasi sohasidagi tizimli muammolarni kompleks o‘rganish va ularni hal etishga doir ilmiy asoslangan takliflar va ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish sohasida:
sud ekspertizasi sohasidagi tizimli muammolarni kompleks o‘rganish orqali ularni hal etishga doir ilmiy asoslangan takliflar va ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish choralarini ko‘radi;
ekspertlik amaliyotini umumlashtiradi, muayyan ekspertiza materiallari bo‘yicha huquqbuzarlikni sodir etishga olib kelgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlaydi hamda ularning oldini olish yuzasidan takliflar kiritadi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlaridan zarur bo‘lgan hujjat, axborot va boshqa materiallarni Institutning vazifa va funksiyalarini inobatga olgan holda so‘rab oladi;
sud ekspertizasi sohasidagi tizimli muammolarni kompleks o‘rganish va ularni hal etishga doir ilmiy asoslangan takliflar va ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqishda davlat sud-ekspertiza muassasalari, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar hamda boshqa vazirlik va idoralarning xodimlari va mutaxassislarini jalb etadi;
- j) huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlarini doimiy ravishda o‘rganish orqali sud ekspertizasining yangi turlari hamda uslubiyotlarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar kiritish sohasida:
sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash maqsadida doimiy ravishda so‘rovnomalar o‘tkazadi;
ochilmayotgan jinoyatlarni tadqiq etish maqsadida u haqdagi statistik ma’lumotlarni so‘rab oladi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida mavjud bo‘lgan sud-ekspertiza sohasiga oid axborot-ma’lumotlar bazalari bilan Institutni ta’minlash, ularni saqlash va foydalanish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi;
sud ekspertizasining yangi turlari va uslubiyotlarni ishlab chiqishda davlat sud-ekspertiza muassasalari, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar hamda boshqa vazirlik va idoralarning laborator va tegishli bazalardan belgilangan tartibda foydalanadi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilayotgan uslubiyotlar ilmiy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha ko‘rib chiqadi va bu borada tegishli xulosalar beradi;
- z) sud ekspertizasi sohasiga rivojlangan axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
sud ekspertizasi sohasiga rivojlangan axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi hamda sohada zamonaviy axborot texnologiyalarining keng qo‘llanilishi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
sud-ekspertiza muassasalarida avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlari va kompyuter dasturlari, elektron ma’lumotlar bazalarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida axborot xavfsizligi, tizim va manbalarni himoyalash bo‘yicha «Axborot xavfsizligi siyosati» tizimini ishlab chiqish xamda sud-ekspertiza faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi hamda uning bajarilganligini tizimli ravishda o‘rganib boradi;
sud ekspertiza muassasalari va tashkilotlarini jihozlashga doir minimal talablarni tizimli ravishda o‘rganib boradi va uni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida axborotlashtirish sohasida davlat siyosatini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, rivojlantirish, ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berish, avtomatlashtirish masalasida maxsus dasturlar majmuini ishlab chiqish va ularni sud ekspertiza faoliyatlariga tatbiq etish bo‘yicha taklif va ko‘rsatmalar beradi;
sud ekspertlari va ekspertiza to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish, aholiga va vakolatli organlarga sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma’lumotlarni yetkazish, ekspertiza harakatlarini amalga oshirishga aloqador tashkilotlar bilan axborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan «E-ekspertiza» yagona elektron axborot tizimi ishlashi va undagi ma’lumotlarni doimiy ravishda yangilanib boradi;
«E-ekspertiza» yagona elektron axborot tizimi samarali, tizimli va uzluksiz ishlashi uchun tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik o‘rnatadi;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion ishlanmalarni tatbiq etish borasida tegishli vazirlik va idoralar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi.
