Tubdan iqtisodiy isloxatlar olib borish va bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy mexanizmlar va ularning faoliyatini nazorat qilish tizimi aniqlik va mukammallikni talab qiladi.Isloxatlar amalga oshirilayotgan xalq xo‘jaligi soxalarining ko‘p tarmoqliligi, jinoyatlarni sodir qilish va izlarini yo‘qotish shakl va uslublarining turli-tumanligi ularni fosh etish va tergov qilishni murakkablashtiradi.Shuning uchun iqtisodiy jinoyatlarni fosh etishda maxsus bilimlarni qo‘llash tergov ishining to‘laqonli va xolisonaligini ta’minlaydi.Sud iqtisodiy ekspertizasi iqtisodiy yo‘nalishdagi turli soxa bilimlarini birlashtirib, odil sudlovni ta’minlash uchun qo‘llanayotgan ekspert tekshiruvlarining maxsus turidir.Sud iqtisodiy ekspertizasini turlarga bo‘lish ularning predmeti, ob’ekti va vazifalarini aniqlashga imkon beradi, ekspertiza turlari va tasnifini ya’ni muayan turi va xillarini aniqlashda dastlabki bosqich vazifasini o‘taydi.Sud iqtisodiy ekspertizasining yangi turlaridan biri bo‘lib tashqi savdo faoliyatining sud iqtisodiy ekspertizasi xisoblanadi.Tashqi savdo faoliyatining sud iqtisodiy ekspertizasi tashqi savdo shartnomasining amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, xalqaro xuquq normalariga eksport (import) qilinayotgan tovarlarning raqobatbardoshligi shartnoma summasi, ushbu tovarga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan ta’rifi, xuquqiy xolatini tekshirish moliyaviy-iqtisodiy xolatini chet el xamkorlarining komissiyaviy saloxiyatini asosiyligini aniqlash va eksport–xuquqiy baxolashni o‘z ichiga olgan kompleks tadqiqotdan iborat.Tashqi savdo faoliyatining sud iqtisodiy ekspertizasi predmeti O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini amalga oshirayotgan korxonalar-tabiiy monopoliya sub’ektlari, davlat mablag‘larini jalb etgan boshqa mulkchilik shaklidagi tashkilot va korxonalar, ularning filiallari va vakolatxonalari, davlat ulushi bo‘lgan korxona va tashkilotlar tomonidan tuzilgan import shartnomalari xamda O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga sotiladigan tovarlar (xizmatlar) uchun tashqi savdo qilish soxasidagi kontraktlarni, ularning o‘zgartish va qo‘shimchalarni rasmiylashtirish yo‘li bilan amalga oshirish borasidagi tashqi savdo faoliyatini o‘rganish xisoblanadi.Tashqi savdoning moxiyati kelishuvning bir ishtirokchisi chet ellik jismoniy yoki yuridik shaxs (yoki uning O‘zbekiston Respublikasi vakili) bo‘lgan kelishuvi tushuniladi, mazmunan jixatdan–tovar (ish va xizmat) larni eksport va import bog‘liq operatsiyadir.Tovarlar va ishlar (xizmat)ning tashqi savdo soxasidagi kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyat tashqi savdo soxasidagi tadbirkorlikni bir turi sifatida aniqlanadi.
Bundan mulkdan foydalanish, tovarlarni sotish, ish va xizmatlarni amalga oshirish orqali tizimli foyda olishgan qaratilgan o‘zini tavakkalchiligiga yo‘l qo‘ygan va mustaqil amalga oshiriladigan faoliyatdir.Mavzuning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo faoliyati yuzasidan jinoyat, iqtisodiy va fuqarolik ishlarini tadqiqoti bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni yaratish yo‘li bilan tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda qonun va me’yoriy xujjatlar talablarigi rioya etilishini va asosligini aniqlashdir.
Ijrochilar oldiga qo‘yilgan maqsadning dolzarbligidan kelib chiqqan xolda Tashqi savdo faoliyatining sud iqtisodiy ekspertizasi xal etadigan savollar (masalalar) doirasi ishlab chiqildi, jumladan shartnoma majburiyatlariga amal qilish bo‘yicha eksport va import shartnomalarini baxolash, bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish tartibiga rioya qilish, tovar, ishlar (xizmatlar)ni olib chiqish va olib kirish bo‘yicha xujjatlarni rasmiylashtirish qismi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bojxona qonunlariga rioya qilish, sud-tergov idoralari tomonidan vakolatli organlar (O‘zbekiston Respublikasi TIAISV,O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqalar)dan olingan rasmiy narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishni xisobga olgan xolda, jaxon narxlari bilan taqqoslaganda eksport va import shartnomalarida ko‘zda tutilgan narxlarning oshishi (kamayishi)ni belgilash, muayan sana xolatiga valyuta kursini qo‘llash va milliy valyuta (so‘m) miqdorini chet el valyutasiga qayta xisoblashning to‘g‘riligi, tashqi savdo oldi-sotdi shartnomasi asosida eksport (import) qilingan tovarlar soni va qiymatini belgilash, tashqi savdo oldi-sotdi shartnomasini bajarish doirasida pul mablag‘lar va xisob-kitoblarning xisobini yuritish va xarakatlanish sistemasini belgilash (valyuta tushumining o‘z vaqtida tushishi), birlamchi xujjatlar bo‘yicha tovarlarning assortimenti, rusumi, texnik tafsiloti va soni bo‘yicha sharnomalarning shartlariga muvofiqligini aniqlash, tashqi savdo shartnomalarida ko‘zda tutilgan xujjatlarning mavjudligi va ularning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, yetkazib beruvchining xisob fakturasi bo‘yicha o‘rinlar soni va tovar vazning transport xujjatlarida, tasnif va sertifikatlarida keltirilgan o‘rinlar soni va tovar vazniga muvofiqligi, xisob-fakturasida ko‘rsatilgan narxlar, chegirmalarning tashqi savdo shartnoma shartlariga muvofiqligi, tarif va notarif tartibga solish soxasiga taqdim etilgan imtiyozlarni qo‘llashning asoslanganligini aniqlash, tashqi iqtisodiy xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya xujjatlarida aks ettirilishi buxgalterlik xisobini yuritish va xisobotini tuzish bo‘yicha amaldagi me’yoriy xujjatlarning talablariga muvofiqligi, shartnomada ko‘zda tutilgan tomonlarning shartnoma shartlarini lozim darajada bajarish bo‘yicha javobgarlikni bajarish (qo‘llash)ning to‘g‘riligi kabi xolatlarni aniqlashdan iborat bo‘ladi.Shuning uchun tashqi savdo faoliyat soxasidagi maxsus bilimlarni qo‘llash orqali aniqlik kiritilishi lozim bo‘lgan fuqarolik, ma’muriy iqtisodiy va jinoyat ishlarini to‘laqonli va xolisona o‘tkazilishini ta’minlanadi.
Abduxalim Axmedov
O‘zbekiston Respubliksi Adliya vazirligi xuzuridagi
Respublika sud ekspertizasi markazining
Farg‘ona viloyat bo‘limi davlat sud eksperti.