3-bob. Institutning huquqlari va javobgarligi
- Institut o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan zarur axborot va ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Institut kadrlarini xorijiy davlatlarda malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash hamda xorijiy texnologiyalar bilan moddiy-texnik jihozlanishi uchun maqsadli mablag‘lardan foydalanish;
sud ekspertizasi sohasidagi ekspert va ilmiy xodimlarni ilmiy ishlarga jalb etish;
o‘z vakolati doirasida davlat sud-ekspertiza muassasalari hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyati bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ta’sir choralar kiritish;
davlat sud-ekspertiza muassasalari hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan birgalikda tadqiqot xarakteridagi hujjatlar loyihalarini tayyorlash va tadqiqot faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun xodimlarni jalb etish;
sud-ekspertlik sohasi ilmiy-tadqiqot faoliyati masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlash va Institutning Idoralararo ilmiy-uslubiy kengashiga kiritish;
ilmiy tadqiqot laboratoriyalarining moddiy-texnik bazasini yangilash va ekspertiza tadqiqotlari sifatini oshirish bo‘yicha takliflarini Idoralararo ilmiy-uslubiy kengashiga olib chiqish;
Markaz rahbariyati nomidan Institut vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik va aloqalarni amalga oshirish;
Markaz rahbariyati bilan kelishilgan holda Institutning ilmiy-tadqiqot faoliyati to‘g‘risidagi axborotnomani ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Markazning rasmiy veb-saytida e’lon qilib borish.
Institut qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
- Institut o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosi yuzasidan har yarim yillikda Adliya vazirligiga hisobot beradi.
Institut:
ijro intizomiga rioya qilish, hujjatlar ijrosini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlanmalarni yaratishni amalga oshirishga qaratilgan hujjatlarini tayyorlashni tashkillashtirishga;
Institutda ish yuritish bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etishga;
Markazning Ilmiy kengash va tezkor yig‘ilishlarida ishtirok etishga;
soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etishga;
Institutning yarim yillik va yillik hisobotlarini tuzishga;
Adliya vazirligi va Markaz rahbariyatining topshirig‘iga ko‘ra, ijro intizomi holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Markaz rahbariyatiga takliflar kiritishga;
Markazning yarim yillik ish rejalari, shuningdek, Adliya vazirligining yarim yillik ish rejalari ijrosini ta’minlashga;
o‘ziga yuklatilgan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan mas’ul ijrochilardan ma’lumotlar talab qilish, umumlashtirish, tahlil qilish va natijasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Markaz rahbariyatiga axborot kiritishga;
Institut ish rejasi ijrosi yuzasidan Idoralararo ilmiy-uslubiy kengash yig‘ilishlari o‘tkazilishini tashkillashtirishga;
davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari bilan hamkorlikda ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, vebinarlar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazishga;
ilmiy faoliyat natijalariga ko‘ra faol xodimlar, ekspertlarni rag‘batlantirish va mukofotlash uchun Markaz direktoriga takliflar kiritishga;
sud-ekspertiza amaliyotiga tatbiq etilishi uchun mo‘ljallangan Markazning ilmiy faoliyati rejalariga muvofiq amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqotlar va ularning natijalarini belgilangan tartibda hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirishga;
ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va sud-ekspertiza faoliyatida to‘plangan ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribalardan foydalanish uchun oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ilmiy aloqalarni amalga oshirishga;
ilmiy-tadqiqot loyihalarini mas’ul ijrochilar tomonidan o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilishga;
Markazda o‘rnatilgan ijro va mehnat intizomi talablariga rioya etishga;
«Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq Institutda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rishga;
huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga javobgardir.
4-bob. Institut faoliyatini tashkil etish
- Institut tuzilmasi — direktor, bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, ilmiy xodim va ilmiy kotib shtat birliklaridan iborat.
- Institutga O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan, qoida tariqasida oliy ma’lumotli va ilmiy darajali (DSc, PhD), sud-ekspertiza sohasida kamida 10 yillik ish stajiga ega bo‘lgan direktor rahbarlik qiladi.
- Institut rahbari lavozimi bo‘yicha Markaz direktori o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
- Institut direktori:
Institutga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlaydi;
Institut faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha Institut xodimlarining ishini tashkil etadi;
Institut tomonidan ko‘rib chiqish uchun davlat sud-ekspertiza muassasalaridan taqdim etilgan uslubiyotlarni, shuningdek Institut tomonidan tayyorlanayotgan uslubiyotlarni tayyorlanishi va sifatli ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
o‘z faoliyat sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, «yo‘l xaritalari» va boshqa dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishini tashkil etadi.
- Institut xodimlari Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
- Institut rahbari bo‘lmagan vaqtda (mehnat ta’tili, xizmat safari davrida va boshqa holatlarda) uning vazifasini Markaz direktorining buyrug‘iga asosan Institutning boshqa xodimlaridan biri bajaradi.
- Institut xodimlari o‘z faoliyatini Markaz rahbariyati bilan kelishilgan va tasdiqlangan funksional vazifalariga muvofiq amalga oshiradilar.
- Institutda Idoralararo ilmiy-uslubiy kengash (keyingi o‘rinlarda — Kengash) faoliyat yuritadi.
Kengash tarkibi tizimida sud-ekspertiza muassasalari bo‘lgan davlat organlarining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi va unga davlat sud-ekspertiza muassasalari, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, ilmiy muassasalar hamda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning a’zolari kiritiladi. Kengashning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari uchun tavsiyaviy hisoblanadi.
- Kengash:
ishlab chiqilgan uslubiy materiallarning ilmiy va amaliy asoslanganligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi;
sud-ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishda qo‘llaniladigan metodlarni va ekspertiza sohasidagi texnologiyalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;
ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini sud-ekspertlik amaliyotiga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini jihozlashga doir minimal talablarni ishlab chiqadi va uni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritadi;
sud-ekspertiza faoliyatini amalga oshirishda xorijiy tajribadan foydalanish xususida tavsiyalar beradi;
sud-ekspertiza faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlashning boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi.
Institutning bo‘lim boshliqlari o‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha Kengash vakolati doirasiga kiradigan masalalarga oid barcha materiallarni tayyorlash va Kengashga taqdim etishga mas’ul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kengashga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i rahbarlik qiladi.
(20-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022 y., 09/22/385/0643-son)
- Kengash o‘z vazifalarini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlari va boshqa tashkilotlardan o‘z faoliyatini amalga oshirishga oid zarur ma’lumotlarni so‘rash va olish;
Kengashga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan materiallarni mustaqil ravishda ko‘rib chiqish;
sud ekspertiza faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash sohasida boshqa huquqlarni amalga oshirish.
5-bob. Institutning hisobdorligi
- Institut rahbarlari o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga, Adliya vazirligining tegishli tarkibiy bo‘linmalariga va Markazga muntazam ravishda hisobot beradi.
- Adliya vazirligining tegishli tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari Institut rahbariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi bo‘yicha ular faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Institut faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
- Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Institutning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantirilishi yoki yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortilishi mumkin.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
- Institut faoliyatini moliyalashtirish Markaz mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.
- Institut faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
- Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 noyabrdagi 704-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha
«YO‘L XARITASI»
T/r | Tadbir nomi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Ijro uchun mas’ul ijrochilar |
I. Ilmiy-tadqiqot va uslubiy tadbirlar | ||||
1. |
Sud-ekspertlik sohasida mavjud uslubiy qo‘llanmalarni tanqidiy ko‘rib chiqish va amaliyotni uyg‘unlashtirish maqsadida tizimlashtirish. Bunda, 2022 yilda 120 ta hamda 2023 yilda 200 ta mavjud uslubiyotlarni tanqidiy o‘rganib chiqishni ta’minlash. |
Sud-ekspertlik sohasida mavjud uslubiy qo‘llanmalarni tanqidiy ko‘rib chiqish va amaliyotni uyg‘unlashtirish maqsadida tizimlashtirish bo‘yicha Chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash. | 2022 yil mart | Adliya vazirligi, Institut, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati |
Sud-ekspertlik sohasida mavjud uslubiy qo‘llanmalarni tanqidiy ko‘rib chiqish va amaliyotni uyg‘unlashtirish maqsadida tizimlashtirish. | Amalga oshirish 2022-2023 yillar | |||
2. | Institutning Idoralararo ilmiy-uslubiy kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) faoliyatini tashkil etish. | Adliya vaziri buyrug‘i bilan Kengashning tarkibi hamda nizomi (reglamenti)ni tasdiqlash. | 2022 yil 10 fevral | Adliya vazirligi, Markaz, Institut |
Kengashning dastlabki yig‘ilishini o‘tkazish va unda Kengashning 2022 yil I yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash. | 2022 yil 20 fevral | |||
3. | Institutga yuklatilgan vazifalar hamda sud, tergov va sud ekspertiza muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalarga bag‘ishlangan turkum targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish. | Sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud ekspertiza muassasasi xodimlari ishtirokida respublika va hududiy seminar va vebinarlar tashkil etish. | 2022 yil davomida | Institut, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud ekspertiza muassasalari |
4. | Institut tomonidan davlat sud-ekspertiza muassasalari hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini hamda yangi turdagi uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish yuzasidan «yo‘l xaritasi» ishlab chiqish. | Institut hamda davlat sud-ekspertiza muassasalari hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining vakillaridan iborat ishchi guruh shakllantirish. | 2022 yil fevral | Institut, sud ekspertiza muassasalari va tashkilotlari |
Ishchi guruh tomonidan har bir sud ekspertiza muassasasi kesimida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari ahvoli yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazish. | 2022 yil fevral — dekabr | |||
O‘rganish natijasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini hamda yangi turdagi uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish yuzasidan «yo‘l xaritasi» ishlab chiqish. | 2023 yil fevral | |||
5. | Nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari ekspertlarining dastlabki tergovdagi ishtirokiga bo‘lgan talab va ehtiyojlarni o‘rgangan holda takliflar tayyorlash. | Nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari ekspertlarining dastlabki tergovdagi ishtirokiga bo‘lgan talab va ehtiyojlarni o‘rganish. | 2022 yil iyul-avgust | Adliya vazirligi, Institut, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi |
O‘rganish natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2022 yil sentabr | |||
6. | Institut faoliyatini tashkil etish bo‘yicha nufuzli xorijiy sud ekspertiza va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish. | Institut faoliyatini dastlabki bosqichda tashkil etish bo‘yicha nufuzli xorijiy sud ekspertiza va ilmiy tadqiqot muassasalarini aniqlash.
Aniqlangan xorijiy sud ekspertiza va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan muzokaralar olib borish va ular bilan uzoq muddatli kelishuvga erishish. |
2022 yil iyul | Markaz, Institut |
7. | Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarga uslubiy yordam ko‘rsatish. | Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni sud ekspertlik faoliyati bilan tanishtirish maqsadida amaliy qo‘llanma yaratish. | 2022 yil fevral | Adliya vazirligi, Markaz, Institut |
Sud ekspertiza faoliyatiga taalluqli ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatgan holda, sud ekspertlik faoliyati bo‘yicha tegishli uslubiy va axborot materiallari bilan ta’minlab borish. | doimiy | |||
8. | Institutni maxsus ixtisoslashtirilgan o‘quv qo‘llanma va adabiyotlar, shuningdek, ilmiy nashrlar, o‘quv-uslubiy, ilmiy-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash, hamda ilg‘or elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga sharoit yaratish. | Institutni o‘quv-metodik, ilmiy-metodik qo‘llanmalar va ilmiy nashrlar bilan ta’minlash, shuningdek, ilg‘or elektron ma’lumotlar bazalariga ulanish. | 2022 yil fevral | Markaz, Institut |
Shuningdek, Markaz axborot-resurs markazini zamonaviy adabiyot va axborot resurslari bilan boyitib borish. | 2022 yil davomida | |||
9. | Xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va Institut xodimlarining amaliy ko‘nikmalarini orttirish tizimini joriy etish va takomillashtirish. | Xorijiy sud ekspertiza va ilmiy-tadqiqot muassasa, kompaniyalar va korxonalarda stajirovka, malaka oshirishni o‘tash tizimini joriy etish. | 2022 yil yanvar — may | Adliya vazirligi, Markaz, Institut |
10. | Institut xodimlarini tegishli sohalarning ilmiy-texnik muammolariga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish. | Sohalarning ilmiy-texnik muammolari bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish.
Institut xodimlarini tegishli ilmiy-tadqiqot ishlariga biriktirish. |
Institut ish rejasiga asosan | Markaz, Institut |
Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini impakt faktori yuqori bo‘lgan xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda chop etish hamda natijalarni amaliyotga joriy etish choralarini ko‘rish. | Doimiy | |||
11. | Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, yuqori natijadorlikka erishishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlarni olib borish orqali Institutning ilmiy salohiyatini oshirish. | Institut xodimlarini xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda tizimli ravishda ishtirokini ta’minlash.
Institutning ilmiy salohiyatini oshirish uchun mutaxassislik yo‘nalishlaridan kelib chiqib, falsafa doktori (RhD) hamda fan doktorlarining (DSs) yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish. |
2022 yil yanvar oyidan boshlab doimiy | Markaz, Institut |
Yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va xodimlarini ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish. | 2023 yil yanvar oyidan boshlab doimiy | |||
12. | Institutning xorijiy sud ekspertiza muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda qo‘shma ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish. | Yetakchi xorijiy sud ekspertiza muassasalari va ilmiy markazlar bilan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borishni yo‘lga qo‘yish. | 2022 yil martdan boshlab doimiy | Markaz, Institut |
13. | Innovatsiya va ilmiy faoliyatni olib borish, ilm-fan yutuqlarini tijoratlashtirish hamda moliyaviy resurslarni jalb etish. | Innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish yuzasidan ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.
Mamlakatdagi iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlarini tahlil qilish. |
Doimiy | Markaz, Institut |
14. | Sud ekspertiza sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning jahon andozalari asosida o‘tkazilishini ta’minlash choralarini ko‘rish. | Sud ekspertizasi sohasida yetakchi xorijiy davlatlarning ilmiy muassasalarida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqotlar tendensiyalari va natijalarini tahlil qilish hamda tahlil natijalari bo‘yicha institut ilmiy-tadqiqot mavzulari va yo‘nalishlarini yangilab va takomillashtirib borish.
Soha bo‘yicha yetuk xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, video-konferensiyalar tashkil etish |
Doimiy | Markaz, Institut |
15. | Institut ilmiy maktabini shakllantirish va respublika ilmiy muassasalari bilan hamkorlik qilish. | Institut ilmiy maktabini yo‘lga qo‘yish va faoliyatini ommalashtirish va qo‘lga kiritilgan yutuqlar bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borish. | 2023 yilidan boshlab doimiy | Markaz, Institut |
16. | Sud ekspertiza muassasalariga yangi sud ekspertiza va tadqiqot turlarini ishlab chiqishda ilmiy va uslubiy jihatdan ko‘maklashish. | Sud ekspertiza hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yangi sud ekspertiza va tadqiqotlar turlarini yaratish bo‘yicha rejalar ishlab chiqish.
Tasdiqlangan rejalar asosida yaratilgan yangi sud ekspertiza va tadqiqotlar turlari bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish. |
2022 — 2025 yillar | Institut, sud ekspertiza va oliy ta’lim muassasalari |
17. | Sud ekspertiza muassasalari tomonidan 2022 — 2025 yillarda joriy etiladigan yangi ekspertiza va tadqiqot turlarini joriy etishida yordamlashish.
Bunda, 2022-2023 yillarda 4 ta, 2023-2024 yillarda |
Sud ekspertiza muassasalari tomonidan 2022 — 2025 yillarda joriy etiladigan yangi ekspertiza va tadqiqot turlarini joriy etish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish.
Yangi ekspertiza va tadqiqot turlari bo‘yicha uslubiyotlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. |
2022 — 2025 yillar | Markaz, Institut |
II. Tashkiliy tadbirlar | ||||
18. | Institut tashkil etilishi munosabati bilan X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining tegishli hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish. | Institutni moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan Markazning moliya-xo‘jalik bo‘yicha hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.
Institutga ajratilgan shtat birliklari bilan bog‘liq masalalar (mansab yo‘riqnomalari, lavozimga qo‘yiladigan talablar va boshqa) yuzasidan hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish. |
2022 yil fevral | Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaz |
19. | Institutni yuqori kasbiy mahoratga ega bo‘lgan tajribali va malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish. | Institutga kadrlarni ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish.
Bunda oliy va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish. |
2022 yanvar-fevral | Adliya vazirligi, Markaz |
20. | Institut xodimlarini ilg‘or xorijiy tajriba va amaliy ko‘nikmalarini yanada oshirish uchun xorijiy sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish. | Institut xodimlarining malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi bo‘yicha xorijiy sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari doirasini aniqlab olish.
Olib borilgan muzokaralar natijasida Institut xodimlarini malaka oshirish va stajirovkaga yuborish. |
2022-2023 yillar | Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaz, Institut |
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2021 y., 09/21/704/1079-son; 14.07.2022 y., 09/22/385/0643-son)